O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet137/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
17. http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 


204 
18. http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
19. http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
33-MAVZU: NUTQ ODOBI 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnga munosabat bildirib so`zlash. Kasbiy faoliyatda nutq 
madaniyatining ahamiyati haqida gapirib berish. 
Yozma nutq: 
“Mutaxassisning nutq madaniyati” mavzusida matn tuzish. Ish jarayonidagi 
muomala madaniyati haqida kasbiy o`yin ssenariysini tuzish va uni inssenirovka 
qilish. 
Grammatika:
Annotatsiya matni, uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari. 
Reja: 
1.Go`zal nutq — insonga ko`rk. 
2.Nutq odobini shakllantirishning muhim omillari. 
3.Nutq madaniyatining bugungi kundagi ahamiyati. 
Tayanch tushunchalar: 
nutq, og`zaki va yozma nutq, nutq odobi, nutq 
madaniyati, muhim omillar, meyor, uslub, uslubshunoslik, nutqiy mahorat, nutq 
etikasi, maqsadli nutq
Nutq odobi quyidagi xususiyatlar asosida belgilanadi: 
1) og`zaki va yozma adabiy til me`yorlari (talaffuz, urg`u, so`z qo`llash, 
grammatika, uslubshunoslik qoidalari)ni egallash, shuningdek, turli aloqa-aralashuv 
sharoitlarida tilning tasviriy vositalaridan nutqning maqsad va mazmuniga mos 
ravishda foydalanish mahorati;
2) tilshunoslikning tilni madaniyat quroli sifatida mukammallashtirish maqsadida 
me`yorlashtirish (tartibga solish) muammolarini o`rganuvchi bo`limi. G`arb 
tilshunosligida umumiy ma`noda "til madaniyati" termini ham qo`llanadi. 1-ma`nodagi 
"Nutq madaniyati" tushunchasi adabiy tilni o`zlashtirishdagi ikki bosqichni qamrab 
oladi: a) nutqning to`g`riligi va boshqa nutqiy mahorat. Nutqning to`g`riligi muayyan 
tilda so`zlovchilar va yozuvchilar tomonidan "ideal" yoki umum tomonidan qabul 
qilingan va an`anaviy saqlanib kelayotgan odatlar, ibrat va namunalar tarzida idrok 
etiladigan adabiy me`yorlarga amal qilishdir. Nutqiy mahorat esa, nafaqat, adabiy 
me`yorlarga amal qilish, balki o`zaro mavjud bo`lgan variantlardan mazmunan eng 


205 
to`g`ri, eng aniq, uslub va vaziyat nuqtayi nazaridan eng maqbuli va ifodalisini tanlab 
olish mahoratidir (Mas, aka —oka —ako; kelyapti —kevotti —kelopti variantlaridan 
bi-rining adabiy me`yor sifatida tanlanishi).
Yuksak nutq madaniyati kishining umumiy yuksak madaniyatini, fikrlash 
madaniyatini, tilga nisbatan ongli mexr-muhabbatini namoyon qiladi. Nutq madaniyati 
nazariyasining asosiy tushunchasi til me`yeridir. 2-ma`nodagi nutq madaniyatining 
asosiy vazifasi ijtimoiy til amaliyotiga faol ta`sir ko`rsatish maqsadida (tilning barcha 
sathlarida) ob`yektiv til me`yorlarini ularning barqarorlashgan shakllarida, 
ziddiyatlarida, vujudga keluvchi tamoyillarida va boshqalarda o`rganishdir. Zamonaviy 
nutq madaniyati nazariy va amaliy fan bo`lib, u til amaliyotiga ta`sir etish maqsadida 
adabiy til tarixi, grammatika, uslubshunoslik va boshqa tilshunoslik bo`limlarining 
yutuqlari va xulosalarini umumlashtiradi. Nutq madaniyati nazariyasida adabiy til milliy 
tilning oliy shakli deb e`tirof etiladi; badiiy adabiyot tili o`zining eng yaxshi namunalari 
bilan xalqning madaniyat sohasidagi yutuqlari va an`analarini mustahkamlaydi va 
boyitadi. Nutq madaniyati ijtimoiy hodisa bo`lib, u jamiyat, fan va texnika, madaniy va 
adabiy hayot rivoji bilan chambarchas bog`liq holda taraqqiy etadi. Jamiyat a`zolarining 
madaniy saviyasi ortgan sari nutqi ham jilolanib, sayqallashib, nutq madaniyati 
qoidalari va me`yorlariga muvofiq holda takomillashib boradi. Nutq madaniyatining 
shakllanishi va rivojlanishida adabiyot, san`at, radio, televideniye va davriy 
matbuotning alohida o`rni bor. Ayniqsa, adabiy tilni me`yorlashtirish va Nutq 
madaniyati nazariyasini rivojlantirishda leksikografiya, xususan, izohli, imlo, talaffuz, 
o`quv va boshqa maxsus lug`atlar muhim ahamiyatga ega.15-asrdayoq o`zbek adabiy 
tilining Nutq madaniyati va uning o`ziga xos me`yorlari bo`lgan —Alisher Navoiy 
o`zining butun hayotiy va ijodiy faoliyati bilan o`z davri Nutq madaniyatiga, nutq 
odobiga mislsiz hissa qo`shgan bo`lsa, keyingi davrda yashagan Bobur, Muhammad 
Solih, Gulxaniy, Nodira, Ogahiy, Furqat, Muqimiy va boshqa shoirlarning asarlari tilida 
ham o`sha davr tili va Nutq madaniyati ma`lum darajada aks etgan. "Yaxshi so`z —jon 
ozig`i", "Bug`doy noning bo`lmasa ham, bug`doy so`zing bo`lsin","O`ynab gapirsang 
ham o`ylab gapir", "Har neni yemak —hayvonning ishi, har neni demak—nodonning 
ishi" kabi maqol va hikmatli so`zlarning paydo bo`lishi ham o`zbek xalqida Nutq 
madaniyatiga avvaldan e`tibor kuchli bo`lganidan darak beradi. O`tgan asrning 20-
yillaridan so`ng o`zbek tilining Nutq madaniyati xalq tiliga yaqinlashtirilgan milliy 
adabiy til me`yorlariga asoslanadi. Bu me`yorlarni shakllantirish ishiga olimlar (Otajon 
Hoshim, T.N. Qori Niyoziy, S. Ibrohimov, Olim Usmon va boshqalar), adib-u shoirlar 


206 
(Qodiriy, Cho`lpon, Avloniy, Fitrat, Oybek, G`afur G`ulom, Abdulla Qahhor va 
boshqalar) munosib hissa qo`shdilar. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   133   134   135   136   137   138   139   140   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish