Modellar
Turli o‘simlik va hayvonlarning tashqi, ichki tuzilish xususiyatlarining sxematik tarzda turli materiallardan tayyorlangan ko‘rinishlaridir. Modellarning o‘quv jarayonida yanada ta`mirlanganligini oshirish uchun ba`zi hollarda deyarli turli ranglarga bo‘yab qo‘yish hollari ham uchraydi.
Modellarning bir necha xillari bo‘lib, ularga hajmiy modellarni ko‘rsatish mumkin. Hajmiy modellardan yangi mavzuni o‘rganishda, laboratoriya mashg‘ulotlar paytida foydalanish mumkin.
Hajmiy modellar turli o‘simlik va hayvonlar gavdasi, gavdani tashkil etuvchi organlarni o‘zida aks ettiradi. Mazkur mavzuda belgilarning yanada tushunarli chiqishi uchun hajmiy modellarni bir necha qismlarga bo‘linadigan tarzda ham ishlanadi. Masalan, sut emizuvchi hayvonlarning yuragi modeli o‘rtasidan bo‘linadigan yurakning qorincha va bo‘lmachalari ko‘rinadigan qilib tayyorlanadi. Odam miyasining ham har ikki yarim sharlari ajraladigan, miya moddalari va tuzilmalarini ko‘rish mumkin bo‘ladigan qilib tayyorlanadi.
Modelning ko‘ndalang kesimida uzunchoq, miya voroliyev ko‘prigi, gipofiz, miyacha, katta yarim sharlarning po‘stloq qismi oraliq miya kabi tuzilmalar ko‘rinadi. Keyingi yillarda 6 sinf botanikasidagi «gul va meva» mavzusini o‘rganish uchun no`xot, karam, bug‘doy kabi o‘simliklarning modellari chiqariladi.
O‘quv modellaridan laboratoriya mashg‘ulotlarida foydalanish yaxshi natija beradi. quyida «Bosh miyaning tuzilishi» mavzusidagi laboratoriya mashg‘ulotini o‘tkazish haqida fikr yuritiladi. O‘qituvchi bosh miyaning tuzilishi haqidagi o‘quv materialini bosma jadval vositasida tushuntirib bo‘lgach, mavzuni o‘rganish bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlari tashkil etadi. Buning uchun har 4-6 o‘quvchiga 1 tadan model beriladi. Modelni o‘rganish uchun ular o‘quv jadvali, o‘qituvchining qisqacha axboroti, shuningdek laboratoriya mashg‘ulotining bajarishga oid tayyorlangan yozma yo‘llanmasiga asoslangan holda ish bajaradilar.
Bosh miyaning tuzilishini o‘rganish bo‘yicha laboratoriya mashg‘ulotlarida o‘quvchilar quyidagi topshiriqlarni bajaradilar.
1-ish. Bosh miya modelidan miyaning shakli, rangi, burmalanishini o‘rganish uni darslikdagi bosh miya shakliga taqqoslab ko‘ring.
2-ish.Bosh miya modelidan miyaning peshona, tepa, chakka, qismlarini o‘quv jadvalga qiyoslagan holda toping. Miyaning bu qismlari qanday ranglarda ekan?
3-ish. Miyaning markaziy va yonbosh egatlarini aniqlash.
4-ish. Bosh miya yarim sharlaridagi zonalarni modelda joylanishini (o‘quv jadvaliga taqqoslab) o‘rganish.
5-ish. Daftaringizga bosh miya modelining tuzilishi sxemasini chizib, uning nomlarini yozib oling.
O‘quv modellarining yana bir xili applikatsiyalar hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |