O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi berdaQ nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti



Download 3,06 Mb.
bet4/20
Sana11.02.2022
Hajmi3,06 Mb.
#442587
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Bog'liq
Gulmonova Mahbuba Kurs ishi 0000

Sagovniklar qabilasi — Cycadales

Bu qabila faqat sagovnikdoshlar — Cycadaceae oilasi, uning o’nga yaqin turkumiga mansub 100 ga yaqin turi maʼlum. Oilaning barcha turlari tropik mintaqada xususan sikas (Cycas) va zamiya (Zamia) Madagaskar, sharqiy Osiyo, shimoliy sharqiy Аvstraliyada Tropik Аfrikada tarqalgan.


Ajdod nomi sagovnik turkumidan olingan bo'lib, sagovnik yoki sikas (Cycas) yunoncha kukas — palma degan ma’noni bildiradi. Sagovniklar Ycvropa va Antarktidadan tashqari boshqa hamma kontincntlarda tarqalgan. Sagovniklar tabiatda keng tarqalmagan. Ular yakka-yakka holda yoki kichik guruhlar hosil qilib o'sadi. Sagovniklarning ayrim turlari o'rmonlarda o'ssa, masalan, Avstraliyada cvkalipt o'rmonlari orasida yoki Amerikada doim yashil eman o'rmonlarida, ayrim turlari esa ochiq joylarda Afrika savannalarida akatsiyalar bilan birgalikda uchraydi. Sagovniklarning tropik va subtropik hududlarda tarqalgan turlari eng qadimgi turlari sanaladi. Ular mezozoy erasida keng tarqalgan va bizning davrimizgacha yetib kelgan.Keyingi ma’lumotlarda sagovniklar quyi karbonda paydo bo'lib, kelib chiqishi jihatidan urug'li qirqquloqlar bilan bog'liq deb ko'rsatiladi. Sagovniklar hayotiy shakliga ko'ra asosan daraxt va butalardan iborat, lekin poyasi to'liq yer ostida yoki tanasining bir qismigina yer ustida joylashgan turlari ham bor. Yer ustida esa asosan barglari joylashgan. Ba’zi birlarida yer usti poyalari tugunaksimon shaklda bo'ladi. Zamiya turkumining ikki turi epifit holida o'sadi. Turkumning Kuba orolida o'suvchi turi poyasining bo'yi 3 sm, diametri 2 sm. Sagovniklarning poyasining uchida joylashgan patsimon barglari urug'li qirqquloqlar barglariga o'xshab ketadi. Sagovniklarning barglari ham har xil. Masalan, pakana zamiyalarning bargi 5-6 sm uzunlikda bo'lsa, sagovnik va serotozamiya turkumlarining vakillarida 3 metrgacha, cnscfalyartos turkumining ayrim vakillarida esa 5-6 metrgacha yetadi. Sagovniklarning barglari kseromorf tuzilishga ega. Ular qalin, qattiq kutikula bilan qoplangan. Barg mczofili yaxshi taraqqiy etgan. Sagovniklar shoxlanmaydigan daraxtsimon o’simliklar bo’lib, ayrim xollarda ularning balandligi 20—25m ga qadar yetadi, ayrimlarining poyasi esa ildiz mevaga o’xshash, deyarli butun tanasi yer bag’rida joylashgan bo’ladi. Barglar taram-taram bo’lib, poyaning uchida joylashgan. Ko’pincha juda uzun qattik bo’lib har yili almashinib turadi. Poyada almashingan barglarning o’rni qoladi. Deyarli hamma paporotniklarda qubbalar bo’lib, ular markaziy o’q va uning atrofida aylana hosil qilib o’rnashgan mikro va makrosporofillardan iborat. Faqat sikas turkumiga mansub o’simliklarning qubbasi bo’lmaydi. Odatda sagovniklarning qubbasi juda katta bo’lib, uning uzunligi 1metrga, og’irligi esa 40 kilogrammga qadar yetadi. Ularning hammasi ikki uyli. Mikrosporofillari uch qirrali qalkonsimon va boshqa shakllarda bo’lib, erkak qubbalarda joylashgan. Mikrosporofillar ichida son-sanoqsiz sporali ko’p sonli mikrosporagoniylar mavjud. Yetilgan mikrospora uchta: 1) urug’murtak, 2) ikkita spermatozoid hosil bo’ladigan anteridiy, 3) keyinchalik chang nayi hosil bo’ladigan vegetativ hujayralardan iborat.
Sagovniklarning spermatozoidlari ko’p xivchinli ancha katta, (0,3mm ga qadar) hatto oddiy qurollanmagan ko’z bilan ko’rish mumkin.
Sikas turkumiga ta’lluqli o’simliklarni megasporofillari patsimon tuzilishga ega, bargning xar ikkala tomonida 2 tadan 6 tagacha urug’murtak bo’ladi. Vegetativ barglardan ular ancha kichikligi va rangining yashil bulmaganligi bilan farq qiladi. Sagovniklarning sikas turkumidan boshqa hamma vakillarida urg’ochi qubba hosil bo’ladi. Qubbada joylashgan megasporofillarning ost tomonida ikkitadan urug’murtak joylashgan. Uning tuzilishi quyidagicha: sirt tomonidan uch qavat integument joylashgan, uning eng ustki va ostki qatlami etli, uchinchi qatlam toshsimon. Ichkarida nutsellus (magasporangiy), yuqori tomonda, mikropile ostida bo’shliq chang kamerasi bor. Nutsellusda reduksion bo’linish yo’li bilan ancha katta megaspore taraqqiy etadi. Megasporadan mitoz yo’li bilan endosperm va ko’pincha ikkita arxegoniy vujudga keladi.
Chang shamol yordamida urug’murtakka qo’nadi, mikropile orqali o’tib, urug’murtak ichiga, chang kamerasiga kiradi va o’saboshlaydi. Uning vegetative hujayrasida spermatozoidning o’tishi uchun xizmat qiladigan chang nayi vujudga keladi. Аnteridial hujayradan spermagen hujayra va uning bandi hosil bo’ladi. Spermagen hujayradan endosperm kamerasi tomon aktiv harakat qiladigan ikkita spermatozoid hosil bo’ladi. Bu ikkala spermatozoid chang kamerasi suyuqligida ma’lum vaqt suzib yurib, ularning biri tuxumhujayrasini urug’lantiradi, ikkinchisi nobud bo’ladi. Urug’lanish natijasida vujudga kelgan zigota o’saboshlaydi va undan odatda ikki urug’ pallali urug’murtak shakllanadi.
Sagovniklarning pishib yetilgan urug’i odatda mevaga o’xshash har xil (qizil, pushti va boshqa) rangli etli, shirali, yumshoq bo’ladi. Urug’pallaning ichki etli yumshoq qatlami urug’murtakni oziqlanishi uchun sarflanadi. Sagovniklarning xo’jalik ahamiyati u qadar katta emas. Poyasining o’zagidan janubiy sharqiy Аfrikada «sago» deb ataladigan kraxmal olinadi. Bir qancha turlari manzarali o’simlik sifatida oranjereyalarda ko’paytiriladi.


1-rasm.Sagovnikning umumiy ko’rinishi.




Download 3,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish