7-mavzu: Biologiya o‘qitishning tashkiliy shakllari
Biologiya o‘qitishning shakllari.
Dars- biologiya o‘qitishning asosiy shakli ekanligi.
Darsga tayyorlanish.
Ma`lumki, maktab biologiya o‘quv predmetlaring mazmuni o‘simlik, hayvon va insonlar tana tuzilish xususiyatlari , hayot jarayonlari, ularni tashqi muhit sharoitlari bilan bog‘lanishlari va o‘zaro aloqalari, tirik tabiat taraqqiyotinig qonuniyatlari kabi ilmiy bilimlarni o‘z ichiga oladi. Shu sababli bunday xilma-xil mazmunga ega bo‘lgan o‘quv materiallarini maktablardagi o‘quv ishlarining asosiy shakli bo‘lgan dars paytida amalga oshirib bo‘lmaydi. Ayniqsa, o‘simlik va hayvonlarning hayotini ularni rivojlanish xususiyatlarini Undan tashqari turli o‘simlik va hayvonlarni tabiiy sharoitlarda birgalashib yashashlari, ular orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni sinf xonasida albatta ko‘rsatishni iloji bo‘lmaydi.Ayrim kuzatish va tajriba ishlari ko‘p vaqtni talab etadi. Shu sababli biologiya darslarida amalga oshirib bo‘lmaydigon ishlarni o‘rnini to‘ldiruvchi mahsus o‘qitish shakllarindan foydalanish zaruriyati tug‘uladi.
Maktablarimizning uzoq yillardan buyon olib borayotgan ishlariga e`tibor beriladigan bo‘linsa, biologiya kabi nihoyatda turli-tuman mazmunga ega bo‘lgan o‘quv materiallarini o‘quvchilarga o‘rgatishning birqancha shakllari borligini ko‘ramiz.N.M.Verzilin va V.M.Korsunskayalar (1983)» O‘qitishning shakli bu tarbiyaviy ta`lim jarayonida o‘qituvchi tomonidan foydalaniladigan o‘quvchilarning o‘quv idrok qilish faoliyatini uni o‘tkazilish (sinfda, tabiatda va sh.k.) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir»-deb ko‘rsatadilar
Darxaqiqat biologiya ta`limi mazmuniga kirgan shunday mavzular borki, bu mavzularni o‘quvchilarga dars vaqtida tushuntirsh qiyin.Masalan: «Kuzda o‘simliklar hayotida ro‘y beradigan o‘zgarishlar» mavzusi o‘quvchilarga kuzda o‘simliklarning mevalarinig g‘arq pishib etilishi, xazonrezgilik kabi tushunchalarni o‘rgatishga muljallanadi. Bu mavzuni sinfda dars paytida o‘rganishdan ko‘ra o‘quvchilarni tabiatga olib chiqish, ularga kuz paytidagi o‘simliklarning meva, uruqlarini pishganligini ko‘rsatish, sarg‘aygan, sarg‘ayib kelayotgan barglarni ko‘rsatish orqali bu faslda o‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlarni tushuntirish mavzuni o‘rganishning eng to‘g‘ri yo‘llaridan hisoblanadi. O‘quvchilarga dars materialini sinf xonasidan tashqarida o‘rgatish ko‘proq ekskursiya tarzida amalga oshiriladi.Undan tashqari bir qator mavzularni o‘rganishda dars uchun ajratilgan 45minut kamlik qiladi. Shu sababli dars mazmunini to‘la o‘rganish uchun darsdan keyin ham o‘quvchilar bilan ma`lum vaqt ish olib borishlik talab etiladi. Yuqoridagi muammolarni hal etish uchun uzoq yillar moboynida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar va maktablarning ish tajribalari asosida biologiya o‘qitishning bir qator tashkiliy shakllaridan foydalanishga o‘tildi.
Hozirgi davrda maktablarda biologiya o‘qitishning bir qancha shakllari bo‘lib, bularga dars, ekskursiya, uy ishlari, darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar, ijtimoiy-foydali mehnat kabilar kiradi (jadval)
Biologiya o‘qitishning shakllari
Dars
|
Ekskursiya
|
Uy ishlari
|
Darsdan tashqari ishlar
|
Sinfdan tashqari ishlar
|
Sinf xonasida
|
Tabiatda, ishlab chiqarishda
|
Uyda
|
Kabinetda, tabiatda
|
Sinfda, tabiatda
|
Biologiya o‘qitishning yuqoridagi shakllari bir-birlari bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, bularning barchasi o‘quvchilarga o‘quv materialini puhta o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi. Bir o‘quv shakli ikkinchisi bilan bog‘langan holda oqibatda o‘quvchining o‘quv materialini atroflicha o‘rganishlariga imkon tug‘diradi.Masalan:»Urug‘» mavzusidagi darsda o‘quvchilarga ikki pallali o‘simliklar urug‘ining tuzilishi haqida ilmiy ma`lumotlar berilsa, uy ishlari paytida o‘quvchilar xovlilariga turli o‘simlik urug‘larni ekib ularni unuvchanligini aniqlash, tirik tabiat burchagidagi ishlar paytida urug‘larni turli chuqurliklarga ekilishini ularning unib chiqishiga ta`sirini aniqlash, unib chiqish darajalarini xisoblash, o‘quv –tajriba uchastkasidagi sinfdan tashqari mashg‘ulotlar paytlarida urug‘larni ekishning eng qulay davrlarini aniqlash, keyingi yillarda ekish uchun urug‘lik tayyorlash kabi bir qator ishlar albatta o‘quvchilarning urug‘ xaqidagi bilimlarini yanada kengayishi, mustahkamlanishiga zamin hozirlaydi. quyida biologiya o‘qitishning asosiy shakllari haqida to‘xtalamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |