O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaQ nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 3,06 Mb.
bet3/20
Sana11.02.2022
Hajmi3,06 Mb.
#442587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Gulmonova Mahbuba Kurs ishi 0000

Sagovniklar ajdodi— Cycadopsida
Barglari katta, oddiy turlarida patsimon, paporotnikning bargiga o’xshash, taraqqiy etgan turlarida butun nashtarsimon. Poyasining o’zagi va po’sti yaxshi taraqqiy etgan turlarida esa yog’ochlik mavjud. Urug’murtak (megasporangiy) bargsimon yoki har xil o’zgarishlarga uchragan megosporofillarda to’plangan. Megosporofillari yakka-yakka holda yoki to’p bo’lib qubba hosil qiladi. Bu ajdod 4 ta qabilaga bo’linadi.
Urug’li paporotniklar qabilasi — Pteridospermae

Bu qabila urug’li paporotniklarning devon davrida paydo bo’lib, karbon davrida ravnaq topgan eng qadimiy, hozirgi paytda faqat qazilma holida uchraydi. Paleobotanik maʼlumotlarda ko’rsatilishicha bular daraxtsimon o’simliklar bo’lib, patsimon qirqilgan murakkab bargli, tashqi ko’rinishiga ko’ra paporotniklarga o’xshash, faqat ulardan sporalarining har xilligi va urug’ining bo’lishi bilan farq qilgan.


Qabilaning tipik vakili Yevropa va Janubiy Аmerikada topilgan kalimmatoteka — Calimmaotheca bo’la oladi. Bu o’simlikni dastlab paleobotaniklar yanglish Leginodendron (Leginodendron) deb atab, uning poya, barg, ildiz va urug’ini har xil nomlar bilan ataganlar.
Аslida bu o’simliklarni qo’shimcha ildizlari, ingichka chirmashib o’sadigan poyasi, murakkab patsimon barglari bo’lgan. Yaxshi taraqqiy etgan poyasining ust tomonidan epidermis o’rab turgan. Uning ichki qismida mahkamlik tuqimalari va endodermadan iborat po’st, undan so’ng kolloteral o’tkazuvchi bog’lamlar, lub va kambiy joylash- gan. Kambiy hisobiga poya ikkilamchi o’sish imkoniga ega bo’lgan. Poyaning markazida o’zak joylashgan. Bargi polisad va labsimon tuqimalardan iborat bo’lib yosh davrida paporotnikning bargiga o’xshab o’ralib, gajak shaklini egallagan.
Makrosporofillarning spora saqlovchi qismi qalqonsimon shaklda bo’lib, uning ostki qismida sporali mikrosporangiylar joylashgan. Ularning boshlang’ich murtagi yalang’och urug’lilarning urug’iga o’xshash bo’lib, unda nutsellus qatlami, mikropile, chang kamerasi bo’lgan. Yetilgan megasporadan esa boshlang’ich endosperm, arxegoniy va tuxumhujayra shakllangan.
Chang nayi ularda aftidan bo’lmagan, mikrosporada vujudga kelgan erkaklik jinsiy hujayralari to’g’ridan-to’g’ri tuxumhujayrani urug’lantirgan. Bularda urug’murtak mahsus qoplovchi parda— kapsulaga ega bo’lgan urug’lanish natijasida vujudga kelgan zigotadan darxol sporofit nasl taraqqiy etgan. Unda murtakning bor yuqligi aniqlangan emas. Shunday ekan bularda hali mukammal urug’ shakllanib yetmagan. Urug’li paporotniklar boshlang’ich paporotniklardan kelib chiqqan bo’lsa kerak. Ulardan o’z navbatida sagovnik va bennetitlar singari ochiq urug’li o’simliklar vakillari kelib chiqqan deb tahmin qilinadi.
Bu ajdodga mansub turlar to'liq qirilib ketgan. Ular yuqori devon davrlarida paydo bo'lib, toshko'mir davrida Yer yuzasida keng tarqalgan, ayrimlari perm davrining oxirlarigacha o'sgan. Urug'li qiriqquloqlar daraxt, liana va o't o'simliklar bo'lgan. Barglari yirik, murakkab patsimon, hozirgi qiriqquloqlarning barglariga o'xshash bo'lgan. Xarakterli xususiyati ular urug' hosil qilgan, urug'lari yordamida ko'paygan. Biroq urug'lari juda sodda tuzilishga ega bo'lib, urug'murtagi bo'lmagan. Shuning uchun ayrim olimlar ularni urug'li o'simliklar emas, balki urug'kurtakli o'simliklar deb atashgan. Mikrosporangiylari tuzilishi jihatidan hozirgi qiriqquloqlamikiga o'xshash edi. Urug'li qiriqquloqlarning mikrosporalari kattaligi va tuzilishi jihatidan har xil bo'lgan. Urug'li qiriqquloqlarning poyasi dastlab protostel tipda bo'lib, keyinchalik sifonostcl tipga o'tgan. Poyasining o'zak qismi atrofida bir qancha o'tkazuvchi bog'lamlari va ikkilamchi ksilemasi bo'lgan.


Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish