O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi Buxoro davlat universiteti



Download 1,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/169
Sana14.07.2022
Hajmi1,74 Mb.
#796686
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   169
Bog'liq
fayl 1839 20210916

Savollar va topshiriqlar

1. Pedagog so`zining lug`aviy manosi nima? 
2. G`arb mamlakatlarida o`qituvchilik kasbibining shakllanishi haqida nimalarni 
bilasiz? 
3. Sharqda o`qituvchilik kasbiga qanday etibor berilgan? 
4. O`qituvchilik kasbi mashaqqati haqida nimalar deya olasiz? 
5. Bugungi kunda O`zbekistonda o`qituvchilarga qanday imkoniyatlar yaratilgan? 
GRAMMATIKA: SOHA LUG`ATLARI. ULARDA TERMINLAR VA 
BIRIKMALARNING BERILISHI 
Reja: 
1.Soha lug`atlari haqida ma'lumot. 
2.Lug`atlarda terminlarning qo`llanishi. 
3.Birikmalarning soha lug`atlarida ifodalanishi. 
Tayanch tushunchalar:
lug`at, lug`at turlari, termin, erkin birikma, turg`un birikma, 
teminologiya, leksikografiya, so`z maqola, ensiklopedik lug`at, filologik lug`at. 
Leksikografiya — lotincha lexikos-so`z, grapho-chizmoq, yozmoq so`zlaridan 
olingan bo`lib, lug`at tuzish amaliyoti va nazariyasi bilan shug`ullanuvchi 
tilshunoslikning bo`limidir. So`zlarning ma'lum maqsadda to`plangan va tartibga 
solingan jamlanmasiga lug`at deyiladi. 
Leksikografiya nazariyasining predmeti lug`at tuzish tamoyillari va usullaridir. 
Leksikografiya amaliyoti — lug`at tuzuvchilarning ishini tashkil qilish, so`zlarni 
kartochkalarga tushirish, sistemaga solish va saqlashdan iborat. 
Leksikografiya nazariyasi - lug`at turlari, so`zlik tarkibi va so`z maqolasining 
tuzilishidan iborat. 
Tilshunosligimiz tarixida yaratilgan eng qadimgi lug`at namunasi Mahmud 
Koshg`ariyning “Devoni lug`atit turk” asari sanaladi. 1072-1074 —yillarda yaratilgan 


164 
ushbu asar ikki qismdan, yani muqaddima (bu qismda uni yozish uchun ko`p yillar 
davomida manba to`plangani haqida ma'lumot beriladi) va lug`at (asosiy qism — 
bunda 6000 dan ziyod turkiy so`zlarning manosini arab tilida izohlagan) qismidan 
iborat. 
Lug`atlar ikki turga ajratiladi: 
a) ensiklopedik(qomusiy) lug`atlar; b)filologik(lingvistik) lug`atlar. 
Ensiklopedik lug`atlarda turli xil tarixiy voqealar, tarixiy shaxslar, ilmiy 
tushunchalar va boshqalar o`z ifodasini topadi. Ensiklopedik lug`atlar ma'lum bir 
xalqning madaniy-ma'naviy, ilmiy-amaliy, siyosiy-iqtisodiy hayotiga doir barcha 
tushunchalarni qamrab oladi va bu tushunchalar unda o`z izohini topadi. 1971-1980-
yillarda 14 jildli O`zSE nashrdan chiqqan (ensiklopediyani tayyorlash ishida 14 
akademik,13 akademiyaning muxbir azosi, 88 fan doktori, professor, 539 fan 
nomzodlari qatnashgan. Unda 3350 ta maqola mavjud). 2000-2006 yillarda 12 jildli 
“O`zbekiston Milliy ensiklopediyasi” yaratildi. 
Filologik lug`atlar ma'lum bir tildagi so`zlarni o`z ichiga oladi. So`zlar muayyan 
tartibda (yo alifbo tarzida, yo mazmuniy guruhlar asosida) joylashtiriladi. Filologik 
lug`atlar izohli (tildagi so`zlarni izohlashga qaratilgan) va tarjima (muayyan tildagi 
so`zlarning ikkinchi tilga tarjimasini berishga qaratilgan) lug`atlarga bo`linadi. 
Ma'lum sohaga oid maxsus tushunchalarni mantiqan aniq ifodalash uchun 
qo`llanadigan so`z yoki so`z birkmalari yig`indisi terminologik (lot. terminus — 
“chegara”, logos - “fan” degani)15 leksika deb ataladi. Terminologik leksikaning 
birligi termin (yoki atama) deb yuritiladi. Har qanday termin malum bir terminlar 
tizimidagina termin hisoblanadi. Shu bilan u umumxalq leksikasiga mansub bo`lgan 
so`zdan farq qiladi.
Terminlar quyidagi xususiyatlarga ega: 
1) biror sohaga oid maxsus tushunchani ifodalaydi. Masalan, leksikologiya 
termini tilshunoslik sohasiga tegishli bo`lib, tilning lug`at boyligini o`rganadigan bo`lim 
tushunchasini ifodalaydi. 
2) bitta terminologik tizimda har doim bir manoli bo`ladi. Masalan, ot so`zi 
atama sifatida faqat so`z turkumi tushunchasini bildiradi (bu so`z “ism”, “hayvon”, 
“otmoq”, “ichmoq” manolaridagi so`zlar bilan omonim hisoblanadi).
3) ko`pincha tillararo xususiyatga ega bo`ladi. Masalan, lotin tilidan olingan 
respublika termini dunyodagi ko`pgina tillarda bir xil tushunchani ifodalaydi. 
15 А.А.Реформатский. Введение в языковедение. М., 1997, стр. 110.


165 
4) bir so`z bittadan ortiq sohaga tegishli termin bo`lishi mumkin. Masalan, 
valentlik termini kimyo hamda tilshunoslik fanlarida ishlatiladi. 
5) asosan ot turkumiga tegishli bo`ladi, boshqa turkumga tegishli bo`lsa, otga 
ko`chgan bo`ladi: sintaksis (ot), ishlab chiqarish (harakat nomi otga ko`chgan). 

Download 1,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish