O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti


Tasviriy vositalar ko‘rgazmasi metodi



Download 1,39 Mb.
bet19/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

Tasviriy vositalar ko‘rgazmasi metodi

Ushbu metod qo‘llanilganda o‘quvchilar dars mazmunini o‘qituvchi namoyish etadigan turli tasviriy vositalarni ko‘rish, ularni idrok etish orqali o‘rganishadi.

Tasviriy vositalar turli biologik ob`yektlar, hodisalarni o‘quv jadvali, o‘quv diafil’mlari, fil’mlar shaklidagi jihozlarni o‘z ichiga oladi. Undan tashqari, tasviriy vositalarga modellar, maketlar, olimlarning portretlari, tayanch belgilar, applikatsiya materiallari ham kiradi.

Xullas, tasviriy vositalar ta`limda o‘rganiladigan tirik organizmlar, ularning yashash muhitiga mos ravishda tashqi tuzilishi, ichki tuzilish belgilari, hayotiy jarayonlarining turli o‘quv jadvallar, rasmlar, fil’mlari kabi tasvirlari hisoblanadi.

Tasviriy vositalar ichida o‘qituvchilar doimo foydalanadigan material o‘quv jadvallaridir.

Ta`limda o‘quv jadvallaridan foydalanishning o‘rni, roli beqiyosdir. Avvalo, o‘quv jadvallardan foydalanish didaktikaning ta`limning ko‘rgazmali bo‘lishi kerakligi haqidagi talabini bajaradi. Biroq, biologiya ta`limida qo‘llaniladigan tasviriy vositalar darsning ko‘rgazmalilik talabini bajarishga xizmat qiladi, desak noto‘g‘ri bo‘lur edi. Chunki, birinchidan, ob`yektlarning tasvirlari faqatgina o‘quvchiga shu organizmlar haqidagina tasavvur bermaydi. U o‘quvchilarga mavjud mavzularda ilm olishlari, tarbiyalanishlari, rivojlanishlarida ham ta`sir ko‘rsatadi.

Biologiya ta`limida doimo foydalanib kelinadigan o‘quv jadvallari haqida to‘xtalamiz.

O‘quv jadvallari fabrikada tayyorlangan, yasama bo‘lishi mumkin. Albatta, ta`limda fabrikada tayyorlangan o‘quv jadvallari g‘oyat muhim axborot vositasi hisoblanadi. Biologiya ta`limida ko‘rgazmali metodning bu xilidan foydalanish odatda dars morfologik, ekologik, fiziologik, sistematik mezonga ega bo‘lgan paytlarda qo‘llaniladi.

O‘quv jadvallari didaktik yo‘nalishi bo‘yicha 3 xilga bo‘linadi. 1-guruh jadvallar o‘quvchilarga o‘simlik va hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi xususiyatlarini o‘rgatishga xizmat qilsa, ikkinchi guruh - asosiy biologik qonuniyatlar, tushunchalar, nazariyalarni o‘rganishga, uchinchi guruh esa ekologik yo‘nalishdagi masalalarga bag‘ishlanadi.

O‘quv jadvallaridan yangi mavzuni o‘rganish, mustahkamlash va o‘quvchilarning bilim va malakalarini aniqlash, baholash paytlarida foydalaniladi. Undan tashqari, ayrim biologik ob`yektlarning o‘zini darsda ko‘rsatish imkoni bo‘lmagan paytlarda o‘quv jadvallari o‘qituvchiga juda katta yordamchi bo‘ladi.

Masalan, bizning sharoitimizda shimolda yashovchi o‘simlik va hayvonlarni ko‘rsatish imkoniyati albatta yo‘q. Shu boisdan «Kurak oyoqlilar» nomli o‘quv jadvali darsning ko‘rgazmaliligini ancha boyitishi shubhasizdir.

Keyingi paytlarda qabariq jadvalidan foydalanish ham yaxshi natija bermoqda. qabariq jadvallar odatda rangli bo‘lib, ko‘proq turli o‘simlik va hayvonlarning tashqi, ichki tuzilishi xususiyatlari viniplast pleniyadan ishlanadi.

Yasama jadvallarning mazmuni o‘quv materialini turli rasmlar bilan to‘ldirishga, ayrim biologik hodisalarni, organizmlarning rivojlanish jarayonlarini asta davom etib borishini, yoinki ayrim o‘simlik va hayvonlarning tabiiy kattaliklari shakllarini ko‘rsatishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Masalan, baqa tuxumining otalanib, embrion taraqqiyotining turli davrlari asta rivojlanib borib, undan itbaliq chiqishligigacha bo‘lgan bir necha davrlarni ketma-ket vatman qog‘ozlarda aks ettirish, ya`ni gazetalarni bir nechasini bir-biriga ulash, gulqog‘ozlardan yo‘lbars, ayiq, akula, kit kabi hayvonlarni shaklini qiyib, tabiiy kattaligigacha olib kelib, uni darsda namoyish etish yasama jadvallardan foydalanishga misol bo‘ladi.

Biologiya ta`limida sinf doskasidan foydalanish ham muhim ahamiyat kasb etadi. Doska o‘quv jarayonida turli organizmlarning, organlar sistemasining tuzilishini ko‘rsatishda, organlarning mavzuda shakllanishi va qismlarni bayonlashda katta o‘ringa egadir. Sinf doskasida yangi tushunchalar yozilib, izohlanib boradi. Sinf doskasining yangi bir muhim tomoni - unda organizmlarning dastlab gavda shaklini, undan so‘ng gavda qismlarini asta chizib ko‘rsatish, ya`ni organizmlarning turli qismlardan iboratligini va bu qismlar oqibatda mavjud o‘simlik yoki hayvonning bir butunligini hosil qilishligini ko‘rsatishga imkon beradi. Masalan, infuzoriya tufel’ka gavdasining shakli haqidagi o‘quv material tushuntirilayotganda o‘qituvchi doskaga avvalo, uning gavdasi shaklini chizadi. So‘ngra dars mobaynida infuzoriya gavdasini hosil qiluvchi organellalari asta-sekin rasmga tushirilib borish orqali infuzoriya haqida to‘la ma`lumotga ega bo‘lib boriladi.





Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish