O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet110/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1.”Hayotimda ustozning o`rni” mavzusida ijodiy ish yozing. 
2.Ustoz haqida she'riy matnni yoddan aytib bering. 
3.Bugungi kunda yurtimizda ustozlarga bo`lgan e'tibor haqida malumot bering. 
GRAMMATIKA: MONOLOGIK MATN. MONOLOGIK MATNDA 
MAZMUN IZCHILLIGI VA OHANG. 
 
Reja: 
1.Matn va uning ko`rinishlari. 
2.Monologik matn va uning xususiyatlari. 
3.Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang. 
Tayanch tushunchalar:
matn, tinglovchi, so`zlovchi, voqelik, nutqiy butunlik, 
og`zaki yoki yozma nutq, suhbatdosh, ruhiy kechinma, voqelikka munosabat, estetik 
maqsad 
Ma'lum voqelik haqida tasavvur (malumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik 
birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi.Matn og`zaki yoki yozma
nutqqa xos bo`lishidan qati nazar, ikki xil ko`rinishda bo`ladi: dialogik va monologik. 
Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mazmundagi fikr-
axbarot almashinuvidan iborat. Ikki kishi o`rtasidagi dialogik nutq savol-javob, 
buyruq-javob, xabar-e'tiroz kabi mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki 
inkorni, ziddiyat yoki munozarani bildiradi. Ko`p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi 


158 
savol-javobdan iborat bo`lmay, o`rtaga tashlangan savol, taklif davat, biror xabar va 
dalillar bilan xulosalanadi. 
Dialogik matn tarkibida so`roq olmoshlari, muomala odobiga oid so`z va iboralar, 
yuklamalar,undovlar, kirish so`zlar keng qo`llaniladi. Bunday matndagi gaplar, asosan, 
sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to`liqsiz gaplar, 
so`z gaplar faol ishlatiladi. Dialogik matn so`zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir. 
Monologik matn so`zlovchining o`z o`ziga yoki boshqalarga qaratilgan nutqi 
bo`lib, o`z ruhiy kechinmalari, voqelikka munosabati o`ziga xos ohang bilan 
ifodalashga xizmat qiladi. Bunday matn tavsifiy matn tarkibiga kirsada, badiiy uslub 
xususiyatlarini o`zida namoyon etishi, hissiy ifoda tarzi va muhimi, ijtimoiy estetik 
maqsadi bilan ajralib turadi. 
Monologik matnda tilning barcha tasviriy vositalari, so`z-gaplar, kiritma, undov 
va undalmalar, sodda uyushiq bo`lakli va ritorik so`roq gaplar faol ishlatiladi. 
So`zlovchining fikr mulohaza va shaxsiy kechinmalari I shaxs nomidan bayon qilinadi. 
Og`zaki nutqda monologik matn ohang, urg`u, to`xtam, ritm, tovush surati kabi fonetik 
hodisalarni kuchli ifodalovchi nutq ko`rinishlari sanaladi. 
Monologik matnga misol: 
Ma'lumki, san'at, shu jumladan, so`z sanati-adabiyot ham kishilarning ongiga his 
orqali, yurak orqali tasir qiladi. Adabiyot biron ijtimoiy hodisaning yaxshi yoki yomon 
ekanligini faktlar, raqamlar bilan isbot qilib, xulosa chiqarmaydi; uning yaxshi yoki 
yomon ekanligini ko`rsatib kishilarda shu hodisaga nisbatan muhabbat yoki nafrat hissi 
tug`diradi. Biron hodisaning yaxshi yoki yomon ekanligini bildirish bilan unga nisbatan 
nafrat yoki muhabbat hissi tug`dirish orasida juda katta farq bor. Bilgan kishi bilib 
qo`ya berishi mumkin,lekin his qilgan kishi his qilib qo`ya bermaydi. Adabiyotning zo`r 
tashviqiy kuchi ham mana shundan iborat. 
Bundan ma'lum bo`ladiki, yozuvchi biron hodisaga o`quvchida muhabbat yoki 
nafrat hissi qo`zg`atish uchun avval o`sha his o`zida bo`lishi kerak. (A.Qahhor) 
Monologik matn tavsifiy matn tarkibiga kirsada undan farq qiladigan tomonlari 
mavjud. Tavsifiy matn so`zlovchi yoki yozuvchi tomonidan bayon etilgan voqea 
hodisa,narsa yoki shaxs tasviri, tavsifi yoxud xabar, malumot bayonidir. Maqola, insho 
ham tavsifiy matnning bir turi sanaladi. 
Ma'lum voqea-hodisalarga, narsa va shaxslarga oid fikr mulohaza bildirish, ularni 
badiiy tasviriy vositalar yoki dalillar bilan ta'riflash, izohlash isbotlash, asosan, tavsifiy 
matnga xos xususiyatlardan. Shuning uchun bunday matnda belgi xususiyatni 


159 
ifodalovchi so`zlar, atamalar, modal so`zlar, fe'lning funksional shakllari, ravishlar faol 
qo`llaniladi. 
Tavsifiy matn yaratishda uyushiq bo`laklar, ajratilgan gap bo`laklari, atov gaplar, 
qo`shma gap ko`rinishlaridan keng foydalaniladi. Tavsifiy matn ilmiy, publitsistik, 
rasmiy-idoraviy, shuningdek, badiiy uslubga xosdir. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish