Qarag’aylar turkumi — Pinus. Bu turkumning 100 ga yaqin turi shimoliy yarim sharlarning o’rta iqlimli viloyatlarida keng tarqalgan. Subtropik iqlimli mintaqada qarag’ay turlari asosan tog’li o’lkalarda kuzatiladi. Uning ayrim turlari tropik o’lkalarda ham o’sadi. Qarag’ay o’z arealida sof va qisman aralash o’rmonlar hosil qiladi. Qarag’ay doimiy yashil daraxt. Yosh qarag’ay daraxti piramida, keksayganlari esa aylana yoki ko’pincha soyabon shaklida bo’ladi.
Poyasida yelim yo’llari mavjud. Qubbasi kichkina, uzun, 3—6 yilga qadar umr ko’radi. Changchi qubbalari yillik novdalar tubida g’uj bo’lib joylashgan. Uning ustunchasiga mikrosporofillar qisqa band bilan birlashadi. Mikrosporofilning ost tomonida ikkita mikrosporangiy joylashgan. Mikrosporasida ikkita havo qopchig’i mavjud.
Urug’chi qubbalar novdalarining uchidan o’rin olgan. Yetilgan qubbalarning urug’ qipiqlari yog’ochlangan va bir-biriga zich bo’lib joylashgan. Urug’ qipiklarining ust tomonida ikkitadan urug’murtagi bor. Urug’i qanotli. Mazkur turkumning, oddiy qarag’ay (P. silvestris) va Sibir qarag’ayi (T. sibirica) singari turlari keng tarqalgan. Oddiy qarag’ay, uning areali juda keng, butun o’rta va shimoliy Yevropadan Shimoliy Osiyoga qadar egallaydi. U muhit sharoitini deyarli tanlamaydi. Janubda ko’pincha tog’li zonalarda, qumloq va daryo sohillarida, botqoqliklarda o’rmon hosil qilgan xolda o’sadi. Oddiy qarag’ay yorug’sevar. Uning poyasi tik o’sadi, balandligi 20—40 m. Po’stlog’I qizg’ish-qo’ng’ir.
Qubbalari qisqargan novdalarda ikkitadan joylashgan, ko’kimtir, novdada
uch yilga qadar saqlanadi. Urug’i yordamida ko’payadi. Ularning aksariyat qismi ikki uyli qubbasi mikrosporofil yoki megasporofillar to’plamidan shakllangan
Mikrosporofillari ko’pincha qalqonsimon yoki qipiqsimon shaklda bo’lib, uning ostida 2 yoki undan ortiq chang xaltasi (mikrosporangiy) joylashgan bo’ladi. Chang xaltasi yopiq urug’li o’simliklarning changdoniga o’xshash bo’lib, xaltaning sirt qismi (kojitsa), undan so’ng fibrioz (tolalar) qatlami, keyingisi esa ingichka hujayralar tizmasi va nihoyat arxisporiy joylashgan. Аrxesporiy hujayralarining reduktsion bo’linishi natijasida son-sanoqsiz gaploid mikrosporalar vujudga keladi. Mikrospora hujayrasi ekzina (sirtki) va intina (ichki) dan iborat po’st bilan qoplangan. Аyrim xollarda bu ikki qatlam orasida, sporaning uchib yurishi uchun yerdan boradigan havo bilan to’la bo’shlik ham bo’ladi. Mikrosporaning bo’linishi natijasida chang shakllanadi. O’sayotgan changing vegetativ hujayralaridan spermagen hujayra vujudga keladi. Spermagen hujayradan ikkita xivchinsiz spermiy, vegetativ hujayradan esa changing o’sishi davomida chang nayi shakllanadi.
Megasporofillar qubba shaklida, qubba markazida uzun o’q. Bu o’q atrofida yopqich qipiqlar, qultig’ida urug’ qipig’i joylashgan, shu urug’ qipiklarining ust tomonida megasporangiy — urug’murtak joylashgan bo’ladi. Mikropile ostida joylashgan chang xaltasi yaxshi taraqqiy etmagan. Nutsellusda odatdagidek, ancha katta megaspore taraqqiy etib, urg’ochi gametofit—birlamchi endosperm, unda esa bir qadar reduktsiyalangan ikkita arxesporiy vujudga keladi. Birlamchi endosperm yaxshi taraqqiy etgan bo’lib, keyinchalik o’sayotgan urug’murtak uchun oziq sifatida ishlatiladi. Shamol yordamida uchib kelib, urug’murtakka qo’ngan chang o’sib, chang nayini hosil qiladi va arxegoniyga qadar uzayib, generativ hujayradan hosil bo’lgan ikkita spermiydan biri tuxumhujayra bilan qo’shiladi. Ikkinchisi nobud bo’ladi. Urug’langan tuxum hujayra bo’lina boshlaydi, undan boshlang’ich barg, poya va ildizga ega bo’lgan murtak shakllanadi. Urug’murtak urug’ga aylanadi, uning ustki qatlami urug’ po’stini hosil qiladi.
Changlanishdan urug’lanishga qadar ancha vakt o’tadi, qarag’ay urug’i faqat ikkinchi yilda to’liq pishib yetiladi, qubbalari chuziq-tuxumsimon. Urug’i qanotli, kuzga yaqin pishib yetiladi. Oddiy qarag’ayning yog’ochi qurilishda, mebellar tayyorlashda, kemasozlik, vagonsozlik, aviatsiya sanoatida ishlatiladi. Bu turkumning Sibirda Sibir qarag’ayi, Karpatda va Аlp tog’larida Yevropa qarag’ayi, Qrim va G’arbiy Kavkazda Kavkaz qarag’ayi, Gruziyada Eldar qarag’ayi va boshqa turlari tarqalgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |