3-topshiriq.
Mahmudxo`ja Behbudiyning «Padarkush» dramasidan olingan
parchani o`qing. Dramatik janrning o`ziga xos xususiyatlari haqida fikr bildiring.
D o m l a: — Shariat ilmi va zaruriyati diniya bilmoq uchun boyvachchani o`qutmak,
albatta, sizga lozimdur.
B o y: — Shariat ilmini o`qutmakni lozim bilmayman, chunki ani mufti yo imom va
muazzin qilmoqchi emasman. Azbaski, davlatim anga yetar.
D o m l a: — Zaruroti diniyaga na dersiz?
B o y: — Men o`zum besh vaqt nomozni keraklik duolari ila bilurman. O`zum
o`rgaturman.
D o m l a: — Xat va savodga na dersiz? Holbuki, savodi yo`q odam hech nimaga
yaramaydur.
B o y: — Bu fikringiz g`alat, chunki meni savodim yo`q, bovujud shul shahrimizni katta
boylaridandurman va har ishni bilurman.
D o m l a: — Siz ilgari zamonda bir navi ila boy bo`lubsiz, ammo endi boy bo`lmoq
nari tursun, faqat ro`zg`or o`tkarmak uchun ilm kerak...
4-topshiriq
. Sherni o`qing, uslubiy xossalarini aniqlang. Badiiy uslubning
o`ziga xos xususiyatlarini toping.
86
BOBUR DARDI
Boshlab keldi bu yoqlarga oyoqlarim,
Qaytib ona tuprog`imga ketolmadim.
Farg`onada qolmish do`st-u o`rtoqlarim,
Qaytib ular visoliga yetolmadim,
Amudaryo, suvlaringdan o`tolmadim...
Qorlar erir bu daryolar oqar toshib,
Ketgim kelar ona yurtga tog`lar oshib,
Lekin dushman yo`lim to`sgay doim shoshib,
Ona diyor, visolingga yetolmayman,
Amudaryo, suvlaringdan o`tolmayman...
Dushmanlarning qo`li uzun zamon bo`ldi,
Ona yurtim yov qo`lida tamom bo`ldi,
Тashlab chiqdim — bu ishim ko`p yomon bo`ldi,
Qaytib endi u yoqlarga yetolmayman,
Amudaryo, suvlaringdan o`tolmayman.
Vafo qilmay jafo qildi do`st-u yorim,
Hind —afg`onga boshlab keldi nomus, orim,
Qaytmoq uchun garchi ko`pdir ixtiyorim,
Lekin ortga qaytolmayman, ketolmayman,
Amudaryo suvlaringdan o`tolmayman...
(Abdulhay Sobirov)
5-topshiriq.
O`qing, matnning qaysi uslubga xos ekanligini ayting.
1. Qorda ko`milgan izni dadam ko`ribdi shekilli, kechqurun oyimdan so`radi:
— Kimga ko`mir berding?
Oyim aybdor qiyofada yerga qarab turdi-da, rostini aytdi.
— Habiba buvi shamollab qopti. Ko`miri yo`q ekan, oborib berdim. Dadam oyimni
urushmadi. (O`. Hoshimov)
2. Ona tili hayotning qon tomiridir. Ona tiliga beparvo bo`lgan xalq halokatga
mahkum. Diniga, ma'rifatiga, xulq-atvoriga, kiyim-kechagiga va hayot tarziga ko`ra
o`zaro ko`p mushtaraklikka ega bo`lgan Ovro`pa xalqlari, shunga qaramay, har qaysisi
o`z ona tilini saqlab qola bilgan. Ular ona tillari uchun jonlarini ham, mollarini ham
ayamaydilar, chunki biladilarki, til yo`q bo`lsa, millat ham yo`q bo`lib ketadi.
(Ismoilbek G`aspirali)
87
Do'stlaringiz bilan baham: |