O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti


Dars-biologiya o‘qitishing asosiy shakli ekanligi, darsga tayyorlanish



Download 1,39 Mb.
bet31/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

Dars-biologiya o‘qitishing asosiy shakli ekanligi, darsga tayyorlanish

Maktablardagi barcha ta`lim-tarbiya sistemasi mazmuni, metodlarning, tarbiyaning barcha murakkab kompleksi darsda amalga oshiriladi.

Dars ta`lim va tarbiya jarayonining o‘zaro bog‘lanib o‘quvchilarni bilim va malakalarni o‘zlashtirishlari, egallashlari, bilish xususiyatlarini rivojlantirishga xizmat qiluvchi o‘qitishning tashkiliy qismi hisoblanadi. Didaktikaning barcha talablari darslar paytida amalga oshadi. Yuqoridagilarga asoslangan holda «Dars o‘qituvchining yoshi va tayyorgarligi bir xil bo‘lgan doimiy o‘quvchilar jamoasi – sinf bilan davlat dasturi, qat`iy dars jadvali bo‘yicha, maktab binosida olib boradigan ta`lim-tarbiya ishlarini tashkil etishning asosiy shaklidir» deb ta`riflanadi. O‘quv dasturida ko‘rsatilgan materiallar asosan darsda o‘rganiladi.

Darsda o‘quv materialini yanada yaxshi o‘zlashtirishga xizmat qiluvchi ko‘rgazmali materiallardian foydalanish. tajriba va eksperimentlar o‘tkazish, tashkil etish zaruriyati aniqlanadi.

Asosiy o‘quv materiali darslar paytida o‘rganiladi. Biologiya ta`limda foydalaniladigan boshqa o‘qitish shakllari o‘rganiladigan mavzu mohiyatidan kelib chiqqan holda tanlanadi. Biologiyadan o‘rganish zarur bo‘lgan o‘quv materiallarining ba`zilari mohiyatiga ko‘ra sinf xonasida o‘rganishni talab etmaydi. Shu sababli bu mavzularni o‘rganish uchun o‘qitishning boshqa shakllari bo‘lmish- ekskursiyalar, darsdan, sinfdan tashqari mashg‘ulotlardan foydalaniladi. Ta`lim-tarbiya jarayonini zamon talablari darajasiga ko‘tarishda, o‘quvchilarning fan asoslaridan chuqur ilmiy bilimlarni egallashlarida shubhasiz, darslarning o‘rni, roli beqiyosdir. Shu boisdan dars haqida ko‘plab uslubiy ishlanmalar, qarashlar majmualar to‘plangan. qilingan ishlar darsni har tomonlama tadbiq qilish, uni yanada takomillashtirishga xizmat etmaydi. Shunday bo‘lsada, darsning yanada samaradorligini oshirish, takomillashtirish borasida qilingan ishlar hamon yetarli bo‘lmay, bir qancha masalalar ishlanmay kelmoqda.

O‘qituvchi o‘z darsini juda yaxshi, samarali, ilmiy-uslubiy talablarga to‘la javob beradigan darajada o‘tkazishi mumkin. Biroq, shu dars ayrim o‘quvchi uchun hech qanday ta`sir kuchiga ega bo‘lmay qolishi ham mumkin. Shu boisdan darsning har tomonlama samaradorligini oshirishda faqat o‘qituvchining o‘zinigina emas, balki o‘quvchilarning darsda ishtirok etishi, faoliyatlarini orttirish masalalarini ham e`tiborga olmoq kerak.

Darslarning samaradorliklari orasida farqlar bir qancha sabablarga bog‘liq. M.K.Maxmutovning (1985) ko‘rsatishicha, darslarning samaradorligidagi farqlar darsda o‘qituvchi va o‘quvchilar orasidagi munosabatlarning o‘zgarishidadir. O‘quvchilarning o‘quv materialini ko‘proq mustaqil o‘rganishlariga to‘g‘ri kelishidir. Undan tashqari, o‘qituvchilar darslarga tayyorlanishlarida ishni ilmiy tashkil etishga yetarli e`tibor bermasligidadir.

Darhaqiqat, o‘qituvchilar bir qator darslarga tayyorgarlik ko‘rgan ekanlar, ularning barchasi ham yetarli darslikda ilmiy- uslubiy muhitdan ahamiyat bermasligi, tashkiliy jihatlardan ba`zi xatoliklarga yo‘l qo‘yishlari mumkin.

Dars muammolarini to‘g‘ri hal etish uchun o‘qituvchilar ta`lim jarayonining asosiy komponentlarini va bu komponentlar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlarni hisobga olishlari talab etiladi. Ta`lim jarayonidagi asosiy komponentlarga quyidagilarni ko‘rsatiladi:


  1. Narsa, hodisalarni kuzatish, idrok etish.

  2. Kuzatish natijasida hosil qilingan axborotlarni tashkil qilish.

  3. Axborotlarni esda saqlash.

  4. Axborotlardan amalda foydalanish.

Darslarga tayyorlanishda yuqoridagi komponentlarning hech birini esdan chiqarmaslik lozim.

Ko‘plab tadqiqotchilar darsga tayyorlanishni o‘qituvchining ijodiy laboratoriyasidagi faoliyati deb hisoblaydilar.

O‘qituvchi darsga tayyorlanishda darhaqiqat, ijod qilmog‘i lozim. Bunday ijod o‘z tarkibiga o‘qituvchining metodologik, umumpedagogik tayyorlanishini o‘z ichiga oladi.

Darslarga tayyorlanishda albatta, o‘qituvchilar ta`lim jarayoni qonunlariga amal qilishlari, ular ta`limning pedagogik va didaktikaning asosiy tamoillariga asoslangan holda ish yuritmog‘i kerak.

Darslarga tayyorgarlik ko‘rishda darsga bo‘lgan asosiy talablarni doimo esda tutish lozim. Ma`lumki, darslarga qo‘yiladigon asosiy talablar uning ta`limiy, rivojlantiruvchi, tarbiyaviy maqsadlarini o‘z ichiga oladi

Darsning ta`limiy maqsadi o‘quvchilar ongida asosiy biologik tushunchalarni biologik qonuniyatlar, nazariyalar, ilmiy g‘oyalar, faktlarni o‘rganish kabilarni o‘z ichiga oladi O‘quvchilar o‘zlashtirishi kerak bo‘lgan ilmiy bilimlar fanning hozirgi davrdagi qo‘lga kiritgan yutuqlarini o‘zida aks ettirishi kerak.

Darsning rivojlantiruvchi maqsadi-o‘quvchilarning bilish jarayonidagi kuzatuvchanlik, esda olib qolish, tafakkur qilish, darslik va boshqa turli ko‘rgazma qurollar bilan ishlash kabi malaka va ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratiladi.Zero turli faktik materiallar, qonuniyatlar, nazariyalar,g‘oyalarni mantiqiy taxlil etishga odatlangan o‘quvchilar aqliy jixatdan birqancha rivojlangan bo‘lishlari tajribalarda aniqlangan.

Darsning tarbiyaviy maqsadi-o‘quvchilarni bir-birlariga,jamiyatga Tabiatga bo‘lgan munosabatlarida chin insoniy fazilatlari,ahloq-odobi, mantiqiy fikrlash darajalari, mehnatsevarligi, halolligi kabi shaxsiy fazilatlarini kamol toptirishda ko‘rinadi.Ayniqsa, hozirgi davrda yoshlarni manaviy tarbiyalash vazifasi ta`lim oldida turgan eng dolzarb masalalardan hisoblanadi.

O‘qituvchining darsga tayyorlanishining navbatdagi shartlaridan biri uning ruhiy tayyorgarligidir. Artistlar repetitsiya qilib, o‘zlarini sahnaga tayyorlagan kabi o‘qituvchi ham darsga tayyorlanishda o‘zi dars o‘tishi lozim bo‘lgan sinf jamoasi, ulardagi har bir o‘quvchining ruhiy xususiyatlarini, sinfning darsga faoliyatini hisobga olmog‘i kerak.

Darsga tayyorlanishda yuqorida ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha o‘qituvchi quyidagilarga amal qilmog‘i kerak:



  1. Yillik yoki chorak o‘quv rejasiga ko‘ra o‘rganiladigan dars mavzusi aniqlanadi. Ayni mavzu boshqa o‘quv ishlarida kelsa mavzularni o‘rganishdagi o‘rni, ahamiyatini belgilaydi. Masalan, 6-sinf botanikasidagi «Hujayraning tarkibi» mavzusi o‘rganiladigan bo‘lsa, bu mavzuning keyingi darslar uchun qanday ahamiyati bo‘lishi masalasini ham o‘ylab ko‘rish kerak bo‘ladi.

  2. Mavzuni tayyorlashda o‘qituvchi 3 xil adabiyotlardan-ilmiy, ilmiy-ommabop va metodik adabiyotlarga tayanadi.

  3. Mavzu uchun material tanlash. Buning uchun o‘qituvchi dastur talabi bilan tanishib, darslik, ilmiy, ilmiy-ommabop va metodik adabiyotlardan foydalangan holda o‘rganiladigan mavzudagi eng asosiy tayanch tushunchalarni ajratadi. Mavzu uchun material tanlashda turli jurnallardan ham foydalanish maqsadga muvofiqdir.

  4. Mavzuning maqsad va vazifalari aniqlanadi. O‘quv materialining ilmiy, rivojlantiruvchi, tarbiyaviy maqsadlari dars mazmunidan kelib chiqqan holda belgilanadi.

  5. Mavzuning eng asosiy g‘oyasi belgilanadi. O‘quvchi ayni mavzuni o‘rganishda qanday tayanch tushunchalarni o‘zlashtirish lozimligi, qanday malaka va ko‘nikmalar hosil qilishi lozimligi belgilanadi.

  6. Mavzuni o‘rganishning metodlari aniqlanadi. O‘quvchilarning darsga qiziqishlarini orttirishga xizmat etuvchi yo‘llar va vositalar aniqlanadi.

  7. Dars uchun zarur jihozlar. Ko‘rgazma, tarqatma, materiallarning darsdagi o‘rni, ulardan foydalanish yo‘llari izlanadi.

  8. Mavzuni o‘rganishda laboratoriya mashg‘ulotlari, turli tajribalar tayyorlash, zarur bo‘lsa, bu ishlarni o‘tkazishning ma`qul yo‘llari tanlanadi.

Darslarga tayyorgarlik ko‘rishda yillik ish rejalari bilan bir qatorda tematik ish reja tuzib olish ham yaxshi natija beradi. Tematik ish rejalari odatda u yoki bu fandan katta-katta bo‘limlarga bag‘ishlanib, o‘qituvchi bu bo‘limdan darslarning oldindan tiplarini, o‘quv-tarbiya ishlarining maqsad vazifalarini aniqlab beradi. Masalan, 9-sinf umumiy biologiya predmetida hujayra mavzusi uchun 29-soat, genetika va seleksiya asoslari uchun 20-soat ajratiladi. O‘qituvchi bu mavzular uchun tematik reja tuzib olishi natijasida u mazkur mavzularni o‘rganishda ko‘proq nimalarga e`tibor qilish, qaysi mavzulardan so‘ng o‘quvchilarning bilim va malakalarini aniqlashga qaratilgan darslar tashkil etish maqsadga muvofiq ekanligini rejalashtirib oladi. Undan tashqari, tematik rejalashtirishda mavzularni o‘rganishga oid ekskursiyalar, darsdan, sinfdan tashqari ishlarning o‘rni, tashkiliy shakllari ham belgilab olinadi.

Darslarga tayyorlanishda o‘qituvchi darslikning dizayn apparatini o‘rganib chiqadi. Darslikdagi matnning izohi yoki tasdig‘i sifatida berilayotgan rasm, sxemalar mazmuniga e`tibor beradi. Berilgan rasm, sxemalar mavzu mazmunini qanchalik boyitishi, tasdiqlashi mumkinligini tahlil qiladi, dars mazmuni uchun yana qanday rasm sxemalar zarurligini o‘ylab ko‘radi. Darslikda savol-topshiriqlar o‘quvchi uchun qanchalik tarzda tuzilgan bo‘lsa, o‘qituvchi ularni soddaroq holga keltirib o‘quvchilarga yetkazish yo‘llarini belgilaydi.

Dars mazusini yanada boyitish uchun o‘qituvchi darslikda berilgan rasm, sxema yoki topshiriqlardan tashqari, o‘quvchilarning ijodiy ishlashlariga xizmat qiluvchi yangi topshiriqlarga, mantiqiy fikrlashga undovchi rasmlar, ayrim masalalarni, shuningdek o‘quvchilar ko‘rgan, bilgan tabiiy ob`yektlar, hodisalar haqida misollar, rasmlar berilishi maqsadga muvofiqdir.

Biologiyadan ayrim mavzularni sinf darsi shaklida o‘rganib bo‘lmaydi. Masalan, kuzda o‘simliklar hayotidagi o‘zgarishlari, o‘simliklarning hayotiy shakllari mavzusini ekskursiya shaklida o‘rganish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ekskursiyada o‘simlik hayotidagi kuzgi o‘zgarishlarni kuzatish maktab o‘quv-tajriba uchastkasi yoki maktab atrofidagi bog‘larda o‘tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Ekskursiya paytida o‘quvchilarga kuzda o‘simliklar barglarini sarg‘aya boshlagani, mevalarning g‘arq pishishi, o‘t, buta, daraxtsimon o‘simliklarni ko‘rsatib o‘tish o‘quvchilarning mavzuni puxta o‘zlashtirishlariga sabab bo‘ladi. Binobarin, uzoq yillar mobaynida biologiya metodikasida turli mavzularni o‘rganishga moslashtirilgan o‘qitishning turli shakllari ishlab chiqilgan.

"Biologiya ta`limining shakllari o‘qituvchi tomonidan foydalaniladigan o‘quvchilarning o‘quv-idrok qilish faoliyatini uni o‘tkazilish (sinfda, tabiatda va h.k.) sharoitlariga muvofiq holda tashkil qilinishidir" (Verzilin, Korsunskaya 1983).

Biologiya ta`limidagi bu shakllar bir-birlari bilan bog‘langan holda o‘quvchilarga o‘quv materialini har tomonlama puxta o‘zlashtirishlariga yordam beradi.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish