3-rasm.Kordait.
1-kordoitning umumiy ko’rinishi.
2-novdasi ;a-barglari.w-qubbalar to’plami.вп-vegetativ kurtak.
Ginkgolar qabilasi— Ginkgoales
Bu qabila vakillari dastlab quyi perm davrida paydo bo’lib, yura davrida ravnaq topgan va yer yuzining ko’p qismi, ayniqsa uning shimolida keng tarqalgan va aksariyat qismi tashqi sharoitlarning keskin o’zgarishi natijasida o’lib ketgan. Ginkgolarning yer yuzida keng tarqalgan 20 dan ortiq turidan hozirgi kunda faqat bir turi — ikki bo’lmali ginkgo - Ginkgo biloba yovvoyi xolda Xitoyda o’sishi aniqlangan. Bu daraxt XI asrdan boshlab Xitoy va Yaponiyada xosiyatli o’simlik sifatida diniy madrasalar qoshida o’stirilgan, XVII asrda Yevropaga keltirilgan.
Bu ajdodga o'tmishdan saqlanib kelayotgan bitta oila (Ginkgodoshlar — Ginkgoaceae) ga mansub bitta monotip relikt tur (Ginkgo biloba) kiradi. Ginkgodoshlar oilasining 17 ga yaqin turkumlarining vakillari qazilma holda topilgan. Ular orasida eng qadimgisi —sfcnobayeralar bo'lib, perm davriga oid qatlamlardan topilgan. Ginkgodoshlar bo'r davridan boshlab tabiatda kamayib borgan.
Tabiiy sharoitda ginkgo faqat Sharqiy Xitoyning Tyan-mu Shan tog'ida ozroq maydonda saqlanib qolgan. So'nggi paytlarda Xitoydan ginkgoning ikkinchi turi topilganligi haqida ma’lumotlar bor. Ginkgo so'zi yapon tilidan olingan bo'lib, „kumushrang o'rik" yoki „kumushrang meva" degan ma’noni anglatadi. Yaponiya, Xitoy, Koreyada muqaddas daraxt sifatida ziyoratgoh joylarda, xiyobonlarda o'stirilgan. 1730- yillarda u G'arbiy Yevropaga, 1780- yillardan keyin esa Shimoliy Amerikaga keltirilgan.1771- yilda K.Linncy bu o'simlikka Ginkgo biloba L. deb ilmiy nom bergan. Ko'p mamlakatlarda, shu jumladan O'zbekistonda ham 1920- yildan boshlab manzarali o'simlik sifatida o'stiriladi. Dastlab Samarqandga 1870- yillarda keltirilgan.
Ginkgo biloba — balandligi 30 metrdan oshadigan, qishda bargini to'kadigan siyrak shox-shabbali daraxt. Barglari oddiy, uzun bandli, yaprog'i yelpig'ichsimon, ikki bo'lakli. Uning poyasi sirt tomonidan to’q kulrang po’st bilan qoplangan. Poyasining ichki tuzilishi qubbalilar poyasining ichki tuzilishiga o’xshash. Po’sti yupqa, o’zak va ikkilamchi yog’ochlik yaxshi taraqqiy etgan. Novdalari ikki xil, siyrak bargli uzun va barglari g’uj bog’lam-bog’lam bo’lib joylashgan qisqargan novdalar.
Barglari o’ziga xos tuzilishli, bandli, uchburchaksimon, uchi ikki bo’lmaga ajralgan, barg tomirlari dixotomik joylashgan, qishda to’kiladi. Ginkgo ikki uyli o’simlik sporofillari qisqargan novdalarda to’plangan. Mikrosporofillari to’pgulga o’xshash to’p-to’p bo’lib joylashgan. Megosporofillari uzun bandli odatda ikki megasporangiyli, ularni megasporofil qoldiqlari o’rab turadi. Changlanishi shamol yordamida. Mikrosporaning o’sishi,
urug’lanishi va urug’ining shakllanishi sagovniklarga o’xshash. Lekin ko’p xivchinli spermatozoidlari bularda sagovniklarnikiga nisbatan ancha kichik. Ginkgoning ignabargli daraxtlardan farqi shundaki, unda smola hosil bo'lmaydi.
Ginkgo — ikki uyli o'simlik. Qulay sharoitda ginkgo 20—30 yoshlarida chang yoki urug' bera boshlaydi. Ginkgolarda mikrostrobil va megastrobil qubbalar qisqargan shoxlarda joylashgan.
Mikrostrobillari sirg'asimon, uning uchida mikrosporofillar spiral holda joylashgan.
Mikrosporofillari qisqa bandli, har bittasida 2 ta, ba’zan 3—4 ta mikrosporangiy (changdonlar) joylashgan. Mikrospoiangiylaida hosil bo'ladigan mikrosporalar (changlar) sagovniklarning mikrosporasiga o'xshaydi. Mikrosporaning o'sib, spcrmiyli gamctofitga aylanishi mikrosporangiydan ajralib chiqmasdan awal uning ichida boradi. Tayyor mikrospora shamol yordamida tarqalib urug'kurtakka tushadi. Mikrospora bahorda urug'kurtakning chang kamcrasiga tushgandan so'ng undan ikkita harakatchan spermatozoid hosil bo'ladi. Spermatozoid tuxum hujayrani urug'lantirgandan so'ng zigota, undan keyin murtak hosil bo'ladi. Urug'kurtakning integumentidan urug' po'sti hosil bo'lib, uning tashqipo'sti yumshoq ctli qavatga aylanadi. Urug’ murtagining taraqqiyoti ko'pincha urug' yerga to'kilgandan so'ng boradi. Bu jihatdan ginkgolar ham sagovniklarning taraqqiyotiga o'xshab ketadi. Ginkgoning urug'ida tinim davri bo'lmaydi.Ginkgolar uzoq umr ko'ruvchi daraxtlardan hisoblanadi. Xitoy, Koreya va Yaponiyada 1000 yoshdan ortiq tuplari bor.
Ginkgo urug'i yordamida va qalamchasidan ko'payadi. Ginkgo havosi ifloslangan joylarda ham bcmalol o'savcradi va kasalliklarga chidamli. Shuning uchun uni manzarali o'simlik sifatida o'stirish maqsadga muvofiq. Urug'ining tashqi yumshoq etli qavati iste’mol qilinadi. Filogenetik jihatdan ular kordaitlarga ancha yaqin turadi.
4-rasm.Gingkobilobaning umumiy ko’rinishi.
1-erkak guli qisqargan novda; 2-mikrosporifillar ; 3-urug’ochi gulli qisqargan novda; 4-alohida gul mmto’plami; 5-urug’ murtagining ko’ndalang kesimi; 6-pishgan urug’; 7- urug’ murtagining uch qismi.
Urug’lanishdan so’ng vujudga kelgan urug’ning sirt qismi yumshoq va shirali ichki qatlamlari yupqa va qattiq bo’ladi. Tashqi ko’rinishiga ko’ra ginkgoning urug’i olxo’rinikiga bir qadar o’xshash. Uning yumshoq, qismi ovqatga ishlatiladi.
Urug’ ichida ikki pallali va endospermli urug’murtagi joylashgan. Urug’ pallalari unib chiqish jarayonida yer bag’rida qoladi. Ginkgolarning kelib chiqishini kordaitlarga bog’lashadi. Lekin bu ikki qabila parallel ravishda urug’li paporotniklardan kelib chiqqan degan fikrlar ham bor.
Ginkgoning xo’jalik ahamiyatiga kelganda u asosan manzarali o’simlik. Uning shu xususiyatini inobatga olib, Ukraina, Kavkaz va boshqa issiq iqlimli nam o’lkalarda shaxarlarni ko’kalamzorlashtirishda foydalanadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |