Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarni mustaqilligini rivojlanishi.
Ta`limda amaliy metodlardan foydalanish dars materialning ijdiy o‘rganilgandagina sabab bo‘lmay balki bunday mashg‘ulotlar o‘quvchilarning amaliy malakalarini rivojlanishi mustaqilligini ortib borishiga ham ta`sir etadi. Dastlabki paytlarda tashkil etilgan amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilar o‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan har-xil o‘simlik va hayvonlarni ko‘rib chiqish bilan kifoyalansa, keyingi mashg‘ulotlarda endi o‘quvchilar o‘zlari o‘quv yo‘llanmasiga asoslanib turli o‘simlik va hayvonlarni tuzilishi, ular o‘rtasidagi o‘hshashlik va farqlarni aniqlash, o‘simlik va hayvonlarni aniqlagich yordamida oila, avlod turlarigacha aniqlash, tajriba va ekererimentlar o‘tkazishgacha bo‘lgan ishlarni uddalaydigan bo‘ladi.
O‘quvchilarning amaliy malaka mustaqilliklarini rivojlantirish uchun o‘qituvchi bajariladigan mashg‘ulotlarni asta murakkablashtirib borishi, bunday mashg‘ulotlarda o‘quvchini fikrlashga yo‘naltiruvchi muammolarni hal etishga, turli tarqatma materiallar-mikroskoplar, preparativ igna, lupa o‘simlik va hayvonlarning tirik yoki gerbariy, kolleksiyalaridan ko‘proq foydalanib dars o‘tishga harakat qilishi lozim.
O‘quvchilarning amaliy mashg‘ulot paytida aqliy qobilyatlarini rivojlantirish uchun tarqatma materiallarni o‘rganishda ulardagi bo‘lgan o‘xshashlik va farqlarini aniqlashga o‘rgatish muhim ahamiyatga egadir. Bunda o‘quvchilar o‘rganilayotgan o‘simlik yoki hayvonning tashqi ko‘rinishi, shakli, katta kichikligiga e`tibor berib ular o‘rtasidagi tafovutlarni topishga o‘lchash, o‘lchash og‘irligini tortish, ranglaridagi farqlarni topish, turli organizmlaridagi o‘xshashlik va farqlarni lupa, qaym, pichoq, prepareval igna, o‘lchov asboblari yordamida aniqlaydilar.
O‘quvchilarning amaliy mashg‘ulot paytlarda mustaqil fikrlash va amaliy malakalarini ortirib borish masalasiga N.M.Verdimin va V.M. Korsunskayalar (1983) ayrim mavzularni o‘rganishda quyidagicha yo‘l tutish lozimligini ko‘rsatishadi.
Masalan: “O‘zgaruvchanlik” (11-sinf) mavzusidagi labaratoriya mashg‘ulotida o‘quvchilarning quyidagicha ish qilishlari taklif etiladi.
1-ish. Turli o‘simlik va hayvonlarning tuzilishida o‘zgaruvchanlikni aniqlash.
2-ish. O‘zgaruvchanglik sabablarini aniqlash.
O‘quvchilar nima qilishi kerak
|
O‘zgaruvchanlik xodisasini aniqlash
|
O‘zgaruvchanlik sabablari
|
1
|
Ob`yektni, uning organlarini ta`riflash
|
1
|
Yashash muhiti bilan bog‘liq holda ob`yekt o‘rtasidagi farqni aniqlash.
|
2
|
Ob`yektlarni, ularni organlarini taqqoslash (o‘lchash, hisoblash va boshqalar)
|
2
|
Kompleksdagi asosiy ta`sir etuvchi faktorlarni ajratish.
|
3
|
O‘hshashlik va farqni aniqlash
|
3
|
O‘zi boshqa misollar topishi
|
4
|
Natijalarni gerbariy yoki kolleksiya shaklida qayd etish.
|
4
|
Natijalarni tablitsa shaklida qayd etish: qisqacha axborot berish va uyda doklad tayyorlash.
|
5
|
O‘zi boshqa misollar topishi.
|
5
|
Tirik tabiat burchagida tajriba qo‘yish.
|
Amaliy mashg‘ulotlarda o‘quvchilarning amaliy malakasi fikrlash qobilyatlarini rivojlantirishga hizmat etuvchi omillar gerbariy va kolleksiyalar tuzish, turli sxemalar, rasmlar chizish, hayot jarayonlariga ta`sir etuvchi omillar bo‘yicha tajriba, eksperimentlar o‘tkazish, xisobot, axborot ma`ruzalar tayyorlash kabi ishlar ham ijobiy natija beradi. Ayniqsa amaliy va loborotoriya mashg‘ulotlari paytida bajarilayotgan ishlar natijalarini maxsus jadvallarga joylashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
Masalan: «Barg» mavzusida o‘quvchilar turli barglarning shakllarini o‘rganish davomida quyidagi jadvalni to‘ldirsa.
O‘simlik nomi
|
Sxematik rasm
|
Barg shakli
|
|
|
|
|
|
|
«Gul» mavzusida esa endi ular birnecha gullarni tuzilishini o‘rganib ular o‘rtasidagi o‘xshashlik va farqlarni topib quyidagi jadvalga joylab birmuncha murakkab ishlarni taqqoslashlarni amalga oshiradi.
O‘simlikning nomi
|
Soni
|
Gulkosa barglari
|
Gultoji
barglar
|
Changchi
|
Urug‘chi
|
Formu
lasi
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Yuqoridagida ko‘rsatilgan ishlarni tashkil etilishi o‘quvchilarning bir tomondan fikrlash xususiyatlarini rivojlanishiga xizmat qilsa ikkinchi tomondan ularni amaliy malaka va mustaqil ish boshqarish salohiyatlarini o‘sishiga yordam beradi.
Albatta, biologiya ta`limida o‘quvchilarning amaliy malakalarini rivojlanishi birdaniga hosil bo‘lmaydi. Zoologiya fanidan ham dastavval o‘quvchilar turli hayvonlarning tashqi ko‘rinishlarini o‘rganish bo‘yicha o‘qituvchining ko‘rsatmasi, yozma yo‘llanmasi vositalarida ish bajarib kuzatuvchanlik, hayvonlar tuzilishidagi o‘xshashlik va farqlarni aniqlash malakalariga ega bo‘lib borsa, keyinchalik ular hayvonlarni ichini yorib ko‘rish, ichki organlarni o‘rganish, hayvonlarning hayotiy jarayonlarini tekshirish bo‘yicha birmuncha murakkab ishlarni bajarishga layoqatlanib borishadi.
O‘quvchilarning amaliy malakalarini rivojlantirish borasida qilinadigon ishlarda o‘simlik va hayvonlarni hayot jarayonlarini boshqarishga qaratilgan topshiriqlarning ahamiyati, juda kattadir. Botanika ta`limida o‘quvchilarga turli urug‘larning harxil chuqurlikka ekib unuvchanligini aniqlash, o‘simliklarni parvarish qilish, ularni urug‘dan yoki vegetativ yo‘llari bilan ulash, payvandlash usullarini o‘rganishlariga e`tiborni kuchaytirish lozim. Xuddi shunday ishlarni zoologiya ta`limida ham amalga oshirishi hayvonlarni parvarish qilish asrash, ularni ko‘paytirish borasidagi ishlar bilan qo‘shib olib borish zarur.
Yuqoridagi mazmundan ishlar o‘quvchilarni politexnik jihatdan hayotga tayyorlanib borishlariga xizmat qiladi. Bozor iqtisodi munosabatlari davrida o‘quvchilarni hisoblash, turli o‘simlik va hayvonlarni ko‘paytirish, parvarish qilish bo‘yicha yetarli ta`lim va tarbiyaga ega bo‘lishligi zamonamizning yoshlar oldiga qo‘yayotgan vazifalarini bajarishga qaratilgan tadbirlardandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |