O‘qitish metodlarini tanlash
Ta`lim jarayonini talab darajasida o‘tkazishning navbatdagi talablaridan biri – o‘qitishning samarali metodlarini tanlab olish bilan bog‘liqdir.
Ma`lumki o‘qitish metodlari haqida adabiyotlarda maxsus bir karashlar majmuasi bulmay bu masala turli mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinadi. Umumiy xolda metod maqsadga erishish yulidagi xarakatlar majmuasini bildiradi. Shunga ko‘ra o‘qitish metodi deb, o‘qituvchining o‘quv materiallarini o‘quvchilarga urgatishdagi o‘quvchilarni esa o‘quv materialini o‘rganishlardagi xarakat faoliyati kurinishlariga aytiladi. (Verzilin, Korsunskaya) Xozirgi zamon biologiya ta`limida mavjud bulgan o‘qitish metodlari xakida. YE.P.Brunovt "Odam va uning salomatligi" fanini o‘qitishda 10 dan ortiq metodlar borligi xakida yezsa, N.M.Verzilin va Korsunskayalar asosan 3 xil metodlar borligini ko‘rsatadilar.
Biologiya o‘qitishda didaktika tomonidan ishlanib barcha fanlarni o‘qitishda foydalaniladigan ogzaki kurgazmali metodlardan foydalanish bilan birga mazkur fanning o‘ziga xos maxsus o‘qitish metodlari xam bor. Bu metodlar barcha biologik yunalishdagi ilmiy tadkikot ishlarini olib borishda foydalaniladigan metodlar bo‘lib, bunga biologik adabiyetlarni o‘rganish ularni aniklash kuzatish va eksperiment kabilarni kursatish mumkin.
Biologiya o‘rganishda mavjud bulgan metodlar nixoyatda xilma – xil bo‘lishi munosabati bilan bu metodlardan darslarni utkazishda doimo xam tugri foydalana olmaslik xollari uchraydi. Kupincha o‘qitish metodlaridan foydalanishda o‘qituvchilar uz xoxishlariga amal kilishadi. O‘qituvchilar orasida utkazilgan surov natijalari taxlil etilar ekan, o‘qitish metodlarini kanday talablar buyicha tanlaysiz, savoli buyicha 57% ga yakin o‘qituvchilar juyali javob bera olmagani aniklandi.
Odatda biologiya o‘qitish metodlarini tanlashda eng asosiy omil dars mavzusi hisoblanadi. Shunga kura dars mavzusi usimlik va xayvonlarning tuzilish funksiyasi, xususiyatlarini o‘rganishga boglik bulsa, amaliy metod organizmlarda utadigan xayetiy jarayenlar kurgazmali ekalogik mavzular ogzaki metodlarni ko‘llanishi bilan utkazilmogi lozim.
Birok, metod tanlashda doimo o‘rganiladigan dars mavzusi asosiy mezon buladi, deyishlik tugri bulavermaydi. Ba`zi xollarda ayni mavzular u yeki bu metodlar uygunligida utkazilishi xam mumkin. Binobarin o‘qitish metodlari tanlashda fakatgina dars mavzusinigina emas balki o‘quv materiallarining murakkablik darajasi uni o‘rganishning mantikiy yunalishi vakt imkoniyatlarini xam hisobga olish lozim. Yuqoridagi talablarni hisobga olgan xolda metod tanlaganda u kutilgan natijalarni berish mumkin. Quyida o‘qitish metodlari tanlashni aniqlagich jadvaliga to`xtalamiz.
Metod tanlash ishiga dasturda ko‘rsatilgan labaratoriya mashg‘ulotlari ekskursiya va boshqa o‘quv ishlarining shakllaridagi foydalanish xaqidagi ko‘rgazmalar ham albatta yordam beradi.
Yuqoridagi metodlar aniqlagichidan foydalanib "Baliqlar sinfi" mavzusida qo‘llaniladigan yetakchi metodlar guruhini jadval shaklida ifodalanishini xavola etamiz.
"Baliqlar sinfi" mavzusidagi darslarda yetakchi metodlardan foydalanish. Jadvaldagi mavzularni o‘rganishdagi yetakchi metodlar yoniga (+) qo‘yiladi.
Metodlarning xillari
|
Darslar tartibi
|
|
1
|
2
|
3
|
4
|
5
|
6
|
7
|
Og‘zaki
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Ko‘rgazmali
|
|
+
|
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Amaliy
|
+
|
|
+
|
|
|
|
|
Og‘zaki ko‘rgazmali
|
|
+
|
|
|
|
+
|
|
Izlanuvchanlik
|
+
|
|
+
|
+
|
+
|
+
|
+
|
Shunday qilib, metod tanlashda dars mazmuni asosiy mezon sifatida katta ahamiyat kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |