O‘quv materialini tanlashni qayta ishlash
O‘quv materialini o‘rganish undagi eng asosiy magzini aniqlash muxum masalalardan hisoblanadi. Chunki darsliklarda o‘quvchilar bilishlari zarur bo‘lmagan ikkinchi darajali materiallar ham ko‘proq uchrab turadi.
O‘quv materialini o‘rganish uchun uni asosiy g‘oyasini aniqlab dasturda berilgan talablarga amal qilgan xolda o‘quvchilar bilishlari zarur bo‘lgan eng asosiy tushunchalarni aniqlab maskur tushunchalarni o‘rganishni yo‘l va vositalarini topishi kerak.
Yuqorida aytilganidek o‘quv materialini tanlash dastur talablarini o‘rganishdan boshlanadi. Mavzudagi asosiy masalalar tushunchalar shaklida berilgan bo‘lib ular darsliklarda kursiv bilan ajratilgan holda ko‘rsatiladi. O‘qituvchi darsda o‘rganiladigan tushunchalar va ularni avvalgi tushuncha bilan bog‘lanish yo‘llarini aniqlab chiqadi. O‘quv materialini tanlashda o‘qituvchi quyidagilarga e`tibor qiladi:
1. Dars materiali uning oldida to‘rgan vazifalarni bajarishga qanday xizmat qilishi aniqlanadi.
O‘quv materialining mazmunini o‘quvilar oson o‘rganishlari puxta o‘zlashtirishlariga yordam beradigan qismlarga oid materiallar izlab topib dars mavzusini boyitadi.
2. Darsda o‘rganiladigan o‘quv materialida eng muhimlari tanlanadi. Buning uchun: a) dars g‘oyasi aniqlanadi. b) o‘quv materialini mantiqiy bo‘laklarga bo‘linib undagi asosiy tushunchalar ajratiladi. v) o‘quv materialining o‘rganish konspekti tuziladi.
3. O‘quv materialining eng asosiy tushunchalarining boshqa darslar bilan yoki predmetlar bilan bog‘lanishlaridan foydalanib o‘rganish yo‘llari aniqlanadi.
4. O‘quv materialining ajratilgan vaqt ichida o‘rganish imkoniyatlari hisobga olinadi. Turli faktik materiallar ma`lumotlar darsdan tashqari paytlarda o‘rganish uchun ajratiladi. O‘qituvchilar doimo o‘z ustida ishlab yurishi bir necha yillar tajriba natijalari ular o‘quvchilarga juda ko‘p materiallarni aytish o‘rgatish imkoniyatini beradi. Biroq vaqt taqozosini hisobga olish dars uchun eng zarur bo‘lgan materiallarnigina tanlash zarur.
O‘quv materialining eng mo‘tadil xajmi darslikda berilganlari emasmi? degan savol paydo bo‘ladi. Chunki darslikda mavzular xajmi o‘qituvchiga dars uchun eng asosiy tushunchalarning ajratishda me`zon hisoblanadi. Biroq o‘qituvchi o‘z darsini faqat darslikkagina amal qilib o‘tadigan bo‘lsa bu xolda o‘quvchilarning qiziqishlari kamayadi, bilim sifati pasayadi.
Bunday hollarda o‘qituvchi dars uchun mavzuni qanday tanlashi mumkin? ma`lumki darslik matnida o‘rganiladigan asosiy masalalarni isbotlash uchun bir qancha misollar keltiradi.
Bu misollar o‘quv materialini o‘zlashtirishga o‘quvchining qiziqishini ortirish asosiy g‘oyani ayni misollar bilan mustaxkamlashga xizmat etishi kerak bo‘ladi. Shu boisdan dars uchun asosiy materiallar tanlashda matn va uni isbotlovchi tasdiqlovchi misollar darsning eng asosiy mazmunini tashkil etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |