O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savol va topshiriqlar: 
1.
Sizningcha, yaxshi hayot uchun nimalar zarur? 
2.
Hayot haqida aforizmlardan misollar keltiring. 
3.
“Hayot mening tasavvurimda” mavzusida kichik matn tuzing. 
GRAMMATIKA: DIALOGIK MATNNING MANO MUNOSABATIGA 
KO`RA TURLARI 
Reja: 
1.
Matn va uning turlari. 
2.
Dialogik matnning o`ziga xos xususiyatlari. 
3.
Makromatnlarda diologik matnning o`rni va ahamiyati. 


152 
Tayanch tushunchalar:
Matn, dialog, monolog, izchillik, savol-javob, xabar berish, 
buyruq-javob, xabar-e'tiroz, ma'lumot olish, badiiy va so`zlashuv uslubi, so`z va ibora 
Ma'lum voqelik aqida tasavvur (ma'lumot) beradigan bir yoki bir necha sintaktik 
birliklardan tashkil topgan nutqiy butunlik matn hisoblanadi. 
Matn og`zaki yoki yozma nutqqa xos bo`lishidan qat'iy nazar, ikki xil ko`rinishda 
bo`ladi: dialogik va monologik. Dialogik matn ikki va undan ortiq suhbatdoshninjg 
turlicha mazmundagi fikr-axborot almashinuvidan iborat. 
Ikki kishi o`rtasidagi dialogik nutq savol-javob, buyruq-javob, xabar-e'tiroz kabi 
mazmunlarni ifodalab, fikr xususidagi tasdiq yoki inkorni, ziddiyat yoki munozarani 
bildiradi. Ko`p kishilik dialoglarda suhbat mavzusi savol-javobdan iborat bo`lmay, 
o`rtaga tashlanmagan savol, taklif, davat, biror xabar, dalillar bilan hisoblanadi. 
Dialogik matn tarkibida so`roq olmoshlari, muomala odobiga oid so`z va iboralar, 
yuklamalar, undovlar, kirish so`zlar keng qo`llanadi. Bunday matndagi gaplar, asosan, 
sodda gaplardan tashkil topadi, sodda gaplarning bir tarkibli turlari, to`liqsiz gaplar, 
so`z-gaplar faol ishlatiladi. 
Dialogik matn so'zlashuv uslubi va badiiy uslubga xosdir.Dialogik matnning 
sintaktik qurilishi monologik matnga nisbatan sodda tuzilgan bo`ladi. Dialogik matn 
fikrlarning qisqaligi bilan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur 
narsalargina ifodalangan bo`ladi. Voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham 
dialogik matn monologik matndan ajralib turadi.
Yuqorida bayon etilgan ma'lumotlar asosida matnni tahlil eting. Tahlilda 
quyidagilarga e'tibor bering: 
- ushbu dialogik matn necha a'zoli; 
- matnda ifodalangan fikr; 
- matnni shakllantirgan leksik vositalar; 
- matn gaplarning tuzilishi 
- Shu, deyman, Toshpo`lat, sen menga mundoq xushomad qilsang-u Xolidaga 
uylansang nima bo`larkan? — deb hazillashdi Samad. — U mening jiyanim, sen mening 
do`stim, begonaga uzatgandan ko`ra… 
- Senga xudo bas kelsin, oshna, -dedi G`aybarov. — Esing joyidami yo meni uyingga 
kelmaydigan qilmoqchimisan? 
- Nega, qarindosh bo`lsak yomonmi? 
- Xolida hali yosh-ku?.. —Masuma bu gap og`zidan qanday chiqib ketganini payqamay 
qoldi. Labini tishladi. G`aybarovga zimdan razm soldi: yo`q, og`rinmadi, tusi o`sha-
o`sha… 


153 
- Hazil, -deb kuldi Samad. —Darvoqe, Toshpo`lat, ko`pdan beri so`ramoqchi bo`lib 
yuraman, haliyam Galatepaga ko`milishim shart, deb o`ylaysanmi? 
- Har holda, tug`ilgan joying…. (Murod Muhammad Do`st) 
Dialogik matnda asosan ikki va undan ortiq suhbatdoshning turlicha mavzuga doir
turlicha mazmundagi fikrlar va axborotlar almashinadi. Ikki kishi o`rtasidagi dialogik 
nutq savol-javob , buyruq —javob , xabar- etiroz kabi mazmunda bo`ladi. Dialogik 
matn tarkibida so`roq olmoshlari , muomala odobiga doir so`z va iboralar, yuklamalar , 
undovlar, kirish so`zlar keng qo`llaniladi. Bunday matnlardagi gaplar asosan sodda 
gaplardan tashkil topgan bo`ladi. Ular asosan sodda gaplarning bir tarkibli turlaridan, 
to`liqsiz gaplardan va so`z gaplardan tuzilgan bo`ladi. 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish