Abu Rayxon Beruniy
Abu Rayxon Beruniy Amudaryoning Kot shaxrida (973- 1048) tug‘ulib voyaga yetgan buyuk qomusiy olimdir.
U yoshligidanoq tabiiy, ijtimoiy fanlarni o‘rganishga kirishadi. Beruniy ota-onasidan erta ajrab yetim bo‘lib qolgach, uni buyuk riyoziyot va falakiyot olimi Abu Nasr ibn Ali Iroq uni o‘z tarbiyasiga oladi. Ustoz o‘z shogirdiga o‘z zamonasining deyarli barcha fanlari bo‘yicha ilmlarni egallashiga yordam qiladi. Undan tashqari yosh Beruniy avvalgi davrlarda yashab ijod etgan olimlarning me’roslarini xam qunt bilan o‘rganadi. Oqibatda uni o‘zi xam asta yirik, qomusiy olim darajasiga ko‘tariladi.
Beruniyning ilmiy me’rosi 152 kitobdan iborat bo‘lib, bular ichidan bizga 31 tasi yetib kelgan. Olimning dastlabki yirik asarlaridan biri « qadimgi halqlardan qolgan yodgorliklar» deb nomlanadi. Bu kitob 486 saxifadan iborat bo‘lib Beruniy bu asarini 27 yoshida yozib tugallagan. Undan tashqari Beruniyning «Geodeziya», «Xindiston», Mineralogiya», «Saydana», «Yulduzshunoslikda boshlang‘ich ma’lumotlarni aniqlash»,
« qonuniy Ma’sudiy» kabi yirik asarlari mavjud.
Beruniy nafaqat qomusiy olim balki o‘z davrining yetuk buyuk pedagogi edi. U yashagan davrda Gurgon shaxri Markaziy Osiyodagi ilm- fan nihoyatda rivojlangan markazlardan biri edi.
Xorazmshox Abulabbos Mamun ibn Ma’mun (1009-1017) davrida tashkil topgan bu ilmiy markaz «Ma’mun akademiyasi» deb nomlanib, unda o‘z davrining eng tanilgan olimlari ijod qilar edilar. Beruniy esa akademiyaga rahbarlik qilardi. Ma’mun akademiyasi fanning turli sohalarida tadqiqotlar olib borishardilar. Xususan,. falakkiyot. falsafa va pedagogika sohasida ko‘plab ishlar bajarilardi. Binobarin, Beruniy xam akademiyada olib borilayotgan pedagogika soxasidagi izlanishlarda bevosita qatnashgan.
Beruniyning pedagogik qarashlarini tahlil etar ekanmiz, uni avvalo, xolastika quruq yodlash bilan o‘quvchilarga bilimlar berishga qarshi ekanligini guvohi bo‘lamiz. Olim inson tabiatni bir qismi deb hisoblaydi. Shu boisdan o‘quvchilarga ta’lim berishda ularni yoshlik xususiyatlarini xisobga olgan xolda ta’lim berish zaruriyatini ko‘rsatadi. U o‘quvchilarga ta’lim berishda ko‘proq tajriba va amaliy ishlardan foydalanish kerakligini ko‘rsatadi. Beruniy tabiatni o‘rganishda . ta’limda qo‘yidagilarga:
- bilishni sezgi a’zolari ma’lumotlariga tayangan xolda tashkil qilish;
- ilmlarini to‘la bilib olish uchun o‘sha ilmni tashkil etuvchi asosiy
larini puxta o‘rganish;
- bilishda oddiydan murakkabga, ma’lumdan noma’lumga, yaqindan uzoqqa, dalillardan xulosalarga qarab tashkil qilish;
- uzoq o‘tmishga oid bilimlarni o‘rganishda shu soha bo‘yicha fan tarixini qo‘shib o‘rganish;
Xodisalar, fan asoslarini bir-birlariga taqqoslagan xolda o‘rganish maqsadga muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.
Beruniy o‘zining yuqorida ko‘rsatilgan pedagogik g‘oyalarini maxsus bir asarida yozib qoldirgan emas. Uning bu fikrlari «Mineralogiya», «qonuni Ma’sudiy», «Farmakognoziya» kabi asarlari saxifalarida bayon etilgan.
Beruniy ham xuddi Forobiy kabi yangi bilimlarin o‘rgatishda o‘quvchilarning shaxsiy xususiyatlarini, turmush tajribalarini xisobga olgan xolda ish ko‘rishlikni tavsiya etadi. Ta’limda savol javoblar usulidan ko‘proq foydalanish yoki xozir, bizning zamonamizda ta’limda ko‘proq muloqatdan foydalanish xaqidagi tavsiyalarni u o‘z qarashlarida ko‘rsatib o‘tganligi Beruniyning qarashlarini xozirgi zamon ta’limiga qo‘yilayotgan talablarga mos kelayotganligini ko‘rsatadi. Beruniy «Kitob At-Tafxim» (Yulduzlar xaqida fan) deb nomlangan kitobida «Tabiat xodisalarini tushuntirganda tabiatni o‘zidan kelib chiqish, va uni o‘zida bo‘lgan qonuniyatlarga, dalil va tajribalarga asoslanish lozim» deb yozadi. U tabiatshunoslikni o‘qitshda faqat sezgilarni o‘zi yetarli bo‘lmasligi, olingan natijalarni analiz sintez yo‘lini qo‘shib olib borish maqsadgp muvofiq ekanligini ko‘rsatadi.Tabiat va inson hayotining o‘rganishlikni samarali yo‘li-tajriba va kuztishlardir deb uqtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |