PRODUCTION BY: UZOQOVA DURDONA O’zbekistonda sotsiologiyaning asosiy yo’nalishlari
Jamoatchilik fikri
Mehnat
Oila
Ta’lim
Siyosiy
O’zbekistonda sotsiologiyaning asosiy yo’nalishlari:
Jamoatchilik fikri sotsiologiyasi — ijtimoiy guruhlarning mavjud ijtimoiy voqelikka nisbatan baholovchi munosabatining shakllanishi va amal qilishi qonuniyatlarini o’rganuvchi fandir. O’zbekistonda jamoatchilik fikrini o’rganish ilmiy va amaliy ahamiyatga ega. Yaqinda «Ijtimoiy fikr» jamoatchilik fikrini o’rganish markazini va faoliyatini boshlaganligi bu sohadagi imkoniyatlarimizni fikrini tabiiy o’rganish bilan shug’ullanayotgan sotsiologik tadqiqot markazlari va xizmatlarining muvofiqlashtirish imkoniyati tug’ildi.
Jamoatchilik fikrining ob'ektini aniqlashda dastavval ikkita muammo e'tiborga molikdir. - Jamoatchilik fikrini unda aks ettirilayotgan voqelikning o’ziga
- xosligi nuqtai nazaridan tahlil etish. Boshqacha qilib aytganda,
- jamoatchilik fikri dunyodagi hamma narsa t o’g’risida fikr qila olishi
- mumkinmi yoki uning mulohaza doirasi chegaralanganmi?
- U yoki bu hodisa, jamoatchilik fikrining ob'ektiga aylanishining
- mezonlarini aniqlash, boshqacha aytganda, jamoatchilik fikrini
- Uyg’otadigan ob'ekt qanday sifatlari, xususiyatlari bilan farqlanadi.
Iqtisodiy sotsiologiyaning metodologiyasini ishlab chiqishlik jarayoni hozir davom etayapti. Iqtisod va sotsiologiyaning tutashganligi tufayli yuzaga kelgan muammolar O’zbekistonlik olimlarning ham e'tiborini o’ziga tortayapti. Ayniqsa bozor munosabatlariga o’tishning
sotsial oqibatlari va bunda davlatning roli, axborotlar, kabi muammolari, O’zbekistonning bozor munosabatlariga o’tishning o’ziga xos xususiyatlari kabi dolzarb muammolar bugungi kunda iqtisodiy sotsiologiyaning fundamental muammolari hisoblanadi.
Siyosiy sotsiologiya — sotsiologik nazariyaning bir qismi bo’lib, hokimiyat uchun kurash va hokimiyatni amalga oshirish kabi xodisalarni tushuntiradi, chunki xuddi shu xodisalar siyosatning mohiyatini tashkil etadi.
Siyosiy sotsiologiyaga ta'rif berishda ikki xil yondashuv mavjud: normativ va tasviriy. - Tasviriy yondashuvda
- siyosat ijtimoiy hayotning fakti sifatida ko’rib chiqiladi, siyosiy
- sotsiologiya esa qadriyatlar yuzasidan betaraf fan bo’lib, uning
- natijalaridan barcha insonlar foydalanishdari mumkin.
- Normativ
- yondashuvdan foydalanishda siyosat muayyan ijtimoiy dunyoqarash va
- siyosiy qadriyatlar prizmasi orqali tahlil qilinadi. Normativ yondashuv
- davlatlar, partiyalar, siyosiy yetakchilar va davlat amaldorlarining
- siyosatiga baho berilayotganda foydalidir.
Ta'lim sotsiologiyasi — u ta'lim tizimini yanada kengroq ijtimoiy tiznmlarni kichik tizimlar sifatida va uning boshqa kichik tizimlar va butun bir jamiyat bilan o’zaro nisbati va o’zaro harakatini o’rganuvchi sotsiologiya sohasidirTa'lim sotsiologiyasida ta'lim tizimi o’z ijtimoiy tamoyillarini o’rtanish muhim o’rin egallaydi; o’quv yurtlari ijtimoiy tizim, ijtimoiy institut va ijtimoiy tashkilotlar sifatida; o‘quv faoliyati ta'lim sohasida ijtimoiy faoliyatning asosiy ko’rinishi sifatida; ta'lim tizimi ijtimoiy tuzilishi (o’quvchilar, pedagoglar, ta'lim tashkilotchilari va boshqalar), o’quvchilar, o’qituvchilar hayot tarzi va ijtimoiy ko’rinishi, ijtimoiy rollari, ijtimoiy statusi va boshqalar.
Mehnat sotsiologiyasi mehnat sohasi bo’yicha barcha sotsial axborotlarni to’plashga, ishlab chiqarish zaxiralaridan to’la foydalanishga, hamda mehnatni boshqarishni optimal
strategiyasi va taktikasini belgilashga xizmat qiladi.
Oila sotsiologiyasi — sotsiologiyaning asosiy yo’nalishlaridan Bo’lib, bu fan oilani nikoh asosida tashkil topgan, jamiyat taraqqiyotida muhim ijtimoiy vazifalarni bajaruvchi sotsial institut sifatida o’rganadi. Oila sotsiologiyasining alohida o’z vazifalari mavjuddir. Ularga jamiyat taraqqiyoti davomida oilaning paydo bo’lishi, rivojlanishi va mavjudlik qonuniyatlarini o’rganish,oilaning mohiyati va faoliyati o’zgarib borishini aniqlash, nikoh va oila turlari evolyutsiyasini o’rganish, oilani tashkiltopishi va taraqqyotida avlodlarning o’zaro ta'sirini aniqlash, oila tarbiyasi, oilaning rekriativ faoliyatining va oila huquqining ijtimoiy mohiyatini ochib berish, mehnat taqsimotida oila o’rnini o’rganish kabilar kiradi.Oila sotsiologiyasi oilaning tabiiy biologik, nikoh, qarindoshlik, ma'naviy iqtisodiy va huquqiy munosabatlar asosida insonlarni biriktiruvchi jamiyatniig kichik bir bo’lagi sifatida o’rganar ekan, uning jamiyat bilan o’zaro bog’liqligini asosiy e'tiborini qaratadi.
E’TIBORINGIZ UCHUN TASHAKKUR!
Do'stlaringiz bilan baham: |