www.arxiv.uz
Reja:
1. Generativ organlarning kelib chiqishi.
2. Gulning tuzilishi.
3. To`pgullar va ularning klassifikatsiyasi.
4. Changlanish jarayoni.
5. Urug`lanish jarayoni.
1. Generativ organlarning vazifasi o`simliklarni jinsiy ko`payishiga xizmat qilishdir. Evolyutsiyaning dastlabki bosqichlarida generativ organlar vazifasini bir xujayrali gameta bajargan bo`lsa yuksak o`simliklargacha ma`lum evalyutsion bosqich bosib o`tilgan. Kanyugatlar, diatom suv o`tlari, bazidiyaali zamburug`larda jinsiy ko`payish organi yo`q. Saprolegniya zamburug`ida ogoniy va anteridiy hosil bo`lgan bo`lsa, xaltachali zamburug`lar, lishayniklarda arxegoniy hosil bo`ladi. Moxsimonlarda, paporotniklarda jinsiy ko`payishga xizmat qiluvchi arxegoniy va anteridiy hosil bo`lgan.
Gul yuksak o`simliklar uchun xos bo`lib evalyutsion taraqqiyotning sungi bosqichida vujudga kelgan. Gul - shakli o`zgargan, o`sishi chegaralangan spora hosil qilishga xizmat qiladigan organ hisoblanadi. Gulning taraqqiyoti natijasida changlanish jarayonidan keyin otalanish natijasida tuxum xujayrasi rivojlanib urug` va meva hosil bo`ladi.
2. Gul kelib chiqishiga ko`ra o`zgargan novda bo`lganidan barg va poya kelib chiqish xususiyatiga egadir. Poya qismiga gul bandi va gul o`rni kirsa barg kelib chiqishiga ega bo`lgan qismlariga gulkosabarg gultojibarg, urug`chi va changchilar kiradi.
Yuqoridagi qismlar o`ziga xos vazifani bajarish xususiyatiga ega. Gul bandi poyaning davomi bo`lib, ayrim o`simliklarda o`z rivojlanishini tezda to`xtatsa (olma, o`rik, shaftoli) ko`pchilik o`simliklarda meva pishgungacha o`sishni davom etiradi.
Gul urnida barcha gul qismlari joylashgan bo`ladi. Ulvarning joylanishiga qarab gullarni uch guruhga bo`lish mumkin.
Siklik gullar (sabzida)
Atsiklik gullar (magnoliya)
Gemitsiklik gullar (ayik-tovonda)
Siklik gullarda gul qismlari doira hosil qilib joylashadi. Doiralar soni ayrim gullarda 1 ta bo`lsa ayrimlarida 16 tagacha bo`ladi. bunday gullar sabzi gulini tuzilishida yaxshi ifodalangan.
Atsiklik gullarda gulkosa va gultojibarglar speral hosil qilib joylashadi. Masalan: Magnoliyada.
Gemitsilik gullarda gulkosa va gultojibarglar doira hosil qilib joylashsa, changchi va urug`chilar speral hosil qiladi. Masalan: ayiqtovon gulida. Gul o`rnida gul qismlarning joylanishi ma`lum qonuniyatga amal qiladi. Gulkosa va gultojibarglar gulni muhafoza qilishga xizmat qilsa, changchilar yigindisi androtseyni, urug`chilar yigindisi ginetseyni hosil qiladi.
Gulkosa va gutojibarglar gul qavatlarini tashkil qiladi. gulda ham gulkosa, ham gultoji bargi bo`lsa ikki qavatli, gulda yoki gulkosacha yoki gultoji barg bo`lsa bir qavatli gullar deyiladi.
Bir qavatli gullar ayrimlari gulkosabargli (lavlagi, shavel) va gultojibargli (lola) bo`ladi.
Gultojibarglar - gulning ikkinchi qoplamini hosil qiladi. Ularning rangi xromoplastalar va xujayra shirasi pigmentlarga bog`liqdir. Xujayra shirasi tarikibidagi axtotsian va antoxlor pigmentlari kislotali va ishqoriy muhitga bog`liq holda o`z rangini nomoyon qiladi. Gul tekisligi tuzilishiga qarab gullarni 3 guruhga ajratish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |