O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Internet saytlari 


155 
17.
 http://teachyourselfuzbek.com/resources/coursebooks/—Самоучитель 
узбекского языка. 
18.
 http://solver.uz/translate.php — Русско-узбекский переводчик. 
19.
 
http://library.ziyonet.uz/ — таълим портали
25-MAVZU: USTOZ MAKTABI 
Og`zaki nutq: 
Mavzuga oid matnni o`qib tushunish. Matndagi termin va iboralarning ma'nosini 
izohlash. Matnni ijodiy so`zlash. Ustozlarga bag`ishlangan she'r yod olish. 
Yozma nutq: 
Kasbiy faoliyatda ustoz va shogird an'analari to`g`risida matn tuzish. Ustozlar haqida 
esse yozish. Ustoz haqidagi rivoyatlardan namunalar yozish.
Grammatika:
Monologik matn. Monologik matnda mazmun izchilligi va ohang. 
Reja: 
1.Ustoz — otangday ulug`. 
2.O`qituvchilik kasbining mashaqqati. 
3.Yurtimizda ustoz- shogird ananalarining davomiyligi. 
Tayanch tushunchalar:
ustoz, o`qituvchi, domla, muallim, sharafli kasb, ustoz-
shogird, milliy an'ana, mashaqqatli kasb, hayot yo`lboshchisi, kelajak me'mori. 
Xalqimiz azaldan ustoz-shogird an'analarini yuksak qadrlab keladi. Ota-onalar 
ulg`ayayotgan farzandini komil inson bo`lib yetishi va muhimi, kelgusida biror kasb-
hunar egasi bo`lib farovon turmush kechirishini istaydi. Shu maqsad yo`lida 
farzandlarini ustozga topshira turib"eti —sizniki, suyagi —meniki" iborasini bot-bot 
takrorlashdan charchamaydi. Zero ustoz ko`rgan shogirdning kelajagi porloq bo`lishi 
shubhasiz. 
Ustozlar haqida so`z yuritilar ekan doimo Iskandar Zulqarnayn to`g`risidagi hikoya 
yodimizga tushadi. U ishg`ol qilgan yurtining taxtiga birinchi bo`lib ustozini o`tkazar 
ekan. Bir kuni undan: “Nima uchun bunday qilasiz?” deb so`rashganda: “Ota-onam 
tug`ilishimga, ustozim esa yuksalishimga sababchi bo`lganlar”, degan ekan. 
Poshshaxo`ja ham ustozlarning mehnatisiz hech kim yuksala olmasligini aytib, 
Iskandarning o`z ustoziga bo`lgan hurmatini keltirib o`tgan: 
Hech kim ustozsiz topmas jahonda izzu joh, 
Nechakim hashmat bila Iskandari davron erur. 


156 
Darhaqiqat, biz erishgan har bir yutuqda ustozlarimizning hissalari mavjud. Ilm 
olish va uni tarqatish yuksak savobli ish ekani to`g`risida Quroni Karimda, hadisi 
sharifda ko`plab oyat va hadislar kelgandir. Shulardan birida Payg`ambarimiz (s.a.v.) 
ilm tarqatuvchilarga yani ustozlarga shunday tarif berib, ular erishadigan savoblarning 
juda katta ekani haqida quyidagicha bayon qilganlar. 
Imom Bayhaqiy va Abu Yalolar Anas ibn Molik (r.a.) rivoyat qilgan hadisda 
Payg`ambarimiz (s.a.v.): 
“Sizlarga sahiylar sahiysining xabarini beraymi? Sahiylarning sahiysi Allohdir. Men 
odam bolasining eng sahiysiman. Mendan keyin sizdan eng sahiyingiz, ilm o`rganib, 
ilmini tarqatgan odamdir. U qiyomat kuni yolg`iz o`zi bir ummat bo`lgan holida 
tiriltiriladi”, deganlar. 
Albatta, ustozlar mana shunday yuksak mukofotlarga loyiq zotlardir.Odamlarga 
harf o`rgatib savodini chiqarish bu ularga o`rgatilgan eng yaxshi ta'lim desak aslo 
mubolag`a bo`lmaydi. Chunki biz butun hayotimiz davomida shu ustozlarimiz o`rgatgan 
harflardan foydalanib o`qiymiz, yozamiz va ilmimizni oshirishda davom etamiz. 
Ali ibn Abu Tolibning shunday so`zlari bor: “O`qishni bilsangiz, har bir inson bir 
kitobdir”. Mana shu kitobning qulfiga kalit topib, ilk harflarni o`rgatuvchi zotlar albatta 
ustozlarimizdir. Ustoz o`z kasbiga qalb qo`ri bilan kirishmasa, murabbiylik yo`lida hech 
qanday yutuqlarga erisha olmaydi. Axir o`qishni, yozishni bilmaydigan murg`akkina 
bolaga bir harfni o`rgatish oson bo`lmasa kerak. Umrini shu sohaga bag`ishlagan 
o`qituvchilar hamma joyda bir xil —oddiy va kamtar. 
To`g`ri, o`quvchilik yillari sen uchun jon kuydirgan, o`qib olim, yaxshi odam 
bo`lsin deguvchi ustozlarning qadriga yetmaymiz. Ammo hayotning katta yo`lida ularni 
ko`proq sog`inadi kishi. 
Maktabga yo`qlab borsangiz, ustoz yana ko`zlari javdirab turgan, endigina 
maktabga qadam qo`ygan bolakaylar bilan mashg`ul ekanini ko`rasiz. U kasbidan 
zerikmaydi. Aksincha, yillar o`tgani sayin ko`ngli ham boladek beg`ubor bo`lib 
boraveradi. 
Ertangi kunning qanday bo`lishi maktab, bilim yurtlaridagi talim-tarbiyaga bog`liq. 
Chunki farzandlarimizning ongi-tafakkuri shu joylarda shakllanadi.Ustozlarni ulug`lash, 
ularga hurmat va ehtirom ko`rsatish xalqimizning azaliy qadriyatlaridandir. Bugun 
O`zbekistonda ta'lim islohotlarining uzviy qismi bo`lgan o`qituvchilar mehnatini 
rag`batlanti-rishga oid ibratli ishlar jahonning ko`plab davlatlari tomonidan yuksak 
baholanib, mustaqillik yillarida to`plangan boy va ilg`or marifiy tajriba sifatida 
o`rganilayotur. O`qituvchilarning kasb bayramlari arafasida yoshlarimizni vatanga 


157 
muhabbat, sadoqat, milliy anana va qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalayotgan, 
ustozlik kasbida halol va samarali ish olib borayotgan ilg`or pedagoglar Vatanimizning 
yuksak mukofotlari bilan taqdirlanishlari ham buning amaldagi tasdig`idir. 
Yurtimizda “O`zbekiston qahramoni”, “O`zbekiston Respublikasi xalq 
o`qituvchisi”, “O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan xalq talimi xodimi”, 
“O`zbekiston Respublikasida xizmat ko`rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlariga 
sazovor bo`lgan, Vatanimizning orden va medallari bilan taqdirlangan murabbiylar safi 
yildan-yilga kengaymoqda. O`zbekiston Respublikasi Xalq talimi vazirligining 
malumotlariga ko`ra hozirda talim sohasida 423 ming nafardan ziyod o`qituvchi faoliyat 
ko`rsatmoqda. Ularning barchalariga yurtimiz kelajagi bo`lgan navqiron avlod 
vakillariga talim-tarbiya berish kabi mashaqqatli va sharafli ishlarida Yaratgandan 
kuch-g`ayrat tilab qolamiz. Sizlar doimo ardog`imizdasiz aziz ustozlar! 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish