201
“Xamsa”ning yakunlovchi dostoni “Saddi Iskandariy” ham ma'lum an'analar zaminida
yaratilgan.
Annotatsiyani tuzishdagi asosiy xato — axborotning ko`pligi, fikrlarni ifodalashda
gaplarning uzunligi, davrlarning noaniq ishlatilishi!
Ortiqcha holatlar:
Kirish so`zlari va gaplari, murakkab gaplar.
Annotatsiya matnidagi asosiy iboralar va so`z birikmalari
Maqolada …lar ko`rib chiqilgan.
… ko`rsatilgan.
…ning tavsifnomasi katta ahamiyatga ega.
… keng material keltirilgan.
tadqiqot … kabi muhim muammolarni ko`tarib chiqqanli bilan muhim.
… mohiyatini ochishda muhim vosita bo`la oladi.
muallif …ning ilmiy tarifini birinchi marta beradi va hokazo.
Annotatsiya turlari
Mazmuni va maqsadli vazifasiga ko`ra
-bildirgichli (matnning tanqidiy bahosiz tavsifnomasini beradi);
-tavsiyali (matn iste'molchilarning muayyan auditoriyasi
uchun yaroqliligi jihatdan
tavsifini va bahosini beradi).
Mazmunni to`liq qamrab olishiga ko`ra
-umumiy (keng auditoriyani hisobga olib umuman matnning tavsifini beradi);
-ixtisoslashgan (matnning tor doiradagi mutaxassislarni hisobga olib muayyan
jihatlardagi tavsifini beradi)
-guruhli (mavzu bo`yicha yaqin bir necha matnlar tavsifini beradi)
Annotatsiya (lotincha annotacio — xabar, ma'lumot). Kitob, monografiya, qo`lyozma
asarlarning qisqacha xarakteristikasini o`z ichiga oladi, ularning mazmuni, ahamamiyati
juda siqiq tarzda bayon qilinadi, asarning qaysi kitobxonlarga mo`ljallanganligi ham
qayd etiladi. Masalan, professor H.Umirovning “Qahramonning ma'naviy olami va
epiklik” (Toshkent, “Fan”, 1995) asarida annotatsiya quyidagicha berilgan: “Ushbu
risolada Abdulla Qodiriyning “O`tkan kunlar” romanida
qahramonlar ruhiyatini
tasvirlashdagi o`ziga xos takrorlanmas mahorati tahlil qilingan. Risola tadqiqotchilar,
oliy o`quv yurtlarining o`qituvchi va talabalariga, shuningdek, adabiyot bilan qiziquvchi
keng kitobxonlarga mo`ljallangan”. Yozuvchi Oybekning “Adabiyot to`g`risida”
(Toshkent, “Fan” 1985) to`plamiga quyidagicha annotatsiya bayon etilgan: “Ushbu
kitobchada O`zR fanlar akademiyasining akademigi, O`zbekiston xalq yozuvchisi
202
M.T.Oybekning adabiyot haqidagi qimmatli fikr va mulohazalari o`rin oldi. Atoqli shoir
va adibning adabiy-tanqidiy qarashlari ifodalangan bu fikr-mulohazalar katta estetik
qiymatga egadir. Risola keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan”.
Annotatsiya,
asosan, muayyan asar titul varag`ining ikkinchi betida chop etiladi. Ba'zi asarlarda
muxtasar “Kirish” — so`zboshi yoki debocha bo`lsa, unday asarlarda annotatsiya
bo`lmasligi ham mumkin. Annotatsiyaning
referativ jurnallar, nashriyot rejalari,
kutubxona kataloglariga yoziladigan turlari ham mavjud bo`lib, bu ma'lumotlar soha
mutaxassislariga zarur adabiyotlarni tez tanlashga, uni
sotib olish uchun oldindan
buyurtma berishga imkoniyat beradi.
Jumladan, “O`zbekiston Fanlar Akademiyasi “Fan” nashriyotining 1992 yilgi nashr
rejasi” kitobining 204 raqami mazmunini ko`raylik: “204. Umirov H.I. qahramonning
ma'naviy olami va epiklik (O`zbek romanlarida psixoligizm masalasi) mas. Muh.
Karimov E.A.; Samarqand Davlat ped instituti. — Toshkent: fan, 1992 (1U kv.) — 10
t. Monografiya o`zbek adabiyotida psixolingizmning tarixi, nazariyasi va tipologoyasi,
uning shakl va prinsiplarini tahlil etishga bag`ishlangan. Unda psixolingizmning shakl
va prinsiplarining dalil va to`qima, subyektivlik va obyektivlik, hayot haqiqati va badiiy
shartlilik, xarakter va sharoit bilan bog`liqligi jihatlari ham yoritiladi. Kitob filologlar,
oliygohlarning o`qituvchi va talabalariga hamda keng kitobxonlarga mo`ljallangan.
Buyurtma………. Nusxa…………….
Do'stlaringiz bilan baham: