O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti



Download 1,39 Mb.
bet12/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

Savol va topshiriqlar


  1. Zardushtiylikning muqaddas kitobi «Avesto» da tabiatga bo‘lgan qarashlarni tushuntiring.

  2. «Avesto»da gigiyena qoidalarining berilishini aytib bering.

  3. A.Forobiyning tabiatshunoslik ta`limi haqidagi fikrlarini tushuntiring.

  4. A.Beruniyning tabiatshunoslikni o‘qitish haqidagi fikrlarini aytib bering.

  5. Ibn Sinoning tabiatshunoslikni o‘qitish haqidagi fikrlari.

  6. O‘zbekistonda mehnat qilayotgan uslubchi olimlar va ularning ishlari haqida so‘zlang.

4-mavzu: Biologiya fanlarining strukturasi va biologik tushunchalarni shakllantirish. Biologiya predmetlarining strukturasi, tuzilishi, asosiy mazmuni va bilimlar tizimi

Biologiyani o‘qitishning asosiy maqsadi o‘quvchilarda DTS bilan me`yorlangan bilim, ko‘nikma va malakalar, kompetensiyalarni shakllantirish sanaladi. Shu sababli, biologiya o‘qitish metodikasining asosiy muammolaridan biri o‘quvchilarda ta`lim mazmunining asosiy tarkibiy qismi bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar, kompetensiyalarni shakllantirish masalasi hisoblanadi va mazkur masala juda ko‘p biolog-metodistlar tomonidan tadqiq yetilmoqda.

O‘quvchilarda bilimlarni shakllantirish uchun, avvalo, uning ta`rifini bilib olish zarur. Bilim narsa va hodisalarning muhim belgi va xususiyatlari, jarayonlar va ular o‘rtasidagi bog‘lanishlar to‘g‘risida fan tomonidan aniqlangan tushunchalardan tarkib topadi. Demak, bilim tushunchalar tizimidan iborat bo‘lib, tushunchalarni shakllantirish muammosi yetakchi o‘ringa chiqadi.

Biologik tushunchalarni shakllantirish va rivojlantirish biologik ta`lim va tarbiyaning harakatlantiruvchi kuchi, o‘quv materiali mazmunining asosiy birligi sanaladi. O‘quvchilarda tushunchalarni shakllantirish quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi: o‘quv materialini sezgi organlari orqali qabul qilish, idrok etish, tasavvur qilish, yodda saqlash, amalda qo‘llash, natijalarni tekshirish, axborotlarni umumlashtirish va xulosa yasash.

O‘qituvchi tomonidan tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilinishi o‘quvchilarning tushunchalarni qabul qilishiga, tushunishiga imkon yaratadi. Shu sababli, o‘qituvchi har bir o‘quv fani mazmunidagi tushunchalarni belgilab olishi, o‘quvchilarda shu tushunchalarni shakllantirishga e`tibor qaratishi lozim.

Tushunchalar mavzudan mavzuga o‘tgan sari asta-sekin rivojlantirilib, mukammallashib boradi, shunga ko‘ra tushunchalarni shakllantirish bilan bir qatorda ularning rivojlantirilishi muhim ta`lim-tarbiyaviy ahamiyatga ega. Shuni esdan chiqarmaslik lozimki, o‘quvchilar tushunchalarni birdaniga egallay olmaydilar, tushunchalarning hosil bo‘lishida yuqorida qayd yetilgan bosqichlarni amalga oshirish, buning uchun esa muayyan vaqt kerak bo‘ladi. Faktlardan tushunchalarni keltirib chiqarish uzoq davom etadigan jarayon bo‘lib, eng muhimi, tushunchalarni «tayyor» holda berishdan saqlanish, qiyinchiliksiz qabul qilingan tushunchalar tez esdan chiqishini unutmaslik kerak. O‘qituvchi tushunchalarni shakllantirish bosqichlariga amal qilishi, o‘quvchilarni aqliy faoliyatga jalb etishi, ular tomonidan ob`yektlarni taqqoslash, o‘xshashlik va farqini topish, umumlashtirish va xulosa chiqarish kabi mantiqiy fikr yuritish operasiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini egallashlariga zamin yaratishi lozim.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish