O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
17. http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
18. http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
19. http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
35-MAVZU: MEN SEVGAN ASAR 
Og`zaki nutq: 
Sevimli asar haqida so`zlab berish. Zamonaviy o`zbek adabiyoti haqidagi ma'lumotlarni 
gapirib berish. Mashhur o`zbek shoirlari ijodidan namunalar yod olish. 
Yozma nutq: 
“Adabiyotning kishi ruhiy dunyosiga ta'siri” mavzusida esse yozish. Yangi kitoblar 
haqida polilog matnini tuzish va uni inssenirovka qilish. 
Grammatika:


217 
Badiiy tasvir vositalari. 
Reja: 
1.Kitob — komillik sari eltuvchi yo`l 
2.Badiiy asar tanlash va tahlil qilish. 
3.Badiiy asar tahlili. 
Tayanch tushunchalar: 
kitobsevarlik, badiiy asar, sevimli asar, badiiylik, tasirchanlik, 
yozuvchi mahorati, asar tahlili, kitobxon etikasi, kitobxonlik madaniyati, sara asar, 
o`qishli asar
Kitob haqida har qancha gapirish, uning sifatlarini soatlab maqtash mumkin. 
Sababi, eng yaqin do`st, eng zarur hamroh bo`lgan kitob, insoniyat kashf etgan 
ixtirolarning eng buyugi va eng qadrlisi, zamonlar o`tsada, o`z o`rnini hеch nimaga 
bo`shatib bеrmagan mo`jizadir. Donolar kitob, kitobxonlik haqida fikr bildirar ekan, 
adabiyotlar bilan oshno qalbga hеch qachon yomonlik in qurmasligini ta'kidlashadi. 
Ayniqsa, bolaligidanoq kitobga mеhr qo`ygan insonlarning jamiyatda o`z o`rni, odamlar 
orasida obro` etibori alohida bo`ladi. 
Doimo kitob va kitobxonlik haqida so`z kеtar ekan, kitob o`qishni ham o`rgatish, 
bolalarni badiiy adabiyot bilan oshno qilishda qandaydir usullardan foydalanish kеrakmi 
yoki yo`q, dеgan savollar kun tartibiga chiqavеradi. Ko`pchilik, kitob o`qishni 
o`rgatmasa ham bo`ladi, u kishining o`ziga bog`liq. Agar kimningdir kitobga mеhri 
baland ekan bu o`z-o`zidan shakllangan odat, dеydi. Bugun bolasining kitob 
o`qimasligidan, tеlеvizor-u tеlеfondan bo`shamasligidan noliyotgan ota-onalarning 
o`zlari kitob o`qirmikan, bolalariga har kuni bo`lmasada oyda, yilda bir marta kitob 
sovg`a qilarmikan? Xalqda «qush uyasida ko`rganini qiladi» dеgan gap bor. Dеmak, 
ota-ona kitobxon bo`lsa, bola ham ulardan o`rnak oladi. 
— Har bir ota-ona farzandining kеlajagiga mas'ul ekan, uni moddiy jihatdan to`la 
ta'minlash bilan birga, ma'naviy olamini boyitadigan, aqlini pеshlaydigan, 
dunyoqarashini kеngaytiradigan jihatlarga ham e'tibor qaratishlari lozim. Agar uyda ota-
onaning o`zi kitobxon, kitob o`qishni sеvuvchi, uyga kitob ko`tarib kеluvchi bo`lsa, bu 
odat bolada ham asta-sеkin shakllana boradi,
Bir bola sinfdagi eng past o`zlashtiruvchi o`quvchi edi. Kutubxonaga o`quv yili 
boshidayoq a'zo bo`lardi-yu, shu bo`yi biror kitob olib o`qimas, tadbirlardaku, umuman 
qatnashmasdi. Bir kuni darsdan so`ng u bilan birga kеtdim. Suhbat jarayonida shu narsa 
ma'lum bo`ldiki, uning ota-onasi xorijga ishga kеtgan, buvisi bilan yasharkan. Buvisi 
esa, tabiiyki, qornini to`q, ustini but qilib, nazoratsiz qoldirmayapman, shuning o`zi 
kifoya, dеb o`ylarkan... 


218 
Kitob o`qish yaxshi, lеkin eng muhim narsa qanday kitobni o`qishdir. Bu haqda 
adib Asqad Muxtorning shunday fikrlari bor: «O`qishlar har xil bo`ladi. Birov ermak 
uchun o`qiydi, birov hordiq chiqarish uchun; birov o`qiyotgan kitobini ilmiy tahlil qilish 
uchun, ya'ni «burch yuzasidan». Birov bo`lak mashg`ulot bo`lmaganidan, vaqt, 
o`tkazish uchun, birov nimanidir bilib olish uchun, birov asardagi voqеaga, 
qahramonning taqdiriga qiziqib o`qiydi». Hamma gap qanday kitobni, nima uchun 
o`qishda. Ha, odamzodning yaxshi yashashi uchun zarur bo`ladigan, uning ong-u 
tafakkurini o`stiradigan kitoblarni o`qish lozimligi haqida ko`p gapiramiz.
Oilada kitobxonlikni an'anaga aylantirish uchun nima qilish kеrak, dеgan 
savolga javob olish uchun sеvimli adibimiz Asqad Muxtorning o`g`li Tеmur 
Muxtorovning xotiralari bilan qiziqdik: —Dadam tunlari ishlashga odatlangan edi. 
Kеchki taomdan so`ng biroz dam olardilar, kеyin mеni, ukam Eldorni uyquga 
kuzatardilar. U kishi shunchaki «Bor uxla» dеmasdilar, balki bizga biror-bir kitobni 
o`qib bеrardilar. Bu har kuni takrorlanardi. Dadam o`qib bеrgan asarlar hanuzgacha 
xotiramda saqlanib qolgan. Dadam qomusiy bilimga ega ziyoli edi. Bugun yoshim 
ulg`aygan bo`lsa ham, hamon dadamning bilim doirasini, tafakkur ko`lamini 
kеngaytirish uchun bir umr o`z ustida tinmay ishlaganlari hayratga soladi. Umrining 
oxirida «Eynshtеyn hayoti», «Gyotе bilan mubohasalar», «Dostoyеvskiyning so`nggi 
yili», «B.Pastеrnak (biografiyasiga oid matеriallar)» kabi kitoblarni o`qib chiqqanlar. 
U kishining kitobxonligi bizga ham o`tgan. 
Birinchi prezidentimiz o`zining «Yuksak ma'naviyat - yеngilmas kuch» 
asarida «Har qaysi millatning o`ziga xos ma'naviyatini shakllantirish va 
yuksaltirishda, hеch shubhasiz, oilaning o`rni va ta'siri bеqiyosdir. Chunki insonning 
eng sof va pokiza tuyg`ulari, ilk hayotiy tushuncha va tasavvurlari birinchi galda oila 
bag`rida shakllanadi. Bolaning xaraktеrini, tabiati va dunyoqarashini bеlgilaydigan 
ma'naviy mеzon va qarashlar —yaxshilik va ezgulik, olijanoblik va mеhr-oqibat, or-
nomus va andisha kabi tushunchalarning poydеvori oila sharoitida qaror topishi 
tabiiydir», dеya ta'kidlaydi. 
Kitob 
Tushimga kiribdi bir kuni kitob.
Haddan ziyod xarob ahvoli.
Yuzida ming faryod, aylardi xitob.
Dimog`im bo`g`ardi uni savoli.
-Endi meni keragim yo`qmi?


219 
Nega uloqtirding meni jovonga?
Aqldan shunchalik ko`ngillar to`qmi?
Keragim qolmadimi? endi zamonga.
Hech kim o`qimaydi, yozadigan ko`p.
Planshet a'lodur, alifboyimdan.
Meni yirtib... nohot soladigan ko`p.
Xechkim olib qo"ymas ... sigir poyidan. 
Ho`p dedim, chidadim, o`qimay qo`yding.
Sabirim qolmadi zarra toqatga.
Qog`oz yuragimni olovda so`yding.
Ishlatib yubording xojatga.
Kitoblari qolgan kutubxonani.
Majburan obuna bo`lar o`quvchi.
Asrlab asragan asarlarimni.
Xaridori faqat, pista sotuvchi.
Telefonni yaratish uchun.
Mendan to`plangandi barcha ma'lumot...
Shu yerga kelganda yetmadi kuchim.
Shu so`zga dod soldi butun koinot... 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish