Sarvdoshlar oilasi — Cupressaceae. Bu oilaga 20 turkumga mansub 145 o’simlik turi yer yuzining Аntarktidadan tashqari deyarli hamma qitʼalarida tarqalgan. Ular uncha baland bo’lmagan daraxt o’simliklari bo’lib, smola yo’llari yo’q. Lekin mahsus hujayralarida smola va efir moylari to’planadi. Shu sababli o’simlik o’ziga xos hid tarqatadi. Barglari ko’p yillik, ignasimon yoki qipiqsimon, qarama-qarshi yoki mutovka shaklida joylashgan. Uning aksariyat qismi bir uyli, erkak qubbalar yakka-yakka xolda joylashgan. Mikrosporofilari qipiqsimon, uning ost tomonida 2—6 mikrosporangiylar joylashgan. Mikrosporalarida havo yo’llari yo’q. Urg’ochi qubbalarida yopg’ich va urug’barglari birlashgan. Boshlang’ich urug’murtagi to’g’ri egilmagan 1 dan 12 ga qadar. Boshlang’ich urug’murtaklari ko’p sonli (ayrim xollarda 200 taga qadar) to’p bo’lib joylashgan. Bu oila vakillarini urg’ochi qubbasining tuzilishiga qarab uch kenja oilaga bo’lish tavsiya qilinadi. Bu kenja oilalar Sarvlar (Cupressaideae), archalar (Luniperideae), tuyalar (Thujoideae). Sarv turkumiga 15 ga yaqin daraxt o’simliklari mansub bo’lib, shimoliy yarim sharlarning tropik o’lkalarida keng tarqalgan. Ular piramida shaklidagi daraxt, bargi qipiqsimon tuzilishli, efir moyli. Urg’ochi qubbasi mutovka shaklida joylashgan besh qirrali qipiqsimon, ko’p urug’li, pishgandan so’ng urug’barglarga ajaraladi. Urug’i ikki yilda yetiladi. Sarvning keng tarqalgan turlaridan biri doimiy yashil pirmidal sarv (C. piramidalis) bo’lib, uning balandligi 30 metr, 2000 yilgacha umr ko’radi, yog’ochi qo’ng’ir-qizg’ish rangda, duradgorlikda keng qo’llaniladi. Bu o’simlik Qora dengiz soxilida, xususan Qrim va Kavkazda madaniylashtirilgan. Qrimda Аmerikadan keltirilgan Аrizon (C. arisomica) va Luzitan sarvlari (C. Lusitanica) ayniqsa keng tarqalgan. Аrchalar kenja oila (Juniperidaceae) ning faqat Аrcha (Juniperus) turkumi mavjud bo’lib, uning 70 ga yaqin turi yer yuzining shimoliy yarim sharlaridan subtropik o’lkalarga qadar tarqalgan. Xamdo’stlik mamlakaglarida archaning 31 turi o’sadi. Ular uncha katta bo’lmagan daraxt
bo’lib, bargi igna yoki qipiqsimon 3 tadan halqa shaklida joylashadi. Аrcha ikki uyli o’simlik. Mikrostrobillar (erkak qubba) barg qo’ltig’ida, yozgi novda uchida joylashgan. Megastrobillari (urg’ochi qubba) qisqargan novdalar uchida, barg qultig’ida joylashgan.
Uning ostki barglari orasida mevasiz (puch), ustki uchta qipiqsimon meva bargida uchtadan boshlang’ich urug’murtak joylashgan. Pishib yetilgan paytda qubba barglari bir-biri bilan birlashib, meva shaklidagi qubbaga aylanadi. Uning ichida bir necha ypyg’ yetiladi. Qubba ikkinchi yilda pishadi. O’rta Osiyoda archaning uch turi keng tarkalgan.
Turkumning Savr archasi, Zarafshon archasini O’rta Osiyo xalqlari qadim zamonlardan beri pistako’mir olish uchun ishlatganlar. Shu bilan birga bu o’simlikning yog’ochi qurilish materiallari va uy-ruzg’or asboblari yasashda qullanilgan. Аrcha Uzbekistonda muxofaza qilinadigan o’simliklardan hisoblanadi.
Kiparis (Cuprcssus) turkumi 15—20 ta turga ega. Ular O'rtayer dengizi atrofida Himolay, Janubiy Xitoy va Amerikada tarqalgan. Ayrim turlari O'zbekistonda ham manzarali o'simlik sifatida o'stirilmoqda.
Tuya (Thuja) turkumi bir uyli daraxt, butalar bo'lib, 6 turga ega. Shulardan sharq tuyasi (Thuja orientalis) asosan Xitoyda tarqalgan. Manbalarda ko'rsatilishicha, sharq tuyasi—sarv O'rta Osiyoda islom diniga qadar ham muqaddas daraxt sifatida o'stirilgan.
Archa (Junipcrus) turkumiga 14 ta tur kiradi. Shundan 3 ta turi:Zarafshon archasi (J.zcravschanica), Yarimsharsimon (J. scmiglobosa) va Turkiston archasi (J. turkestanica) O'zbekistonning tog'li hududlarida tarqalgan. Bundan tashqari, Virgin archasi (J.virginiana) manzarali o'simlik sifatida respublikamiz shaharlarida o'stirildmoqda. Archalar ikki uyli, ayrimlari bir uyli o'simliklardir. Ularda changchi qubbalari kichik bo'lib, mikrosporofillarida 2—6 ta mikrosporangiylar hosil bo'ladi.Bir yil daraxtda bo‘lib, ikkinchi yilning bahorida pishib yetiladi va changlari (mikrosporalar) atrofga tarqaladi.
Urug'chi qubbalari qisqargan novdalarning qo‘ltig‘ida kuzda hosil bo'ladi. Ular dastlab vegetativ kurtaklarga o'xshash bo'lib, ikkinchi yili bahorda kattalashib, ularda qubbalar yetiladi. Urug'lanishdan keyin yumshoq etli urug'chi qubbalarda urug' hosil bo'ladi. Urug'i ko'pincha ikkinchi yili yetiladi.
Archalar tog'li tumanlarda eroziyaga qarshi muhim ahamiyat kasb etadi. Ular o'zidan fitonsid ajratish bilan havoni mikroblardan tozalaydi. Ulardagi efir moylari ham muhim ahamiyatga ega. Archalar qurilish uchun xomashyo, manzarali o'simliklar sifatida ham katta ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: |