O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti



Download 1,39 Mb.
bet22/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

Амалий метод

.
Ушбу metod qo‘llanilganda o‘quvchilar o‘quv materialini mustaqil, amaliy ish bajarishlari evaziga o‘rganishadi. O‘quvchilarning ta`lim olishdagi bunday yo‘liga amaliy metod deb ataladi.

Amaliy metoddan dars morfologik, anatomik, sistematik mazmunga ega bo‘lgan paytlarda foydalaniladi.

Amaliy metoddan foydalanilganda o‘qituvchi o‘quvchilarga mavzuni o‘rganish bo‘yicha yo‘llanmalar berib, o‘quvchilar mustaqil bajaradigan ishlarini kuzatib, zarur yordamni berib boradi.



Amaliy metod o‘z navbatida quyidagicha:

  1. Tabiiy ob`yektlarni tanib olish va aniqlash.

  2. Kuzatish.

  3. Tajribalar o‘tkazish kabi xillarga bo‘linadi(jadval)



1.Tabiiy ob`yektlarni tanib olish

va aniqlash metodi

Ushbu metod o‘simlik va hayvonlar, ularning tashqi va ichki tuzilishi, sistematikasiga bag‘ishlangan mavzularni o‘rganishda qo‘llaniladi. Bunday mavzularni dars, darsdan va sinfdan tashqari mashg‘ulotlar paytida o‘rganib boriladi. O‘simlik va hayvonlarning tashqi va ichki tuzilishi, sistematikasiga bag‘ishlangan mavzular sinfda o‘tkaziladigan bo‘lsa, bunday dars odatda laboratoriya mashg‘uloti deb ataladi.

Laboratoriya mashg‘uloti tashkiliy shakliga qarab frontal guruhlar yoki yakka o‘quvchilar tomonidan bajariladi. Har qanday laboratoriya mashg‘uloti tashkil etilganda o‘quvchilar lupa, literospollar, preparaval ignalar, buyum yopqich oynalar, qisqichlar, tomizgichlar, kimyoviy preparatlar, qaychi kabi bir qator texnik vositalar, lakust, tirik o‘simlik, hayvonlar, ularning gerbariy kolleksiyalari, laboratoriya mashg‘ulot uchun tayyorlangan tajriba namunalari, qo‘llanmalar bilan ish ko‘radi.

Laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etishda o‘qituvchi avval mashg‘ulotning maqsad va vazifalarini bayon etadi. So‘ngra ishdan ko‘zlangan natija haqida gapiradi.

Laboratoriya mashg‘uloti uchun o‘quvchilar guruhlarga ajralganlaridan so‘ng yordamchi navbatchilar har bir guruh uchun tarqatma materiallar, ishni bajarish uchun yo‘llanmalarni ulashib berishadi.

quyida 7-sinflar zoologiyasidagi "Yashil tilla qo‘ng‘izning tuzilishi" mavzusidagi darsda laboratoriya mashg‘uloti tashkil etish haqida fikr bildiriladi.

Hasharotning bo‘g‘inlari qaysi qismida yirik ekanini ko‘ring. Hasharot gavdasidagi bosh qismini preparoval igna va qisqich yordamida ajrating. So‘ngra xuddi shu yo‘l bilan ko‘krak qismini (o‘quv jadvali, darslikdagi rasmga qiyoslab) ajratib oling. Shu yo‘l bilan siz hasharot gavdasining bosh, ko‘krak va qorin qismlaridan tuzilganini aniqlaysiz.

Hasharotning boshida joylashgan mo‘ylovni toping. Mo‘ylov nechta ekan? Lupa yordamida mo‘ylovni hosil qilgan bo‘g‘imlarni ko‘rib chiqing. Hasharot mo‘ylovi tuzilishini darslik yoki o‘quv jadvaliga taqqoslab ko‘ring. Mo‘ylov rasmini daftaringizga chizib oling.

Boshda joylashgan organlari-ko‘z, og‘izni o‘quv jadvali yoki darslikdagi rasmga taqqoslab o‘rganing.

Hasharotning ko‘krak qismida joylashgan oyoqlari nega juft ekanligini aniqlang. Ko‘krakning ustki tomonidan qanotlarni ham preparaval igna, qisqich yordamida ko‘rib chiqing. Ko‘krakda juft qalinroq, ustki, uning ostida esa pardasimon juft ostki qanot bo‘lishligini toping.

qorinda oyoqlar bor yoki yo‘q ekanligini ko‘ring.

Hasharotlarning tuzilishini o‘rganish bo‘yicha qilgan ishlaringizni o‘rtoqlaringiz bilan muhokama eting va quyidagi savollarga javob bering:



  1. Hasharotlarning gavdasi necha qismga bo‘linadi?

  2. Hasharotlarning boshida qanday organlari bor?

  3. Hasharotlarning ko‘kragida joylashgan organlar va ularni tuzilishini tavsiflab bering.

  4. Hasharotlarni qorni qanday ko‘rinishda? qorinda oyoqlari yoki qanot bo‘ladimi, yo‘qmi?

O‘quvchilar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan ishlarni bajarish orqali hashoratlar gavdasi tuzilishini go‘yoki o‘zlari kichik bir izlanish orqali ixtiro etgandek o‘rganishadi. Bunday mashg‘ulotlardan olingan bilimlar puxta, uzoq vaqt esdan chiqmaydigan bo‘ladi.

O‘quvchilar ishni bajarib bo‘lganlaridan so‘ng yuqorida berilgan savollarga javoblar berishadi. Bajargan ishlarini o‘qituvchiga ko‘rsatadi.

Laboratoriya mashg‘uloti yakunlangach, tarqatma materiallar navbatchi o‘quvchilar yordamida to‘plab olinadi. So‘ngra o‘qituvchining o‘quvchilar bajargan ishlari yuzasidan bergan javoblarini to‘ldirishi, hashoratlarning gavda tuzilishini aks ettiruvchi o‘quv jadvali vositasida qilingan ishlardan xulosa chiqarish bilan ish yakunlanadi. Mashg‘ulotda faol qatnashgan, qatnashmagan o‘quvchilar reyting ballari bilan baholanadi.

Kuzatish – amaliy metodning tarkibiga kiruvchi ta`lim xillaridan biridir.

Ko‘rgazmali metoddagi kuzatish bilan amaliy metoddagi kuzatish o‘rtasida katta farq bor.

Ko‘rgazmali metoddagi kuzatishda o‘qituvchining namoyish etadigan tajribalarini o‘quvchilar oddiy tomoshabin sifatida ko‘rib kuzatadilar.

Amaliy metoddagi kuzatish esa qilinadigan kuzatish ishlarida o‘quvchilar kuzatilayotgan narsalarni ko‘rish, shaklining katta-kichikligini o‘lchash, rangini aniqlash, rasmini chizish kabi ishlarni mustaqil bajaradilar.

Kuzatish bajarilish muddatlariga qarab qisqa yoki uzoq muddatli kuzatish xillariga bo‘linadi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish