5-mavzu: Biologiya o‘qitish metodlari va ularning klassifikatsiyasi
O‘qitish metodlari haqida tushuncha.
Biologiya o‘qitish metodlarining xillari.
Og‘zaki metoddan foydalanish.
Ma`lumki, maktablardagi ta`lim- tarbiya jarayoni o‘qituvchi va o‘quvchilarnig birgalikdagi faoliyatlari natijasida amalga oshiriladi. O‘qituvchilarning o‘quvchilarga ta`lim berishdagi tanlagan ish uslublari –o‘qitish metodi yoki uslubiyoti deyiladi.
Adabiyotlarda metod ma`lum maqsadga erishish yo‘lidagi faoliyat, voqelikni amaliy yoki nazariy o‘zlashtirish usullari sifatida ham talqin qilinadi. Shu boisdan bo‘lsa kerak N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalar (1983) «O‘qitish metodi-o‘qituvchining o‘quvchilarga bilimlarni tushuntirishdagi, ayni vaqtda bu bilimlarni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olishdagi faoliyat ko‘rinishidir» deb ta`riflaydilar. Metodning bunday ta`rifi bilim beruvchi-o‘qituvchi, bilimlarni o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarning o‘quv materialini o‘zlashtirishdagi bo‘lgan faoliyatlarini ko‘rsatadi.
Harqanday metod insonning o‘z oldiga qo‘ygan ma`lum maqsadini amalga oshirishga qaratilgan ongli harakatlar tizimidan iborat faoliyati xisoblanadi. Binobarin, har qanday metodni qo‘llash zamirida insonlarning qandaydir maqsadlari bo‘ladi.
Inson o‘z oldiga qo‘ygan maqsadiga erishmoq uchun turli yo‘llar, vositalardan foydalanib –ishga tushadi. Ish jarayonida u bajarilayotgan mehnat natijalarini kuzatib, unga kerakli tuzatishlar kiritib,
yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni to‘g‘rilab boradi.
Insonlar qo‘llagan metodlar doimo biror ob`yektga qaratilgan bo‘ladi. Masalan: Duradgor qandaydir stol yasamoqchi bo‘lsa u o‘ziga maqul bo‘lgan ish usullari, asboblari bilan yog‘och (ob`yekt)ga ta`sir etib undan ish so‘ngida stol yasaydi. U stol yasashda ish qurollaridan o‘z vaqtida foydalanib o‘z maqsadiga ongli ravishda xarakatlar qilib oxiri o‘z maqsadi- stolni tayyorlaydi. Biroq, duradgor o‘z maqsadini amalga oshirishda muomala qiladigon ob`yekti –yog‘och, taxtalar haqida ma`lum bir tasavvurlarga ega bo‘lmasa, yog‘ochni ishlash paytida u ayrim qiyinchiliklarga ro‘para bo‘lishi tayin. Chunki har qanday yog‘ochdan stol yasab bo‘lavermaydi. Shu sababli duradgor stol yasash uchun avvlo yog‘och tanlashi lozim bo‘ladi.
O‘qituvchinig maqsadi
|
|
O‘quvchining maqsadi
|
O‘quvchining maqsad sari xarakatga kelishi
|
Natija
|
O‘qituvchining xarakati
|
|
O‘quvchining xarakati
|
|
|
O‘qituvchining xarakat vositalari O‘quvchining xarakat vositalari
Ushbu jadvaldan ham har qanday uslub asosida o‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadlari, xarakatlanish usullari ko‘rinib turibti.
Metod o‘zining umumiy ma`nosida maqsadga erishishdagi ma`lum tartibga solingan faoliyatdir.
O‘qitish metodi o‘qituvchi va o‘quvchilarning faoliyatlari birligini aks ettiradi. Shu boisdan o‘qitish metodi o‘qituvchining bilimlar berish usuli va ayni paytda ularni o‘quvchilar tomonidan o‘zlashtirib olish usulidir.
O‘qitish metodining yuqoridagi ta`rifidan ikki bir-biriga bog‘liq tomon, ya`ni o‘qituvchi va o‘quvchilarni birgalikdagi faoliyati tushuniladi. O‘qitish metodini tanlashda har ikkala tomonni hisobga olish zarur.
Tanlangan metod o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga ijobiy ta`sir ko‘rsatgan taqdirda kutilgan natijani beradi.
Aksariyat kasb egalari o‘z ish faoliyatilarida tanlagan ob`yektlar ularning tanlagan metodi bilan o‘zgartirilib, kutilgan natijani beraveradi.
Ta`lim jarayonidagi qo‘llaniladigan metodlar esa doimo kutilgan natijani berishi uchun o‘qituvchining ish ob`yekti bo‘lmish o‘quvchining xususiyatlarini ham hisobga olish kerak bo‘ladi. O‘qituvchilik kasbining asosiy maqsadi o‘quvchilarga ta`lim-tarbiya berishdir. Demak, o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishi uchun doimo o‘quvchilar bilan ish olib bormog‘i kerak.
O‘qituvchining ish ob`yekti-shaxsdir. Shu boisdan o‘qituvchi o‘z ish ob`yekti bo‘lgan o‘quvchining shaxsiy xususiyatlarini ham hisobga olishi, o‘quvchining qiziqishini, faolligini, aqliy qobiliyatlarini, intilishlarini hisobga olmog‘i kerak.
Ta`limda o‘qituvchi o‘z maqsadini amalga oshirishga harakat qilishini, albatta u o‘quvchini ham maqsadini anglashi, shunga qarab ish yuritishi lozim bo‘ladi.
O‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadlari mushtarak bo‘lgan paytlardagina qo‘yilgan maqsadga erishib bo‘ladi. O‘qituvchi va o‘quvchilarning maqsadlari bir-biriga mos bo‘lmagan hollarda ta`limdagi ko‘zlagan maqsadni oshirib bo‘lmaydi.
Yuqoridagilardan xulosa qilinsa, ta`lim jarayonida qo‘llaniladigan metodning ham o‘qituvchiga, ham o‘quvchiga mos bo‘lishi shundagina natija berishini ko‘rish mumkin.
Biologiya o‘qitish metodlari haqida adabiyotlarda turlicha fikrlar mavjud. Masalan, YE.P.Brunovtning (1976) ko‘rsatishicha-tushuntirish va namoyish etish, qisman izlanish va izlanish kabi metodlar qatorida og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlar haqida ma`lumotlar bergan. Muallif og‘zaki metod ichida hikoya, hikoya-suhbat, suhbat, kitob ustida ishlash, yozma ishlar kabi xillar bo‘lishligini ko‘rsatadi.
I.D.Zverev (1978) biologiya o‘qitish metodlarini bilimlarni yangilash manbalariga qarab og‘zaki, amaliy; o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatiga qarab yangi o‘quv metodlarini o‘qituvchi tomonidan bayon etish kabilarni ko‘rsatadi.
Shuningdek, o‘qitish metodlari haqidagi turli mualliflarning asarlarida ta`limning didaktik vazifalariga bog‘liq bo‘lgan, hamda o‘quvchilarining mustaqilligi va faolligiga xizmat qiluvchi turli metodlar mavjudligi haqida ma`lumotlar keltiriladi.
N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalar (1983) biologiya ta`limida 3 xil metoddan foydalanish haqida yozadilar. Fikrimizga ushbu mualliflarning biologiya ta`limida og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy metodlardan foydalanish haqidagi ko‘rsatmalari ancha sodda va to‘g‘ridir. Chunki o‘quv materialini o‘rganishda o‘quvchilar uni eshitish, tinglash, ko‘rish yoki ularga ma`qul amaliy mashg‘ulotlarni boshqarishlari zarur bo‘ladi. Shu boisdan ham biz hozirgi davrda biologiya ta`limida yuqorida ko‘rsatilgan uch xil metodga asoslanamiz. Ma`lumki, biologiya ta`limida qo‘llaniladigan og‘zaki ko‘rgazmali va amaliy metodlar o‘qituvchi va o‘quvchilardan dars materialini o‘rganishda turlicha faoliyatda bo‘lishligini taqozo etadi. Ushbu metodlar qo‘llanilganda o‘qituvchi va o‘quvchilar faoliyatini jadvaldan ko‘rish mumkin.
jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |