O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet138/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1.Nutq odobida nimalarga e'tibor berish kerak? 
2.Nutqiy go`zallikning muhim omillarini sanang. 
3.Nutqiy me'yor deganda nimani tushunasiz? 
4.Ilmiy va badiiy asarda nutqning ifodalanishiga misol keltiring. 
5.Nutq madaniyati va estetikasiga oid asarlardan namunalar keltiring. 
 
Me'yor tushunchasi 
Reja: 
1. Me'yor - tilning yashash shakli. 
2. Tildagi me'yoriy muammolar. 
3. O'zbek adabit tili me'yorlari. 
Tayanch tushunchalar: 
me'yor, nutq, til birligi, jamiyat, nutq madaniyati, 
lahja, dialekt, orfoepik, leksik-semantik, grafik, og'zaki, yozma, adabiy til, argo, 
jargo, obyekt, material, taraqqiyot. 
Me'yor - jamiyat azolari tomonidan qabul qilingan, ma'qullangan va ularga 
tushunarli bo`lgan til birliklarining nutq jarayonida qo`llanish holati va 
imkoniyatidir. Me'yor - tilning yashash shaklidir. Til va nutq tizimida me'yor o`ziga 
xos o`rniga ega. Til material sifatida nutq jarayonida xizmat qila boshlagan 
lahzalardanoq uni me'yorlashtirish jamiyat ehtiyojiga aylangan va me'yoriy 
muammolar kun tartibiga qo`yilgan. 
Nutq madaniyati to`grisida gap borar ekan, tabiiyki, nutqda so`zlarning o`rinli va 
o`rinsiz ishlatilishi to`grisida ham bahs boradi. Qo`llangan til birligini to`gri yoki 
noto`gri deyilganda, albatta, ma'lum bir o`lchovga asoslanamiz. Mana shu o`lchov 
tilshunoslikda adabiy til me'yori deb yuritiladi. Har bir lahjaning, so`zlashuv tilining, 
adabiy tilning o`z me'yorlari bo`lganidek, nutqning alohida ko`rinishlari bo`lgan argolar, 
jargonlar ham o`z me'yoriga ega. Xususiy me'yorlar quyidagicha ko`rsatiladi: 1. 
Dialektal me'yor. 2. So`zlashuv nutqi me'yori. 3. Argolar, jargonlar me'yori. 4. Adabiy 
til me'yori. 
Jamiyat taraqqiyoti bilan baravar holda til va nutqdagi me'yoriy holatlarni 
o`rganish, tahlil qilishga ham ehtiyoj kuchayib borgan va bu muammolarni hal qilishda 
xalqning maishiy, ma'naviy-ma'rifiy turmushi, ijtimoiy-falsafiy va estetik dunyoqarashi, 
urf-odatlari singari qator omillar e'tiborga olingan. Til hodisalarini, uning me'yoriy 


207 
jihatlarini tadqiq etishda yana tilning milliy xususiyatlarini hisobga olmaslik ham aslo 
mumkin bo`lmagan. Demak, me'yor milliylik va tarixiylik mazmunini kasb etadi, necha 
yuz, ming yillar davomida shakllangan an'anaviylikka ega bo`ladi. Tildan 
foydalanishdagi an'anaviy me'yorlarning davrlar o`tishi bilan o`zgarib, yangilanib turishi 
ham tarixiy jarayondir. Til me'yorini belgilash muammolarini hal qilish har bir milliy til 
madaniyatini rivojlantirishning uzviy qismiga aylanadi. Shuning uchun ham me'yor 
masalalarining nutq madaniyati doirasida o`rganilishi bejiz emas. 
Tildagi me'yoriy muammolarni, qiyinchiliklarni qisqa muddatda hal qilishning 
imkoni yo`q. Til elementlarining ma'lum bir me'yorga keltirilishi, bir tomondan, til 
mutaxassislari tomonidan boshqarib borilsa, ikkinchi tomondan, tabiiy ravishda ham 
yuz beradi. Ammo, fikrimizcha, bir narsa ma'lum - tilning amalda bo`lish holatlariga 
tazyiq o`tkazib bo`lmaydi. Lekin tegishli yo`l-yo`riqlar, ko`rsatmalar, tavsiyalar berib 
borilishi zarur.Imlo va talaffuz qoidalari asosida yozish va so`zlashni xalqimiz orasida 
ommalashtirish, bu qoidalarni lug'atlar shaklida mustahkamlash, har bir sohada ham 
tildan foydalanish me'yorlarini belgilash bugunning dolzarb vazifalaridan bo`lib 
qolmoqda. Xalqimizning nutq madaniyatini yanada yuksaltirish masalasi ham 
muhimligicha turibdi. Chunki milliy istiqlol g'oyasi talablarini to`la bajarish, 
yurtdoshlarimizni ma'naviy yangilanish va islohotlar jarayonining faol ishtirokchisiga 
aylantirish, yoshlarimizni erkin, yangicha fikrlashga o`rgatishga til madaniyatisiz erishib 
bo`lmaydi. 
Til birliklarini me'yorlashtirish, hamma uchun umumiy va tushunarli bo`lgan bir 
qolipga keltirish umuman tilshunoslikning vazifasi sanaladi. Nutq madaniyati tilda 
ma'lum me'yorda keltirilgan til birliklarining nutqda qo`llanish shart-sharoitlarini, 
qonuniyatlarini nazariy jihatdan asoslaydi hamda bu me'yorga amal qilishni ma'lum 
ma'noda nazorat ham qilib boradi. Nutqdagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilinib, bu 
kamchiliklarni tugatishning eng maqul yo`llari ko`rsatib turiladi. 
O`zbek adabiy tili me'yorlari ilmiy asarlarda quyidagicha tasnif qilinadi: 
1. Leksik-semantik me'yor. 
2. Talaffuz (orfoepik) me'yori. 
3. Yozuv (grafika) me'yori. 
4. Fonetik me'yor. 
5. Aksentologik (urguni to`gri qo`llash) me'yor. 
6. Grammatik (morfologik va sintaktik) me'yor. 
7. So`z yasalish me'yori. 
8. Imloviy me'yor. 


208 
9. Uslubiy me'yor. 
10. Punktuasion me'yor. 
Adabiy me'yorning og'zaki va yozma ko`rinishlari mavjud bo`lib, og'zaki adabiy 
me'yorning rivojlanishiga xalq qiziqchilari, askiyachilari, latifago`y xalq shoir-baxshilari 
katta hissa qo`shsalar, yozma adabiy me'yorning shakllanishida belgilangan yozuv 
shakli asosida yozib qoldiradigan yozma adabiyotning xizmati cheksizdir. Umuman 
olganda, adabiy til me'yorini o`rganish yangi hodisa emas. Til me'yori va adabiy me'yor 
muammo sifatida nutq madaniyati ilmiy soha deb tan olinganga qadar ham o`rganib 
kelingan. Adabiy til me'yori, uning shakllanish, rivojlanish, stabillashuv qonuniyatlari - 
nutq madaniyati sohasining tekshirish obyekti hisoblanadi. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   134   135   136   137   138   139   140   141   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish