Arifmetik masalalarning turlari.
Matematik masalalar s o d d a v a t a r k i b l i masalalarga ajratiladi. Bitta amal bilan mumkin bo’lgan masalalar sodda masalalar deyiladi. Bir necha sodda masalalardan tuzilgan va shu sababli ikki yoki undan ortiq amal yordamida yechiladigan masalalar tarkibli masalalar deyiladi.
Har qanday sodda masalaga doir ikkita teskari masala tuzish mumkin. Masalan, "Hovlida beshta qiz o’ynayotgan edi. Ularning ikkitasi uyga ketdi. Hovlida necha qiz qoldi?" masalaga ikkita teskari masala tuzish mumkin. 1) "Hovlida bir necha qiz o’ynayotgan edi. Ikkita qiz ketganidan keyin hovlida uchta qiz qoldi. Oldin hovlida necha qiz o’ynayotgan edi?"
"Hovlida beshta qiz o’ynayotgan edi. Bir necha qiz uyiga ketganidan keyin hovlida uchta qiz qoldi. Nechta qiz uyiga ketgan?"
Sodda masalalar orasidan bilvosita ifodalangan masalalar ajratiladi. Masalan, quyidagi masala shunday masalalar jumlasiga kiradi: "Stol ustida yettita qalam bor. Bular quttidagi qalamlardan to’rtta ortiq. Quttida nechta qalam bor?" Bu masala shartida "ortiq" deyilgan, masala esa ayirish bilan yechiladi (7-4=3)
Sodda masalalarning asosiy turlarini quyidagicha taqsimlash boshlang’ich maktabda qo’llanish uchun qulay:
Arifmetik amallar mazmunini ochishga doir masalalar: yig’indini, qoldiqni bir hil qo’shiluvchilar yig’indisini topishga, bo’lish (mazmuniga ko’ra bo’lishga va teng qismlarga bo’lishga) doir masalalar.
Amalning noma’lum komponentlarini (qo’shiluvchi, kamayuvchi, ayiruvchi, ko’paytuvchi, bo’linuvchi, bo’luvchi) topishga doir.
Bir necha birlik (yoki bir necha marta) "ortiq" (yosh "kam") munosabati bilan bog’liq masalalar: sonni bir necha birlik (yoshi bir necha marta) orttirish (yoki kamaytirish)ga doir bevosita (yoki bilvosita) ifodalangan masalalar: sonlarni ayirmali (yoki karrali) taqqoslashga doir.
Kattaliklarning proportsional bog’lanishlariga doir masalalar. Hamma turdagi sodda masalalar o’quvchi uchun quyidagi maqsadlarga kerak bo’ladi.
Matematik masalaning tarkibi: uning sharti, berilganlari, savollari, izlanayotgan miqdori, yechimi, savoli, javobi, amallari, shuningdek "ortiq", kam, qancha bo’lsa, shuncha, teng va hokazo" atamalari bilan tanishish:
Bolalarda masala savoliga javob berish uchun bajarish kerak bo’ladigan, amallarni tanlashga ongli munosabatda bo’lishni tarbiyalash.
SHartga kirgan kattaliklar orasidagi elementlar funktsional munosabatlarni birinchi marta ko’rish, amallararo komponentlarni orasidagi bog’lanishni tushunish.
Har hil matematik mashqlarni hayot bilan boshlash, bu bolalarning fanga bo’lgan qiziqishlarini orttiradi, ko’nik-malarni egallash jarayonini jonlantiradi.
Sodda masala tekstini o’zgartirish ustida ishlash o’quvchiga ko’proq abstrakt matematik tushunchalarni egallash imkonini beradi. Masalan, ushbu "Malika 7 ta daftar sotib oldi. Daftar 2 tiyin turadi. Malika qancha pul to’lagan?" masalaning turini,
masalan, "Daftarning bahosi 2 tiyin 7 ta daftar qancha turishini biling" kabi ancha abstraktroq tushunchalarni kiritish bilan o’zgartirish mumkin.
O’quvchini har hil tarkibli masalalarni yechishga tayyorlash.
Bola ongiga matematika asoslarini joylash, uning bilim doirasini kengaytirish, tafakkurini rivojlantirish va tartibga solish, iroda va talabchanlikni tarbiyalash.
Do'stlaringiz bilan baham: |