1-mashg’ulot. Kakku zig‘iri (Polytrichum com mune) o‘ziga xos belgi xususiyatlarini o‘rganish.
Kerakli asbob va materiyallar: Gerbariy yoki tirik o’simlik, tayyor preparatlar, mikroskop, cho’ntak lupasi, laboratoriya asboblari.
Umumiy tushuncha :
Bo'lim Yo'sintoifa - Bryophita
Ajdod Poyabargli yo'sinlar – Bryopsida
Kichik ajdodi Yashil yo'sinkabilar (Briumkabilar) – Bryidae
Qabila Kakku zig'irnamolari – Polytrichales
Oila Kakku zig'irdoshlar – Polytrichaceae
Vakil Oddiy kakku zig'iri – Polytrichum commune.
O'rta Osiyo sharoitida sernam joylarda funariya turkumining turlari va cho'l zonada erta bahorda qumlarda tortula turkumi turlari, tog'larda esa kakku zig'iri turkumining ayrim turlari o'sadi.
Quyida oddiy kakku zig'iri bilan tanishamiz.
Oddiy kakku zig'iri – Polytrichum commune – Kakku zig'irnamolari – Polytrichales qabilasining Kakku zig'irdoshlar Polytrichaceae oilasiga mansub. Kakku zig'iri turkumiga 100 ga yaqin tur kiradi.
Oddiy kakku zig'iri 30 – 40 sm balandlikdagi o't. Poyasi tik o'suvchi, shoxlanmagan va oddiy qalami barglar bilan zich qoplangan, o'rta va uchki qismidagi barglari yashil, pastki qismidagilar esa kichik va qo'ng'ir rangli. Poyasining asosida ko'p hujayrali, qo'ng'ir tusli, rizoidlar taraqqiy etgan.
Kakku zig'iri 2 uyli o'simlik. Anteridiy va arxegoniylari poyasining uchida to'p – to'p bo'lib joylashgan. Anteridiy uzunchoq shaklda bo'lib, qisqa bandda o'rnashgan.
Antrediydagi har bir spermagen hujayralaridan bittadan 2 xivchinli spermatozoid hosil bo'ladi. Spermatozoidlar tomchi suvda harakat qilib, arxegoniydagi tuxum hujayra bilan qo'shilgandan so'ng zigota hosil bo'ladi. Zigotadan sporogon taraqqiy etadi. Dastlab sporogon arxegoniyning qorincha qismida shakllanadi, keyinchalik uning bandi uzayib ko'sakchasi arxegoniyning qorinchasini yorib tashqariga chiqadi. Yetilgan sporogon ikki qismdan: band va ko'sakchadan iborat. Ko'sakchaning ustida qalpoqcha mavjud. Ko'sakning tashqi devori yashil bo'lib, xlorofill donachalariga ega. Ko'sakning tashqi qavati epidermis to'qimasidan tashkil topgan.
Yetilgan sporalardan qulay sharoitda protonema, protonema kurtaklaridan esa kakku zig'iri o'sadi.
Ishning tartibi: To’grilovchi nina uchi bilan poyadagi barglardan bir nechtasini uzib olib lupada tekshiriladi. Shunday qilib kakku zig'irining tuzilishini chizib, kerakli ma’lumotlar daftarga yozib qo’yiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |