O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet112/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 
17. http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 


161 
18. http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
19. http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
26-MAVZU: KASBIM TARIXI 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matnni reja asosida so`zlab berish. Tanlangan 
kasb haqida rivoyat yoki hikoya so`zlab berish.
Yozma nutq: 
“Sohaning vujudga kelishi va rivojlanishi” mavzusida matn tuzish. Kasb taraqqiyoti 
haqidagi ma'lumotlardan xronologik jadval tuzish. Ish jarayonidagi muloqot 
vaziyatlarini aks ettiruvchi kasbiy o`yin ssenariysini tuzish va uni inssenirovka qilish. 
Grammatika:
Soha lug`atlari. Ularda terminlar va birikmalarning berilishi. 
Reja: 
1.O`qituvchilik kasbining shakllanish tarixi. 
2.G`arb mamlakatida o`qituvchilik kasbiga etibor. 
3.O`rta Osiyoda o`qituvchilikning shakllanishi va rivojlanishi. 
4.Bugungi kunda yurtimizda o`qituvchilarga bo`lgan etibor. 
Tayanch tushunchalar:
o`qituvchi, pedagog, muallim, domla, sharafli kasb, 
mashaqqatli kasb, ta`lim-tarbiya, shaxsiy maktab, g`arb o`qituvchisi, sharq 
o`qituvchisi, eng qadimiy va obro`li kasb. 
O`qituvchi pedagog, o`rta va oliy ta`lim tizimi xodimi bo`lib, o`quvchi va 
talabalarni o`qitish bilan shug`ullanadi. Boshqa nomlari: "ustoz","domla", "muallim". 
O`qituvchi, muallim —turli yo`nalishdagi o`rta umumiy ta`lim maktablari, akademik 
litsey va kasb-hunar kollejlarida o`quvchilar bilan ta`lim-tarbiya ishlarini amalga 
oshiradigan mutaxassis. Oliy maktab o`qituvchilari "domla" deb yuritiladi, ular
"o`qituvchi-professor" tarzida umumlashma nom bilan ham ataladi. Shuningdek, 
o`qituvchilarga nisbatan "muallim" yoki "pedagog" atamasi ham qo`llaniladi.
O`qituvchilik kasbi juda qadim zamonlardan buyon inson faoliyatining alohida turi 
sifatida mavjud. Chunki inson faqat ta`lim-tarbiya tufayligini hayotini davom ettira va 
rivojlantira oladi. Tamaddunning Ossuriya, Bobil, Misr, Turkiston, Hindiston, Xitoy 
singari qadimiy o`choqlarida topilgan tarixiy madaniy obidalar bu o`lkalarda 
o`qituvchilik kasbi juda qadim zamonlarda shakllanganligini ko`rsatadi. Bu davrlarda 
eng oqil, tajribali kishilar o`qituvchilik bilan shug`ullanishgan va ular boshqalarga 
qaraganda katta imtiyozlarga ega bo`lishgan. Yunonistonda faqat ozod kishilargina 


162 
o`qituvchilik qilishga haqli hisoblangan. Ular mamlakatning turli joylarida 
grammatistlar, pedanomlar, didaskallar, pedotriblar shaklida nomlanganlar va ko`pincha 
o`z shaxsiy maktablariga ega bo`lganlar. Boy oilalarda esa, ta`lim-tarbiya ishi bilimli va 
savodli qullarga topshirilib, ular paydagoglar ("pedagog" so`zi shundan kelib chiqqan), 
ya`ni "bola yetaklovchilar" deb atalgan. Rim imperiyasida o`qituvchi imperator 
nomidan tayinlanadigan davlat amaldori sanalgan. O`rta asrlarga kelib, G`arb 
mamlakatlarida o`qituvchilik bilan, asosan, cherkov xizmatchilari shug`ullanishgan. 
Shaharlarda dunyoviy maktablar tashkil topgach, hunarmandchilik sexlari va 
savdogarlar gildiyalari tomonidan taklif etilgan yollanma o`qituvchilar paydo bo`ldi. 
Texnika taraqqiy etib, fkazdlar ko`payishi bilan o`qituvchilik eng ommaviy kasblardan 
biriga aylandi. Chunki ma`lum darajada ta`lim ko`rmagan odam texnika vositalaridan 
foydalana olmas edi. Buning uchun esa, ko`plab maktab va o`qituvchi kerak bo`lardi. 
Ayni vaqtda, 18-19-asrlarda boy oilalarda murabbiy, guvernyor singari uy 
o`qituvchilaridan foydalanish keng yoyildi.
Sharq mamlakatlari, jumladan, Turkiston o`lkasida ham o`qituvchi eng qadimiy va 
obro`li kasb hisoblanib, "ustoz" deb e`zozlangan. O`lkaga islom dini kirib kelishi bilan 
har bir qishloq, shaharlardagi har bir mahallada masjid va deyarli har bir masjid qoshida 
maktab tashkil etildi. Bu maktablarning o`qituvchilari domla deb ataldi. Shuningdek, 
maktablar alohida shaxslar uyida ham tashkil etilib, ular maktabdor deyilgan. 
O`lkamizda qizlarni o`qitishga ham alohida e`tibor qaratilib, savodli ayollar uylarida 
otinoyi maktablari tashkil etilgan. Bu maktab o`qituvchilari otinoyi yoki otinbibi deb 
yuritilgan. Ta`lim davlatdan ajratilganligi, bolalarning o`qishi, asosan, ota-onalarning 
ishi hisoblangani uchun ham Turkistonda o`qituvchilik kasbiga maxsus 
tayyorlanilmagan. Madrasa ko`rgan yoki maktabdan so`ng o`z ustida ishlagan savodli 
kishi o`qituvchilik bilan shug`ullanishi mumkin bo`lgan. 19-asrning oxiridan, ya`ni 
o`lkada ma`rifatchilik harakati paydo bo`lishi bilan o`qituvchining saviyasiga alohida 
e`tibor beriladigan bo`ldi. Turkistonda an`anaviy yo`sinda o`qitadigan o`qituvchilar 
bilan birga Yevropa mamalakatlaridan o`zlashtirilgan usullarda dars beradigan yangi 
muallimlar ham faoliyat ko`rsata boshladi. Bu hol, ayniqsa, jadidchilik harakati avj 
olgan kezlarda ancha keng yoyildi. O`qituvchilar saviyasining oshganligi millat 
ruhiyatida uyg`onish bo`lishiga, taraqqiyotning bir qadar tezlashuviga olib keldi.
O`zbekiston mustaqillikka erishgach, o`qituvchi tayyorlashga alohida e`tibor berila 
boshlandi. Bu "Ta`lim to`g`risida"gi qonun (1997-yil 29-avgustda qabul qilingan) va 
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida o`z aksini topdi. O`zbekistonda o`qituvchilar 
universitetlar, o`quv yurtlarida tayyorlanadi. O`qituvchi o`z pedagogik faoliyati 


163 
jarayonida ilmiy bilimlarni egallab, pedagogik qobiliyatini shakllantirib boradi. 
Mamlakatda o`qituvchilar malakasini oshirish tizimi joriy etilgan, har bir o`qituvchiga 
o`qituvchilar malakasini oshirish intlarida bepul pedagogik va metodik yordam olish 
imkoniyati berilgan. Mamlakatda har yili 1-oktyabrda "O`qituvchi va murabbiylar" kuni 
umumxalq bayrami sifatida nishonlanadi. Respublikada "O`zbekiston Respublikasi xalq 
o`qituvchisi", "O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq ta`limi xodimi", 
"O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi" singari faxriy 
unvonlar mavjud.

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish