O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet63/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

ТURSUNBOYGA AYТAR SO`ZLARIM! 
(Said Ahmadning «Ufq» romanidagi Тursunboyga maktub) 
Qishloqning bir xonadonida «chiroq yoqildi», yani Jannat xola va Ikromjon tog`a 
o`g`il ko`rdilar. O`g`lining ismini Тursunboy deb atashdi. Samimiy odamlar xonadonida 
yoqilgan chiroq siz edingiz, Тursunboy! 
Siz yoshligingizdan ishyoqmas, dangasa, qo`rqoq bo`lib o`s. Qarang, katta yigit
bo`lib ham qolibsiz. Afsuslar bo`lsinkim, jahon urushi bo`lib qoldi. Sizni ham urushga 
chaqirtirishdi. Ota-onangiz ko`plar qatori yakka-yu yolg`izini Vatan himoyasiga 
yubordilar. Ular: «O`g`limiz jang qilib, xalqimni ozod, yurtimni obod qiladi», deb 
orzulagan edilar. Ammo, ammo... Ota-ona orzusi osmonga havodek uchib ketdi. 
Orzulari og`zida qoldi. Siz urush qiyinchiliklariga dosh berolmay qochib ketdingiz, 
so`ngra qishloqning chetida, to`qayzorlar orasida berkinib yurdingiz. Buni onangizdan 
boshqa hech kim bilmas edi. Bechora Jannat xola... Har kuni o`y-xayoli, hayoti 
to`qayzorda bo`lib qoldi. Otangizdan berkitib ovqat olib kelar edi. Buni o`zgalar bilib 
qolishidan juda-juda qo`rqar edi. 
Sizga maktub bitmoqdaman-u, xayolimga quyidagi misralar kelaveradi. Jannat 
xola zorlanayotganga o`xshaydi nazarimda: 


93 
Chakka o`tgan eski tomga o`xshayman,
Ko`zimdan yomg`irlar to`kilar tinmay.
Bu yorug` dunyoda bormi, bilmayman,
O`z o`g`lin yo`liga intizor menday...
(M. Yusuf)
Kunlar o`tdi... Onangiz xastalana boshladi, chunki uni vijdon azobi qiynar edi. 
Faqat sizni o`ylar edi. 
Kunlardan bir kuni Ona sizga og`riyotganini aytdi, siz bu gapga parvo ham 
qilmadingiz, qo`lidan ovqatni olib hayvonlarcha ovqat yeyar edingiz. Ha, siz faqat 
o`zingizni, qorningizni o`ylar edingiz. 
Siz to`qayzordasiz... Ana shunday kunlarning birida ko`chadan tobut ko`tarib, 
yig`i bilan mahalla-ko`yingiz, qarindosh-urug`laringiz, padaringiz Ikromjon ota o`tib 
borar edi. Yuragingiz sezdi, tobut ichidagi sizning mushfiqqina onangiz Jannat xola edi. 
Yuragingizni g`am-alam bosdi, chunki shunda Siz: «Endi menga kim ovqat olib keladi», 
deya alam chekdingiz. O`shanda ham o`zingizni o`yladingiz. Onayizorga ozgina bo`lsa 
ham achinmadingiz-a?! 
Nahotki, onangizni tuproqqa qo`yib kelishga ham yaramagan bo`lsangaz? Yo`q! Sizni 
odam bolasi, deya olmayman. 
Тursunboy! Bir umr vijdon azobida qiynalishingizni xayolingizga keltirdingizmi?
Shu payt sizni haqoratlagim keldi. Yo`q! Yo`q! Unday demayman, chunki har bir 
qilayotgan ishimizning oxiratda javobi bor-ku axir?! Sizni yuraksiz, dilsiz, zabonsiz, bir 
quriyotgan daraxtga qiyoslayman, xolos. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish