O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti


Biologiya darslarida laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish



Download 1,39 Mb.
bet43/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

Biologiya darslarida laboratoriya mashg‘ulotlarini tashkil etish

Biologiya o‘quv dasturida o‘quvchilarning o‘zlashtirgan bilimlarini mustahkamlash, ularni amaliyotga qo‘llash orqali biologik, amaliy va o‘quv mehnati ko‘nikmalarini tarkib toptirish maqsadida laboratoriya mashg‘ulotlari kiritilgan.

O‘qituvchi laboratoriya mashg‘ulotlarini talab darajasida o‘tkazish uchun:

1. Laboratoriya mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi;

2. Laboratoriya mashg‘uloti uchun zarur bo‘ladigan jihozlarni tayyorlashi;

3. Laboratoriya mashg‘ulotida o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish yo‘llarini belgilashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi;

4. O‘quvchilarning tajriba va kuzatish o‘tkazish jarayonida zarur bo‘ladigan topshiriqlar uchun ko‘rsatmalar tayyorlashi;

5. Laboratoriya mashg‘uloti topshiriqlari bo‘yicha o‘quvchilar tomonidan tayyorlanadigan axborotni rasmiylashtirish yo‘llarini aniqlashi lozim.

6. Laboratoriya mashg‘ulotining borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi, zarur hollarda tegishli o‘zgartarishlar kiritishi lozim.

Biologiya o‘quv dasturidan o‘quvchilarning o‘quv va amaliy mehnat ko‘nikmalarini rivojlantirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘rin olgan. O‘qituvchi mazkur amaliy mashg‘ulotlarning samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilarga e`tiborini qaratishi lozim:

• O‘quv dasturidan o‘rin olgan amaliy mashg‘ulotlarni istiqbol va taqvim mavzuli rejadagi va ta`lim-tarbiya jarayonida tutgan o‘rnini aniqlashi;

• Amaliy mashg‘ulotlarining didaktik maqsadini aniqlashi;

• Amaliy mashg‘ulotini o‘tkazish uchun zarur bo‘ladigan jihozlarni tayyorlashi;

• Amaliy mashg‘ulotda o‘quvchilarning bilish faoliyatini tashkil etish yo‘llarini belgilashi va shu asosda mashg‘ulotning borishini loyihalashi;

• O‘quvchilarning tajriba va kuzatish o‘tkazish jarayonida zarur bo‘ladigan topshiriqlar uchun ko‘rsatmalar tayyorlashi;

• Amaliy mashg‘ulotning borishi va olingan natijalarni tahlil qilishi, zarur hollarda tegishli o‘zgartirishlar kiritishi lozim. Xulosa qilib aytganda, biologiya o‘qituvchisi o‘quv yili boshida o‘quv fanini o‘qitishni rejali va tizimli amalga oshirish maqsadida istiqbol reja tuzishi, unda fanlararo bog‘lanishlar, yekskursiya va sinfdan tashqari ishlarni belgilashi, shu asosda mavzuli-takvim reja tuzishi zarur. Mazkur mavzuli-taqvim rejada dars, darsdan tashqari ishlar, laboratoriya va amaliy mashg‘ulotlarni belgilashi, dars va mashg‘ulotlarni talab darajasida tashkil etishi va o‘tkazishiga yerishishi lozim.


10-mavzu: uy vazifalari, ularning turlari hajmi. Darsdan, Sinfdan tashqari ishlar va ularning ташкилий shakllari

Reja:


  1. Uy topshiriqlari va uning xillari.

  2. Darsdan tashqari ishlar va uning tashkiliy shakllari.

  3. Kabinet va tirik burchakdagi darsdan tashqari ishlar.

  4. Tabiatda, o‘quv tajriba uchastkasidagi darsdan tashqari ishlar.

  5. Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar va ularning tashkiliy shakllari.

  6. O‘quvchilarning guruhlari bilan olib boriladigan sinfdan tashqari ishlar.

  7. Ommaviy sinfdan tashqari mashg‘ulotlar.

Uy topshiriqlari o‘qituvchining darslar bilan bog‘liq bo‘lgan amaliy va darslik bo‘yicha topshirig‘ini o‘quvchilar uyida mustaqil bajarishlarini tashkil etish shaklidir.

Uy topshiriqlarining bir necha xillari bo‘lib, bularga:



  1. Darslik bilan ishlash.

  2. Ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ishlash.

  3. Mavzular uchun maqola va rasmlar tanlash.

  4. Tabiiy ob`yektlar bilan ishlash kabilar kiradi.

O‘quvchilar yuqoridagi topshiriqlarni uyida, ba`zilarini tabiatda bajaradilar.

O‘quvchilar kitob, darslik bilan ishlashda quyidagilarga:

A) dastlab darslik materialini yuzaki qarab chiqish:

B) matndan asosiy tushunchalar, qiyin so‘zlar, izohlar, lug‘atlarni o‘rganish, taxlil qilish:

V) rasmlar jadvallar, sxemalarni o‘rganish, ma`nolarini tushunib olish:

G) mavzular ohirida berilgan savollarga matn va rasm jadvallardan javob topish:

D) mavzuga oid tayanch belgilar tayyorlashni o‘rganib borish kabilarga amal qiladi.

Uyda bajariladigan amaliy ishlar paytida turli o‘simliklardan gerbariylar qilish, gul qismlarini karton qog‘ozga montaj qilish kabi morfologik ishlar bilan birga urug‘ undirish, kurtakdan novda yoki barg paydo bo‘lishi, barglarni suv bug‘lantirishi kabi fiziologik harakterdagi ishlarni ham qilinadi.

Ba`zi topshiriqlar bir necha kun davomida bajariladi. Masalan: gerbariylar quritishga 7, har xil sharoitlarni urug‘ni unib chiqishiga ta`sirini aniqlash 7, ildizning o‘sishini kuzatish mavzusiga 10 kun avval topshiriqlar berib qo‘yiladi. Xuddi shunday ishlar zoologiya, odam va uning salomatligi perdmetlarida ham beriladi.


Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish