Dars bir qancha metodlardan foydalanilganda yaxshi natija beradi.
Metodik uslublar-metodning o‘qitish-qo‘llash natijasida o‘quvchilar ishining (ko‘rinishi) ayrim tomonlarini ifodalovchi muayyan elementlaridir. Har qanday metodga uslub qo‘llanilganda uning tajribada mantiqiy, tashkiliy va texnikaviy tomonlari kuzatiladi. Metoddagi uslubning mantiqiy tomoni dars mazmunini undagi asosiy tushunchalarga ajratish, turli ob`yektlarni belgilash, taqqoslash, farqlash kabi ishlarni o‘z ichiga olsa; o‘quv metodikani o‘zlashtirishning tashkiliy tomoni o‘qituvchilarga dars mavzusini o‘rgatishga, o‘quvchilarni jalb etish, ularning diqqatini nimalarga qaratish lozimligini hisobga olish, o‘quv jarayonini qanday joylarda o‘tkazish, o‘quvchilar dars mazmunini qanday o‘rganishlari kerakligi yo‘llarini aniqlash kabilarni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |