89
mahsulotlar majmui; tor ma`noda davriy nashrlar, asosan, gazeta va jurnallarni
ifodalaydi (sinonimi — pressa). Matbuot ijtimoiy ongning o`tkir va ta`sirchan vositasi
sifatida kishilik jamiyatiga doimiy va faol ta`sir ko`rsatadi,
jamoatchilik fikrini
shakllantiradi, omma ongiga muayyan qarashlarni singdirishda qudratli g`oyaviy omil
hisoblanadi. Matbuot jamiyat hayotini turli (ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy-ishlab chiqarish,
ilmiy-texnikaviy va boshqalar) yo`nalishlarda yoritadi. Jurnalistika - ijtimoiy faoliyat
turi. Bu faoliyat egalari (jurnalistlar) ijtimoiy dolzarb axborotlarni to`plash, tahlil qilish
va ommaviy axborot vositalari (matbuot, radio, televideniye, axborot agentliklari va b.)
orqali tarqatish bilan shug`ullanadi. Jurnalistika ommaviy targ`ibot va tashviqot
shakllaridan biri. Jurnalistikaning xususiyati, maqsadi jamiyatning ijtimoiy tabiatiga
bog`liq. Jurnalistika atamasi dastlab jurnallar majmuiga, keyinchalik barcha davriy
nashrlarga nisbatan qo`llanilgan. Endilikda jurnalistika iborasi jurnalistika faoliyati
mahsulini, shu bilan bog`liq kasblar majmuini,
shuningdek, shu sohaga oid ta`limni va
fan tarmog`ini ham anglatadi. Jurnalistika faoliyati tarkibiga matbuot, radio,
televideniye, axborot agentliklari, hujjatli kino va b. kiradi. Jurnalist — asosiy faoliyati
jurnalistika bilan shug`ullanish bo`lgan, muhim faktlar, voqealar, odamlar, hodisalar
haqidagi axborotni yig`ish, qayta ishlash va uni auditoriyaga yetkazish orqali OAVni
axborot bilan to`ldiruvchi kishi. Jurnalistlar asosan publitsistik faoliyatga yo`nalgan
bo`lib (kolumnistlar), ular o`z oldiga ma'lum ijtimoiy fikrni shakllantirish, shuningdek,
davlat hokimiyatining u yoki bu qaror va harakatlariga tahrirlovchi sifatida ta'sir qilish
va nashr, radio- yoki telekanal ta'sischilari belgilagan chegaralar doirasida jamiyat va
davlat o`rtasidagi vositachi bo`lishni maqsad qiladi. Muxbir (arab. xabar beruvchi,
xabarchi) —1) tahririyat tarkibida jurnalist sifatida xizmat qiluvchi xodim; 2) bevosita
tahririyatda ishlamaydigan, ammo ommaviy axborot vositalarida muntazam ijodiy
hamkorlik
qiluvchi shaxs; 3) boshqa ommaviy axborot vositalarida chiqish
uyushtiruvchi gaz., jur., radio, televideniye tahririyati xodimi (jamoatchi M.) So`z
erkinligi —insonning asosiy shaxsiy va fuqarolarning siyosiy huquqlaridan biri; hozirgi
davrda aksariyat mamlakatlarda "axborot erkinligi" deb ataladigan umumiy huquqning
tarkibiy qismi. O`z fikrini ommaviy tarzda (og`zaki va ommaviy axborot vositalaridan
foydalangan holda yozma) bayon etish imkoniyatini bildiradi. So`z erkinligiga
demokratiya ko`rinishlaridan biri sifatida qaraladi. O`zbekistonda so`z
erkinligi
O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida nazarda tutilgan. Konstitutsiyaga ko`ra,
"Har kim fikrlash, so`z va e`tiqod erkinligi huquqiga ega" (29-modda). O`zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi bo`yicha har kim o`zi istagan axborotni izlash, olish
va uni tarqatish huquqiga ham ega. Biroq amaldagi konstitutsiyaviy tuzumga qarshi
90
qaratilgan axborot va qonun bilan belgilangan boshqa cheklashlar bundan mustasnodir.
Fikr yuritish va uni ifodalash erkinligi faqat davlat siri va boshqa sirlarga taalluqli
bo`lgan taqdirdagina qonun bilan cheklanishi mumkinligi Konstitutsiyada o`z ifodasini
topgan. O`zbekiston Respublikasining "Davlat sirlarini saqlash to`g`risida"gi qonunida
davlat sirlari toifalari aniqlangan va ular haqidagi ma`lumotlarni olish va tarqatish
chegaralangan. Ijtimoiy fikr — jamoatchilik fikrini o`rganish markazi. O`zbekiston
Respublikasidagi hukumatga qarashli bo`lmagan (nodavlat) i.t. muassasasi.
1997-yil 25-iyunda tuzilgan. Asosiy vazifalari: inson huquqlari va erkinliklariga
rioya qilinishi,
siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish
muammolari, shuningdek, ijtimoiy munosabatlar rivojining boshqa dolzarb masalalari
bo`yicha jamoatchilik fikrini o`rganish; shu borada so`rovlar o`tkazish, so`rov
yakunlarini umumlashtirish va tahlil etish. Markaz o`zbek, rus, ingliz tillarida «Ijtimoiy
fikr. Inson huquqlari» jurnalini nashr etadi. Jamoatchilik fikri monitoringini, turli
marketing va boshqa amaliy tadqiqotlarni o`tkazish;
hukumat va nohukumat
tashkilotlari, xalqaro tashkilotlar, o`quv markazlari, ilm-fan vakillari ishtirokida
munozara, davra suhbatlari, anjumanlar o`tkazish markaz faoliyatining asosiy yo`nalishi
hisoblanadi. Markazda sotsiologik
tadqiqotlarni rejalashtirish, ekspertiza va tahlil,
konkret sotsiologik tadqiqotlarning sotsiologik monitoringi, ishlab chiqarish-texnika,
axborot va marketing bo`limlari bor. Markazni axborot-tahliliy ma`lumot bilan
ta`minlash, ijtimoiy fikr va demokratik taraqqiyot muammolarini ommaviy axborot
vositalari orqali yoritish, viloyatlardagi markaz bo`limlariga ilmiy-metodik maslahat
bilan yordam ko`rsatish guruhlaridan iborat maxsus ijodiy jamoalar tuzilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: