6-mavzu: O‘qitish metodlarni qo‘llashning metodik tavsiyalari. Ko‘rgazmali, amaliy metodlar va ularning o‘ziga xosligi
Reja:
Ko‘rgazmali metod haqida tushuncha.
Ko‘rgazmali metod xillari, tasviriy ko‘rgazma qurollaridan foydalanish.
Natural ko‘rgazmali qurollardan foydalanish.
Tajribalardan foydalanish.
Amaliy metod haqida tushuncha.
Amaliy metodning xillari
Darsda o‘quvchilarni amaliy ishlarini tavsiya etish, o‘tkazish metodikasi.
Kuzatish va ekspirimentlar o‘tkazish.
Amaliy ishning o‘quvchilarni mustaqil rivojlantirishga ta`siri.
Ko‘rgazmali metoddan dars mavzusi ko‘proq fiziologik, bioximik, ekologik mazmunga ega bo‘lgan paytlarda foydalaniladi.
Ko‘rgazmali metodda o‘quvchilar yangi o‘rganadigan mavzuni ko‘rgazmali qurollarni ko‘rish, idrok etish vositasida o‘rganadi. Bunday metod qo‘llanilganda o‘qituvchilarni so‘zi tushuntirishda yordamchi vosita vazifasini o‘taydi.
Ko‘rgazmali metod tasviriy, natural vositalar, tajribalar namoyishi kabi turdosh metodlarni o‘z ichiga oladi.
Tasviriy vositalar ko‘rgazmasi mavzuni o‘rganishda o‘quv jadvallari, расмлар, жадваллар, o‘quv fil’mlari, тақдимотлар, таянч белгилар, o‘quv televideniyasi материалларидан foydalanish kabilarni o‘z ichiga oladi.
Biologiya ta`limida o‘quv jadvallari muhim ahamiyat tashkil etadi. Jadvallarda turli organizmlarning tabiiy rangi, ularning muhit sharoiti va boshqa organizmlar bilan aloqalari, hayotiy jarayonlari aks ettirilgan bo‘lib, o‘quvchilarda o‘rganilayotgan o‘simlik va hayvon haqida atroflicha tasavvur hosil bo‘lishi uchun xizmat qiladi.Кейинги йилларда дарсларда тақдимотлардан фойдаланишга жиддий эътибор берилмоқда. Мавзуларга оид тақдимотлар ўқув материалларни мақсад ва вазифларини ривожлантириган ҳолда кўришга,
Natural ko‘rgazma qurollarga tirik o‘simlik, hayvonlar, ularning gerbariy va kolleksiyalari, ayrim organlarning ho‘l yoki quruq saqlanayotgan preparatlari kabilar kiradi.
Natural ko‘rgazma qurollar o‘quvchilarni organizmlar haqidagi bilimlarini boyitadi. Ular o‘rganilishi lozim bo‘lgan organizmlarning rangi, shakli, o‘lchamlari, xatti-harakatlarini ko‘rib puxta bilim olishadi.
Natural ko‘rgazma qurollardan ko‘proq laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanish yaxshi natija beradi, biroq, ko‘rgazmali metodda ham o‘quvchilar natural vositalarni ko‘rish orqali dars mavzusini yaxshi idrok etishadi.
Natural ko‘rgazma qurollardan foydalanishda o‘qituvchi quyidagilarga amal qiladi:
Natural ko‘rgazma qurollarining darsdagi o‘rnini belgilaydi.
Ko‘rgazmali qurollardan o‘quvchilar nimalarni ko‘rishi lozimligini aniqlaydi. Ko‘rgazma qurollari qanday qo‘shimcha vositalar (lupa, mikroskop, jadvallar, rasmlar, darslikdagi topshiriqlar) yordamida o‘rganilishi kerakligini hisobga oladi.
Natural vositalar tuzilishida ularning yashash joyiga moslanishi belgilarini topishga harakat qilinadi.
Tirik hayvonlarni o‘lchamlariga bog‘liq holda namoyish etish yo‘llarini aniqlash kabilarga e`tibor berish lozim.
Tajribalar-ko‘proq fiziologik mazmundagi darslarda foydalaniladi.
Botanikadan ildizning tuproqdan suv shimib olishi, bargda yorug‘likda karbonat angidrid yutib, kislorod chiqishi, organik modda hosil bo‘lishi; zoologiyadan gidra, yomg‘ir chuvalchangining ta`sirlanishi; odam va uning salomatligi predmetida baqa ustida, so‘lak va oshqozon osti bezining ta`siri ostida oziq mahsulotlar o‘zgarishlari ustidagi tajribalar; umumiy biologiyadan hujayradagi plazmoliz va deplazmoliz, organizmlarning tashqi ta`sirlar vositasida o‘zgaruvchanligi kabilar o‘quvchilarning puxta bilim olishlariga xizmat qiladi.
Ko‘rgazmali metod qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘quv materiallarini eshitish va eng muhimi, sezgilari orqali o‘rganganligi sababli bunday darslar qiziqarli o‘tishi bilan puxta bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |