Tabiatda darsdan tashqari ishlar.
Tabiatda o‘tiladigan darslardan tashqari mashg‘ulotlar ko‘proq o‘simlik va hayvonlarning tashqi tuzilishi, muhit sharoitlariga bog‘lanishi, xilma-xillikni o‘rganish, garbariy, kolleksiyalar tayyorlash kabi ishlarni o‘z ichiga oladi. tabiatda bajariladigan bunday ishlar yozgi ishlari ham deb yuritiladi. Chunki yuqoridagi ishlar asosan qishda bajariladi. Masalan: 6-sinf o‘quvchilar yoz dovomida turli shakldagi poya, ildiz, bargli o‘simlilarni yig‘ish, madaniy va yovvoyi o‘simlik xillaridan gerbariylar tayyorlash, 7-sinf o‘quvchilari esa turli yumshoq tanli hayvonlar chig‘anoqlar, hasharotlardan kolleksiyalar yig‘ish kabi ishlarni yoz davomida qilishadi.
6-7 sinf o‘quvchilarining tabiatda fenologik kuzatishlari ham muhim ahamiyat kasb etadi. Fenologik kuzatishlar tabiatda o‘simlik va hayvonlarning rivojlanishini sistematik ravishda o‘rganib borish, qayd etishlikdir. Masalan: turli mevali daraxtlarning fenologik rivojlanishini o‘rganish uchun o‘quvchilar maxsus kuzatish daftarida qo‘yidagi o‘zgarishlarni qachon sodir bo‘lganligini aniqlab borishlari mumkin.
Mevali daraxt
|
Mevali daraxtlardagi o‘zgarishlar
|
xillari, meva
|
kurtak
lar bo‘rtishi
|
dastlabki gul
|
yoppasiga gullar
|
barglar paydo bo‘lishi
|
gullar to‘kilishi
|
g‘o‘ra paydo bo‘lishi
|
meva pishishi
|
Bodam
O‘rik
Shaftoli
Gilos
Olma
Bexi
|
|
|
|
|
|
|
|
Kuzatish va o‘lchash ishlari olinib natijalar daftarga qayd etib boriladi.
O‘quv-tajriba uchastkasida o‘quvchilarga bir pallali va ikki pallali o‘simliklarni rivojlanishi, organik moddalarni xosildorlikka ta`siri, g‘o‘za xosildorligiga chilpishning ta`siri kabi tajriba ishlari qo‘yiladi.
Zoologiyadan hasharotlarning o‘simliklarni changlashi mavzusida tajriba o‘tkazish mumkin.
Umumiy biologiyadan tur ichida turlararo kurash bo‘yicha tajribalar Darvin maydonchasida olib boriladi.
Darvin maydonchasi tayyorlash uchun kuzda tajriba uchastkasidan 4-9 m2 maydon ajratilib uning yerini 0,5 qalinlikda kovlab olib tashlanadi. Xosil bo‘lgan chuqurning ostki tomoniga 10 sm qalinlikda qum 15 sm so‘ngra tuproq, tuproq, tuproqning ustki tomonidan yana 25 sm qalinlikda qum solib tekislanadi. Maydondagi 0,5 m yerni kovlab olib tashlanganda. Shu joydagi turli o‘simliklarning urug‘lari ham tuproq bilan chiqarib yuboriladi.
Maydonga solingan 25 sm qalinlikdagi qumda albattta turli o‘simliklar urug‘lari bo‘lmaydi. Biroq kuzda turli o‘simliklar urug‘larini pishib shamol, qumlar vositasida tarqalishi natijasidaDarvin maydonchasidagi qum qatlamiga ham turli o‘simlik urug‘lari kelib qoladi. Bahorda bu urug‘lardan o‘simliklar unaboshlaydi.
O‘quvchilar maydonchada paydo bo‘layotgan o‘simliklarni qo‘yidagi tartibda o‘rganib borishadi.
1. Maydonchada o‘simlik turlarining paydo bo‘lishi izchilligi.
2. Qaysi turlar boshqa o‘simlik turlarini siqib chiqarishini aniqlanadi.
Bu kuzatishlar natijasida o‘quvchilar tabiatda turlarning tarqalishi, o‘simliklar turlari orasida yashash uchun kurashni borishi haqidagi darsda o‘rganilgan materilalarni kuzatishlar orqali mustaxkamlaydilar.
O‘quv tajriba uchastkasida olib borilgan ishlar vaqtida o‘quvchilar birqator, gerbariylar ham tayyorlashadi. “Kserofit o‘simliklar”, “Nam yer o‘simliklari”, “G‘allasimonlar” kabi gerbariylar darslar uchun ko‘rgazma material xisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |