O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet132/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1. Matnni o`qing va savollar tuzing. 
2. Imom Al-Buxoriyning “Sahih hadislari”dan quyidagi parchalarni o`qing, manosini 
tushuntiring:
Uch toifa kishilarning duosi hech shubhasiz Olloh, qoshida maqbuldir:
Mazlumlarning, musofirning, ota-onaning.
Vatanni sevmoq — iymondandir.
Kishi o`z ota-onasini so`kishi katta gunohdir.
GRAMMATIKA: TAQRIZ MATNI, UNING TUZILISHI VA IFODA 
MATERIALINING XUSUSIYATLARI 
Reja: 
1.Taqriz matni haqida ma'lumot. 
2.Taqriz matnining tuzilishi va tarkibi. 
3.Ifoda materialining xususiyatlari. 
Tayanch tushunchalar: 
Taqriz, ilmiy jarayon, ilmiy, badiiy asarlar, spektakl, 
kinofilm, ichki yo`nalish, yangilik yoki nuqson, chuqur ijodiy izlanish, yozuvchi 
mahorati, taqrizchining ehtirosi, siqiq, original. 
Taqriz (arabcha so`z, “bayon qilish, so`zlash, tasdiqlash” ma'nolarini beradi). 
Taqriz janrining bosh vazifasi — u yoki bu (ilmiy, badiiy asarlar, spektakl, kinofilm va 
sh.k.) asarning tahlili orqali uning ilmiy jarayon va muallif ijodiyotidagi o`rnini 
aniqlash, unga xos bo`lgan yutuq hamda kamchiliklarni isbotlash va baholashdan iborat. 
Jumladan, badiiy asarni taqriz qiluvchi yozuvchi ijodiy laboratoriyasiga kirishi, uning 
ichki yo`nalishini aniqlashi, san'atkorning o`ziga xos bo`lgan ijodining asosiy, bosh 


196 
qonunlarini tushunishi, asarga badiiy asar sifatida mehr bilan yondoshishi, chuqur ijodiy 
izlanishi kerak. Bu izlanishlarning natijasini siqiq, original shaklda, o`sha asar 
mohiyatining butun sir-u asrorini ochib beradigan usulda bayon qilishi lozim. Aks 
holda, ma'lum bir asar haqidagi taqrizda tahlil bo`sh chiqadi-da, har xil badiiy asarga 
nisbatan bir-biriga yaqin baholar, kamchilik va nuqsonlar qayd qilinib qoladi va taqrizni 
qolipga mubtalo qiladi. Natijada suv tomchilaridek bir-biriga o`xshaydigan, yasalgan 
(ijodiy yaratilmagan) taqrizlar yuzaga kelaveradi. Holbuki, taqriz — konkret ilmiy asar 
ekan, unda qayd qilingan har bir fikr, yangilik yoki nuqson taqrizchi tomonidan yuzaki 
bayon qilinmasligi kerak, balki aniq dalillar misolida har tomonlama isbotlanishi va 
bunga yozuvchini ham, kitobxonni ham ishontira bilishi kerak. Taqrizda konkret asar 
yozuvchining butun ijodi va harakatdagi ijodiy jarayon bilan bog`lanishi, solishtirilishi 
shart: ana shundagina asarning ahamiyati, qimmati, yangiligi ochiladi, yozuvchi 
mahorati yaqqol ko`zga tashlanadi. 
Taqriz-ilmiy uslubda bitilishidan qatiy nazar, unda taqrizchining ehtirosi — 
haqiqatni izlashdagi hissiyoti ko`rinib turishi lozim. Chunki har bir asar o`zicha 
ayrim bir dunyo ekan, unga kirish yo`llari o`ziga xos bo`ladi: taqriz shaklining 
umumiy qonuniyatlariga jo bo`lgan ana shu o`ziga xoslik uning rang-barang 
bo`lishini, originalligini taminlaydi. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   128   129   130   131   132   133   134   135   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish