Qizilchanamolar qabilasi — Ephedrales
Bu qabila bitta — Qizilchadoshlar (Ephedraceae) oilasi va bitta Qizilcha (Ephedra) lurkumidan iborat. Bu turkumning Yer sharida (ayniqsa, Yevrosiyo va Amerikada) 40 dan ziyod turi tarqalgan bo'lib, O‘zbekistonda 10 ta turi o'sadi. Ularga asosan buta va balandligi 6—8 m ga yetadigan ayrim daraxtlar kiradi. Mazkur oilaning tipik vakili Qizilcha (Ephedru sp.) O’rta yer dengizi floristik viloyatining dasht va saxrolarida, xususan janubiy Osiyo, Shimoliy va Janubiy Аmerikada, Hindiston va Xitoyda tarqalgan. Ular tashqi ko’rinishiga ko’ra, qirqbo’g’imlilarga o’xshash buta o’simlikdir. Efedraning tanasi bug’im va bug’im oraliqlariga aniq ajralgan.
Barglari poyada qarama-qarshi yoki halka bo’lib joylashgan, ikki uyli o’simlik. Mikrostrobillari ayrim xollarda boshoqcha shaklida to’p-to’p bo’lib joylashgan, ost tomonida 8 juft qipiqsimon barglari bor. Barglari poyada qarama-qarshi yoki halka bo’lib joylashgan, ikki uyli. Barg qo’ltig’ida ikki bargli «gul qo’rg’onidan» iborat mikrosifofil (changchi)lari joylashgan. Poyasi bo'g'imli, barglari tangachasimon, qarama-qarshi yoki halqasimon o'rnashgan. Novdalari serqirra, yashil, fotosintez vazifasini o'taydi. Qizilchaning strobili (qubbalari) bir jinsli va ko'pincha ikki uyli. Ba’zan bir uyli butalari ham uchraydi. Yashil shoxchalarining bo'g'imlaridagi barglarning qo'ltiqlarida 2—3 tadan, ba’zan 4 tadan mikrosporofillar joylashgan. Har bir mikrostrobil 2 tadan to 8 juftgacha qarama-qarshi o'rnashgan tangachasimon qoplagich bargchalariga ega. Changchi qubbasida 2—8 tagacha mikrosporangiylar hosil bo'ladi. Mikrosporalar yetilganda mikrosporangiy xonachalari ochilib, changchilar to'kiladi; urug'kurtakli qubbalar (monostrobil) ham xuddi changchi qubbalar singari yashil shoxchalarning bo'g'imidagi barglarning qo'ltiqlarida 2—4 tadan joylashgan. Har bir urug'kurtakli qubbada 1 tadan urug'kurtak hosil bo'ladi. Urug'kurtak yetilgan paytda uning ichki qismida qadahsimon chang uyachasi hosil bo'ladi va unga shamol yordamida chang kelib tushadi. Unda hosil bo'lgan spermiylardan biri gametofitda joylashgan 2 ta arxegoniydan bittasining tuxum hujayrasini urug'lantirib, undan keyinchalik urug' taraqqiy etadi. Urug' pishgandan so'ng qubbani o'rab turuvchi 4 ta tangasimon barglar o'ziga shira to'plab, qizil, sarg'ish, zarg'aldoq rangdagi yumshoq etli „meva" ga aylanadi. Shuning uchun u qizilcha deb ataladi.
Megastrobillari ham boshoqcha shaklida, ost tomonida qipiqsimon qoplama barglari bor, uning ustida esa yopqich barglar bilan yarim yopiq xolda joylashgan bitta urug’murtak mavjud. Qoplama barg ikki qavat, uning ichkisi naysimon uzun tortgan, shamol yordamida tarqaladigan changni tutib olishga moslashgan. Nutsellus ichida boshlang’ich endosperm va ikkita arxegoniy joylashgan.
Qizilchalar xalq xo'jaligida muhim ahamiyatga ega. Jumladan, E.equisetina, E.intermedia nomli turlaridan tabobatda yurak xastaliklari va astmaga qarshi dorilar tayyorlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |