O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaQ nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti


Bennetitlar ajdodi — Bennititales



Download 3,06 Mb.
bet5/20
Sana11.02.2022
Hajmi3,06 Mb.
#442587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Gulmonova Mahbuba Kurs ishi 0000

Bennetitlar ajdodi — Bennititales

Bennettitsimonlar asosan perm davriga oid qazilma o'simliklardir. Bo'r davrining oxirlarida, ya’ni 70 mln. yillar ilgari ular batamom qirilib ketgan. Bennettitlarning qoldiqlari O'zbekiston (Hisor tizmasi) dan ham topilgan. Ular tashqi ko'rinishidan hozirgi sagovniklarga o'xshash bo'lgan. Bennettitlarning poyasi tikka shoxlanmagan, ba’zilar ozroq shoxlangan, yo'g'on. Barglari ko'pchilik turlarida murakkab patsimon, ayrimlarida esa oddiy va butun. Poyasi o'zak va po'stloq qavati kuchli rivojlangan, yog'ochlik qismi esa kam taraqqiy etgan. Poyasida kambiy qavati va kollateral tipdagi o'tkazuvchi bog'lamlari bo'lgan. Bennettitsimonlar qarag'aytoifa bo'limining boshqa vakillaridan qubbasi (strobil)ning bo'lishi bilan farq qilgan. Qubbalaridagi bargchalari spiral shaklda o'rnashgan. Undan ichkarida qubbaning o'qiga halqasimon shaklda mikrosporofillar o'rnashgan. Mikrosporofillarida mikrosporangiylar bo'lgan. Mikrosporafillari qubbadagi tangachasimon (steril) barglari bilan navbatlashib joylashgan. Tangachasimon barglar bo'lg'usi gulqo'rg'on deb qaraladi. Megasporofillarda megasporangiy (urug'kurtak) taraqqiy etgan. Tangacha barglar urug'kurtakni o'rab olishi bilan muhim ahamiyat kasb etgan. Ularning megastrobili asosidagi o'qi yumshoq etdor bo'lgan. Bu etdor qavariq shakldagi asos urug'- o'rni deb qaraladi. Chunki uning qisqargan bandida bir qancha urug' joylashgan. Urug'lari kichik, ya’ni sholi doni kattaligida bo'lgan. Ta’kidlash joizki, urug'li qirqquloqlarning urug'ida murtak bo'lmagan, sagovniklarda esa urug'lar yerga to'kilgandan so'ng taraqqiyotining davomida urug'murtagi yetilgan. Bennettitlarda urug' pishgan paytda o'simlikning o'zida urug'ning murtagi to'q rivojlangan. Shuningdek, urug'i ikki palladan iborat bo'lib, urug'pallalarida zaxira moddalar to'plangan. Bennettitsimonlar ko'pincha ikkita: Villyamsoniyadoshlar (Williamsoniaceae) va Bennettitdoshlar (Bennettitaceae) oilasiga ajratiladi. Villyamsoniyadoshlar — oilaning nomi uning turlarini chuqur o'rgangan, angliyalik ota-o'g'il Villyamsonlar nomidan olingan. Bu turkumning Gigant Villyamsoniya (Williamsonia gigans) turi balandligi 2 metrgacha yctadigan shoxlanmagan, barglari murakkab patsimon, qubbalari ayrim jinsli butadan iborat bo'lgan. Novdalari ayrisimon shoxlangan bo'lib, unda qalami, butun barglari spiralsimon o'rnashgan. Qubbasi ikki jinsli va uzunchoq bandli bo'lgan. Villyamsoniyalar deyarli hamma kontinentlarda topilgan. Bennettitdoshlar oilasi (Bennettitaceae) vakillari asosan quruq, issiq iqlimli joylarda o'sgan. Poyasi yo'g'on va qisqa (1 m gacha) shoxlanmagan bo'lib, patsimon murakkab barglari poyasining uchida rivojlangan. Qubbalari (strobili) poyasining yonlarida o'rnashgan. Bennettitlarning qoldiqlari (Cycadioidea) Shimoliy Amerika, G'arbiy Ycvropa, Mongoliya, Hindiston, Yaponiya va O'zbekistondan, toshga aylangan poyasi esa Italiyadan topilgan. XX asrning boshlarida amerikalik olim D. Uiland uning strobilini rekonstruksiya qilib, qadimgi gulli o'simliklarning guliga o'xshashligini ko'rsatgan. Shunday qilib, bcnnettitlar qubbasining tuzilishiga asoslanib, angliyalik paleobotaniklar Arber va Parkinlar bennettitlarning 2 jinsli qubbalaridan gulning kelib chiqishi haqidagi o'zlarining strobilyar (chingul) nazariyasini yaratganlar. Xulosa qilib aytganda, benncttitlar gulli o'simliklarning eng yaqin ajdodlaridan hisoblanadi.
Bu ajdodga mansub o’simliklar faqat qazilma holda uchraydi. Ular yuqori va quyi bo’r davrida keng tarqalgan, hozirgi kunda faqat qazilma xolda uchraydi. Аksariyat qismi daraxt shaklida, tashki ko’rinishi va vegetative organlarining tuzilishi jihatidan sagovniklarga yaqin bo’lgan.
Bennetit bir uyli o’simlik. Uning ko’payish organi hisoblanmish ikki jinsli qubba, ko’pchilik botaniklar tomonidan oddiy gul sifatida qabul qilinadi. Qubbaning uzunligi — 14 sm, eni — 8 sm gacha. Qubba tubida gul barglariga o‘xshash parsimon qirqilgan barglar spiral joylashgan. Uning ichki qismida aylana bo’ylab, ost (tub) qismi bilan birlashgan patsimon qirqilgan mikrosporofil joylashgan (changi) bo’lib, yon barglarida changdonlar mavjud. Qubbaning konussimon shakldagi uch qismida, shuningdek aylana shaklida uzun bandli megasporofillar joylashgan . Megasporofilda boshlang’ich urug’murtak joylashgan bo’lib, uning chang yo’li ochiq holda bo’ladi. Urug’murtaklar orasida qipiqsimon steril urug’murtakni o’rab va barglarni bir biridan ajratib turadigan barglar joylashgan. Shamol yordamida changlangan degan tahminlar bor. Urug’lanishdan so’ng urug’murtakdan urug’ vujudga kelgan. Uning endospermi ikki pallali o’simliklarning murtagi singari boshqa urug’li o’simliklarda uchramaydigan ikki palladan iborat bulgan.
Urug’ning bunday tuzilishi o’simliklar olami taraqqiyotida faqat gulli o’simliklarning bir qismida uchraydigan hodisa hisoblanadi.
Shunday qilib, qubbasining va urug’ining tuzilishiga ko’ra bennetitlar o’simliklar olamining tarixiy taraqqiyotida ochiq urug’li va gulli o’simliklar orasida oraliq guruh hisoblangan.






Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish