Darsdan tashqari ishlar-o‘qituvchi rahbarligida o‘quv dasturi talabi bo‘yicha yakka yoki o‘quvchilar guruhlarining darsdan keyingi majburiy mashg‘ulotlaridir.
Ma`lumki barcha maktablarda ham hozirgi o‘quvchilarga yetarli darajada mikroskoplar bor deb bo‘lmaydi. Undan tashqari darslardagi tajribalar, kuzatishlar, amaliy ishlar tugallanmay qolishi mumkin. Shu sababli biologiya ta`limida darsdan tashqari mashg‘ulotlardan foydalaniladi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar o‘qituvchining ayrim yoki gurux o‘quvchilar bilan o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha darsdan keyin tashkil etadigan ta`lim shaklidir. Darsdan tashqari ishlar mobaynida o‘quvchilar o‘quv dasturi talablari bo‘yicha o‘qituvchining topshiriqlari asosida turlicha ishlarni bajardilar.
Darsdan tashqari ishlar bir necha xil shaklda tashkil etilib bu mashg‘ulotlarga barcha o‘quvchilarni qatnashishlari majburiydir.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar: biologiya kabinetida, tirik burchakda, o‘quv-tajriba uchastkasida va tabiatda bajariladi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilar mikroskoplar, mikroskopik preparatlar bilan ishlash, turli tajribalar tayyorlash, kuzatish ishlari olib borish kabinetlarini o‘z ichiga oladi.
Xozircha barcha maktablarda sinf o‘quvchilarining xammasiga yetarli mikroskoplar, turli kuzatish qurollari yetrali deb bo‘lmaydi. Tabiyki bunday sharoitda sinfdagi barcha o‘quvchilar dars mobaynida mikroskop bilan ishlab ulgira olmaydilar. Mikroskop bilan ishlamagan o‘quvchilar ham bu asbob bilan ishlab dars mavzusini o‘rganib olishlari uchun ham darsdan tashqari ishlar zarurdir. Undan tashqari, darsda namoyish etiladigan kuzatish va tajriba ishlari darsga ajratilgan vaqt ichida tugallanmay qolishi mumkin. Bu mashg‘ulotlarni ham oxiriga yetkazib qo‘yish uchun darsdan keyin ishlash zaruriyati tug‘uladi. O‘quvchilarning kuzatish va tajribalar o‘tkazish malakalarini rivojlantirish uchun ham xarbir o‘quvchining o‘quv yili mobaynida 1-2 ta kuzatish yoki tajriba ishlari olib borishi natijalari haqida xisobot berish lozim bo‘ladi. Bunday ishlarni bajarish ham ko‘proq darsdan tashqari paytlarda amalga oshiriladi.
Darsdan tashqari mashg‘ulotlar mazmuniga ko‘ra ko‘proq uy ishlariga yaqin keladi. Uy ishlari ancha oddiyroq, butun sinf o‘quvchilari bir vaqtni o‘zida berilib bajartiriladigan ishlar bo‘lsa, darsdan tashqari ishlar ancha murakkab uni bajarish muddati turlicha, xarxil asboblar, jihozlardan foydalanish va doimo o‘qituvchining yordami, nazorati ostida bajarishlikni taqozo etish bilan uy ishlaridan farqlanadi. qo‘yida darsdan tashqari ishlarning turli tashkiliy shakllari haqida ma`lumot beriladi.
1. Biologiya xonasi va tirik tabiat burchagida bajariladigan darsdan tashqari ishlar.
Ko‘pgina erta baxorda, kech kuz yoki qishda bajariladigan bu ishlar biologiyadan turli mavzularni puxta o‘zlashtirishga qaratilgan turli kuzatish tajriba ishlarini o‘z ichiga oladi.
O‘quv xonasida bajariladigan darsdan tashqari ishlar urug‘ning unuvchanligini aniqlash, bargda kraxmal hosil bo‘lishi, suv va mineral moddalarni poya bo‘ylab ko‘tarilishi kabi dastur talabidagi kuzatish ishlarini o‘z ichiga oladi.
Zoologiyadan tirik burchakda sodda hayvonlarni ko‘paytirish, gidralarning oziqlanishi, harakatlanishi, yomg‘ir chuvalchangini tuproq hosil qilishdagi faoliyati, kapalaklarning metamorfozi akvarium baliqlarining oziqlanishi, ko‘payishi, nasl uchun qayg‘urishi kabilarni kuzatish ishlari olib boriladi.
Odam va uning salomatligi fani bo‘yicha hayvonlarda shartli reflekslar hosil qilish, ergograf, dinomometr bilan ishlash, pul’sni sanash, kon bosimini o‘lchash kabi mavzularni bajarish maqsadga muvofiqdir.
Tabiatdagi darsdan tashqari ishlar paytida o‘quvchilarga morfologiya va sistematikaga doir ishlar-gerbariy kolleksiyalar tayyorlash, fenologik kuzatishlar olib borish kabilarni o‘z ichiga oladi.
O‘quv xonasida tabiatda bajariladigan darsdan tashqari ishlar o‘quv materiali mazmunining yanada boyitishiga, o‘quvchilarni amaliy malaka va ko‘nikmalarini yanada rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Ko‘pincha biologiya xonasi, tirik burchakda darslarda namoyish etiladigan tajribalarni, kuzatishlarni avvaldan tayyorlab qo‘yish mo‘ljallanadi. Masalan, botanikadan:
suv o‘simliklari bilan tajribalar- 2 oy;
barglarda yorug‘likda kraxmal xosil bo‘lishi tajribasi-2 kun;
barglardan kislorod chiqish - 3 kun;
begoniyaning bargdan ko‘payishi - 2 oy;
poya bo‘ylab suvning ko‘tarilishi -2-3 kun; avval bog‘lanish lozim.
Zoologiya o‘qitishda ham o‘quvchilar biologiya xonasi, tirik burchakda bir xujayrali hayvonlarni ko‘paytirish gidraning xarakatlanishi, oziqlarnish kurtaklanib ko‘payishi, shilliqqurtlarni xarakatlanishi, hasharotlarning ko‘payishi, rivojalanishi, baliqlarning hayot kechirishi, nasl uchun qayg‘urishi kabi mavzularda kuzatish ishlari olib boradilar.
Odam va uning salomatligi kursi bo‘yicha hayvonlarda shartli reflekslar, ekologik xarakterdagi tajribalar qo‘yish, ergograf, dinomonetr bilan ishlash, qon bosimi, pul’sning o‘rganish kabilarni bajarishlari talab etiladi. Mazkur kursdan o‘quvchilarni suyak chiqqanda, singanda birinchi yordam ko‘rsatish, sun`iy nafas oldirish kabi oddiy tibbiy ko‘nikmalar xosil qilish bo‘yicha mashg‘ulotlar ham o‘quv xonasida bajariladi.
Umumiy biologiyadan yorug‘lik va xarakatning o‘simlik va hayvonlarning o‘sishi, rivojlanishi va tashqi belgilaridagi ayrim o‘zgarishlar xosil qilishga qaratilgan tajribalar qo‘yildi. Masalan: tirik burchakda baqalarni qorong‘i va yorug‘ sharoitda saqlab ularni rangida bo‘lgan o‘zgarishlarni aniqlash shundan ishlardan biridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |