O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti



Download 1,39 Mb.
bet17/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

Og‘zaki metod

O‘qitishda qadimdan qo‘llanilib kelinayotgan dastlabki metodlardan biridir.

Bu metodning og‘zaki deb nomlanishining boisi shuki, o‘quv materialini o‘quvchilar o‘qituvchining so‘zlab beradigan hikoyasi, ma`ruzasi, tashkil etadigan suhbati natijasida o‘rganishadi. Boshqacha qilib aytganda, ushbu metod qo‘llanilganda o‘quvchilar tayyor bilimlarni o‘qituvchining og‘zaki so‘zlari vositasida anglashadi.

Og‘zaki metod o‘quv materialini o‘qituvchining jonli, yorqin hissiyotlarga boy bo‘lgan so‘zi, turli ko‘rgazma qurollar vositasida tushuntirish imkoniyatini beradi.

Insoniyat tarixidagi bosib o‘tilgan yuz yillarga e`tibor qilsak, olimu-fozil kishilarning necha-necha avlodlar ayni shu og‘zaki metod vositasida ilm olganliklarining guvohi bo‘lamiz.

Og‘zaki metod o‘z tarkibiga turdosh metodlardan hikoya, suhbat, ma`ruza, tushuntirish kabilarni oladi.

Hikoya odatda dars mavzusi turli ilmiy-tadqiqotlarning ochilishi tarixiga, olimlarning hayoti, ijodiga, tabiatdagi biror hodisa yoki voqealarning tajribasiga bag‘ishlangan paytlarda qo‘llaniladigan metoddir.

Hikoya metodi-ko‘pincha 5-8 sinflardagi biologiya ta`limida qo‘llaniladi. Hikoya odatda dars mavzusi turli ilmiy-tadqiqotlarning ochilishi tarixiga, olimlarning hayoti, ijodiga, tabiatdagi biror hodisa yoki voqealarning tajribasiga bag‘ishlangan paytlarda qo‘llaniladigan metoddir. Hikoya yuqoridagi mazmunda bo‘lgan o‘quv materialining o‘qituvchi tomonidan berilgan jonli obrazli tafsilotidir.

Hikoya metodiga qo‘yiladigan bir qancha talablar bo‘lib bularga quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: hikoya o‘qituvchining yorqin jonli so‘zlari vositasida o‘tkazilishi lozim.


  1. Hikoya metodini qo‘llagan o‘qituvchi artistlik mahoratiga ega bo‘lishi, dars mavzusining turli qismlarini bayon etayotganda turli harakatlar, ovoz balandligining goh baland yoki pastligiga e`tibor bermog‘i, hxis-hayajon bilan hikoya qilishi kerak.

  2. Hikoya dars mavzusining asosiy masalalari qo‘yilishi, uni hal etish yo‘llari, hal etilishi va xulosalar chiqarish kabi syujet yo‘nalishida tashkil etilmog‘i kerak.

  3. Yuqorida aytilganidek, hikoya ko‘pincha pastki sinflarda qo‘llanilganidan mazkur sinf o‘quvchilarining ruhiy imkoniyatlarini, diqqat qilish qobiliyatlarini hisobga olish kerak.

Ruhshunoslarning ko‘rsatishicha, 13-15 yoshli o‘quvchilar o‘z diqqatlarini mavzu va hodisalarga 12-15 minut davomida qaratib turishlari, so‘ngra ularning diqqatlari boshqa narsalarga ko‘chishi kuzatilgan.

Yuqoridagilarga asoslangan holda hikoya metodidan foydalanilganda uning davomiyligini 10-15 minutdan oshirib yuborish maqsadga muvofiq emas.



  1. Hikoya metodi qo‘llanilganda o‘qituvchi o‘z nutqining tushunarli, ko‘rgazmali bo‘lishligiga ahamiyat berishi lozim. Shu boisdan u hikoya davomida dars mazmuniga oid turli ko‘rgazmali qurollardan foydalanmog‘i lozim

  2. Hikoya metodi o‘qituvchidan ma`lum nutq madaniyatiga ega bo‘lishlikni talab etadi. Uning nutqi ravon, badiiylashgan bo‘lmog‘i, ayrim so‘zlarni hadeb takrorlamasligi («Ya`ni», «Demak») kerak.

  3. O‘qituvchi hikoya qilar ekan, o‘zi tasvirlayotgan tabiat hodisasini ko‘rgan, olimlar bilan yonma-yon ishlagan, ilmiy kashfiyotlar ochilishida ishtirok etgan kishidek so‘zlamog‘i kerak.

Suhbat-odatda dars mazmuni o‘quvchilarga birmuncha tanish, uni o‘z kundalik hayotlarida ko‘rgan, bilgan mavzularga bag‘ishlangan paytlarda qo‘llaniladigan metodlar.

Suhbat-dars mazmunini o‘rganishga qaratilgan, o‘qituvchi tomonidan tuzilgan savollarga o‘quvchilarning bergan javoblari asosida o‘tkaziladi.

Suhbat metodidan foydalanilganda o‘qituvchi dars mazmunini hikoya qilib bermaydi, balki o‘rganiladigan darsning mavzusidan kelib chiqadigan savollarni o‘quvchilarga havola etadi, bu savollarga javob oladi.

Suhbat uchun savollar tuzishda o‘qituvchi dars mazmunini, undagi asosiy tushunchalarni o‘rganib chiqadi. So‘ngra, darsdagi asosiy tushunchalarga, o‘quvchilarning avvaldan o‘zlashtirgan bilim zahiralarini, turmush tajribalarini hisobga olgan holda ish yuritadi.

Suhbat uchun beriladigan, tayyorlanadigan savollarga bir qancha talablar mavjud bo‘lib ular quyidagilardir:


  1. Suhbat uchun tuziladigan savol qisqa tushunarli, lo‘nda bo‘lishi zarur.

  2. Savollar o‘quvchilarni o‘ylantiradigan, javob berish uchun avvalgi o‘rgangan dars materiallari, turmush tajribalari, tabiatdagi ba`zi narsa va hodisalarni kuzatish natijalari bo‘yicha bo‘lgan qarashlaridan foydalangan holda munosabatini bildiradigan tarzda tuzilishi kerak.

  3. qo‘shaloq savollar berilmasligi lozim.

  4. O‘quvchilarga beriladigan savollar o‘quvchilarni o‘ylantirishga qaratilmog‘i kerak.

  5. O‘qituvchi o‘quvchilarga beradigan savollarini doimo bir xil qoliplarda emas, har xil shaklda berishi lozim.

  6. Savollar asta-sekin murakkablashgan holda berilishi kerak.

Savollarni murakkablashtirib borish quyidagi tartibda amalga oshirilishi (botanika, zoologiya fanlaridan) mumkin:




  • organlar tuzilishini ta`riflash;

  • har xil o‘simlik va hayvonlarning ikkita organini tuzilishini taqqoslash;

  • organ tuzilishini (urug‘, ildiz, maysa, kurtak, novda, gul, meva) rivojlanishiga qarab solishtirish;

  • organning tuzilishini muhit sharoitiga moslanishini tahlil etish; har xil organlar funksiyalarini taqqoslash;

  • organlarning rivojlanishini taqqoslash;

  • ikkita organizm rivojini taqqoslash;

  • ekologik, morfologik yoki sistematik belgilarni taqqoslash;

  • o‘simlik va hayvonlar klassifikatsiyasi;

  • turli sharoitlarda yashovchi o‘simlik va hayvonlarning hayotga moslanishi.

Suhbat metodi qo‘llanilganda savollarga barcha o‘quvchilar teng javob bermasinlar. Suhbat metodi o‘quvchilarning dars mazmunini faol o‘zlashtirishlariga hizmat qiladi. Dars mobaynida ayrim o‘quvchilar berilgan javoblarga qiynalayotganini, shu sohada bilim darajalari past ekanligini sezib borishadi. Boshqalari esa savollarga aniq ravon javob berib ruhan tiklanadilar.

Undan tashqari, suhbat o‘quvchilarning tabiatda ko‘rgan, kuzatgan ba`zi narsa va hodisalarini yanada konkret ilmiy tushunib olishlariga xizmat qiladi.

Suhbat metodi qo‘llanilgan mavzularda ham o‘qituvchi turli ko‘rgazma qurollardan foydalanadi. Suhbat faoliyatidan o‘quvchilar rag‘batlantirilib boriladi.

Maktab ma`ruzasi odatda yuqori sinf o‘quvchilari bilan o‘tkaziladigan o‘quv-tarbiya ishlarining bir ko‘rinishidir.Ma`ruza o‘z maqsadiga ko‘ra o‘quvchilarga blimlr tizimining o‘rgatish bilan birga yoshlarning dunyoqarashining tarbiyalash, e`tiqodini shakllantirish kabi vazifalarni bajaradi.

Ma`ruzadan dars mavzusi turli ilmiy kashfiyotlar, qonuniyatlar, biologik hodisalarning mohiyatlari kabi masalalariga bag‘ishlangan vaqtlarda ko‘proq qo‘llaniladi.

Ma`ruzaga qo‘yiladigon asosiy talablar ilmiylik, g‘oyaviylik, o‘quvchilarning yoshlik xususiyatlariga mos xolda materiallar tanlash, shakl va mazmun birligini aks etdirgan holda hissiy jihatdan o‘quvchilarga ta`sir etgan holda dars materiallarini tushuntirishlik kabilardan iborat.

Ma`ruzaga tayyorlanishda o‘qituvchi quyidagilarga aloxida e`tibor berishlari zarur.1.O‘qituvchi o‘rganiladigan mavzuning mazmuni bilan tanishib, uni xozirgi davrdagi qaysi dolzarb muammolarga taaluqli ekanligini aniqlab olishi kerak. Sungra undagi eng asosiy tushunchalarni ajratib oladi. O‘quv materialini o‘quvchilar bilan muammo savollari asosida o‘rganish imkoniyatlarini ahtaradi. Muammo savollari tuzib, bu savollarga to‘g‘ri javoblarni ham beogilab chiqadi.Xullas, tayyorlanishdagi bu ishlarda o‘qituvchi mavzudagi ilmiy masalalarni o‘quvchilaarga tushuntirish yo‘llarini belgilab chiqadi.


  1. Tayyorlanishning bu etapida o‘qituvchi o‘z ma`ruzasi kimlarga qaratilganligi, o‘quvchilarning ma`ruza materiallarini o‘rganishga imkon beruvchi yoshlik xususiyatlari, tayyorgarlik darajalari ma`ruzaning maqsad va vazifalarini xisobga oladi.Bu etap o‘qituvchi va o‘quvchilarnig maqsadlarini mushtarakligini ta`minlovchi tadbirlarni ishlab chiqishlikni talab etadi.

  2. Ma`ruza kompozitsiyasi va uni o‘tkazishni umumiy rejasini aniqlash. Bu ish o‘qituvchidan ma`ruza uchun faktlar to‘plash, misollar tanlash, reja tuzish, ma`ruza paytida o‘quvchchilarni o‘quv materialini vrganishga bo‘lgan qiziqishlarini orttirishga qaratilgan muammo savollari, turli uslubiy yondashuvlarni o‘ylab topish, aniqlashlikni talab etadi. Maruzada foydalaniladigan turli xikmatli so‘zlar, aforizmlar, olimlarning so‘zlari, ekran vositalaridan foydalanish kabi masalalarni ham diqqatdan qochirmaslikni taqazo etadi.

  3. Ma`ruzaga tayyorlanishda o‘qituvchi ma`ruza mazmunini ochishga xizmat etuvchi turli natural, tasviriy vositalarni tayyorlab qo‘yadi.

Ma`ruza odatda 9-11 sinf biologiya ta`limida qo‘llanilib, uning davomiyligi 30-40 minutga qadar borishi mumkin.

Maktab ma`ruzasi o‘quv materialining ancha kattaligi, mantiqiy tuzilishi, isbot va umumlashtirishning birmuncha murakkabligi bilan xarakterlanadi.

O‘qituvchi ma`ruzaga tayyorlanishda uning puxta rejasini tuzib oladi, ma`ruzada foydalaniladigan ko‘rgazmali qurollar, adabiyotlar tayyorlab qo‘yadi.

Ma`ruza mavzusi e`lon qilingach, uning rejasi doskaga yozib qo‘yiladi. Maktab ma`ruzasini o‘qituvchi turli ko‘rgazmali qurollardan, o‘quvchilarning faolliklariga xizmat etuvchi muammoli savollardan foydalangan holda o‘tkazishi talab etiladi. So‘zning insonga ta`siri juda kuchli. Shu sababli og‘zaki metodlardan oqilona foydalanish ta`lim jarayoni oldiga qo‘yilgan maqsadlarni samarali bajarishga xizmat qiladi.


Savol va topshiriqlar


  1. O‘qitish metodiga ta`rif bering.

  2. Biologiyani o‘qitish metodlarining xillarini ayting.

  3. Hikoya metodi va undan foydalanishning xususiyatlarini ayting.

  4. Suhbat metodidan foydalanishning xususiyatlari.

  5. Maktab ma`ruzasidan foydalanishga bo‘lgan uslubiy talablar.

Tayanch belgilari

Metod. Metod xillari. Og‘zaki metod. Suhbat. Maktab ma`ruzasi.

Adabiyotlar

№ 2,3,4,5,6,8,9.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish