Biologiya kabineti- turli ko‘rgazma qurollar, tarqatma materiallar, texnika vositalari ratsional joylashtirilgan o‘quv xonasidir.Biologiya xonasidagi texnika vositalari, mebellar ham ta`lim jarayoniga bevosita yaqindan yordam berishga mo‘ljallangan xolda tashkil etiladi. uchun ikkita xona bo‘lishi kerak. Xonalardan biri sinf laboratoriya uchun ajratilib, ikkinchisi laborantlar uchun mo‘ljallanadi.
Sinf-laboratoriya xonasi bir vaqtni o‘zida sinf darsi va laboratoriya mashg‘ulotlarini bemalol o‘tkazishga mo‘ljallangan xolda jihozlanishi kerak. Biologiya kabinetida kerakli mebellar, turli ko‘rgazma qurollarni demonstratsiya qilish uchun moslamalar, o‘quv fil’mlarini ko‘rsatish apparatlari, o‘quvchilarni bajaradigan mustaqil ishlari uchun zarur bo‘lgan jihozlar bo‘lishi kerak.
Ma`lumki, maktab patalari laboratoriya va amaliy ishlar o‘tkazish uchun noqulaydir. Shu sababli biologiya kabinetida partalar o‘rniga ostki tomonida kitob daftarlar qo‘yishga joyi bo‘lgan stollardan foydalaniladi. O‘quvchilar mashg‘ulotlar paytida gurux bo‘lib ishlagan paytlarida stollar birlashtirilib,turli tarqatma materiallar vositasida mustaqil ishlarni tashkil etish oson bo‘ladi.
Kabinetda ikki jo‘mrakli suv manbasi bo‘lishi kerak.Chunki amaliy ishlar paytlarida suv ko‘p kerak bo‘ladi.
O‘qituvchininig ish joyi va uni orqasdagi devor ko‘rgazma materiallarni namoyish etishga moslangan bo‘lishi kerak. Ko‘rgazma qurollarni, jixozlarni namoyish qilishga bo‘lgan uslubiy talablar quyidagilardir.
Namoyish qilinadigon ob`yektlar barcha o‘quvchilarga yaqqol ko‘rinadigan bo‘lishi shart.
Namoyish qilinayotgan ob`yektdan boshqa xech narsa o‘quvchilar diqqatini chalg‘itmasligi kerak.
Ko‘rsatiladigan narsalarni o‘z o‘rni va vaqtida namoiyish etish darkor.
O‘qituvchi stoli o‘quvchilar stoliga nisbatan 20-25 sm baland bo‘lishi kerak.
O‘qituvchining namoyish qiladigon stoliga suv, elektr tarmog‘i ulangan bo‘lishi darkor.
Sinf doskasi 3-3,5metr uzunlikda, eni 1,3-1,5m bo‘lib uning ustiga yig‘ilib yana qayta yoziladigan ekran o‘rnatiladi. O‘qituvchi stoliga proyeksion apparatlar va ularni ishga tushiradigan, to‘xtatadigon mirvatlar (knopkalar) joylashtiriladi. Bu tuzilmalar vositasida o‘qituvchi zarur paytlarda turli apparatlarni ishga tushirib yoki to‘xtatgan holda mashg‘ulotni olib borishi kerak bo‘ladi.
Biologiya xonasining yonbosh va orqa tomonlaridagi devorlarda birqator darslarda kerak bo‘ladigan stendlar, buyuk biolog- tabiatshunos olimlarning portretlari joylashtiriladi. Ayniqsa O‘rta Osiyoda yashab ijod qilgan qomusiy olimlarimiz, zamonamizning buyuk olimlarining portretlarini qo‘yishga e`tiborni berish zarur. Bioloiya o‘quv xonasi uchun eng zarur ko‘rgazma materiallar qatoriga deyarli juda ko‘p darslarda foydalanishga mo‘ljallangan «O‘simlik va hayvonlarning tarixiy tarqqiyoti»ni, «Hujayraning tuzilishini» aks ettiruvchi stendlar, ekologik tizimlarga oid ko‘rgazma jadvallar kabilarni ko‘rsatish mumkin.Undan tashqari xona devorlarida sinfdan tashqari o‘qishlar uchun adabiyotlar ro‘yxati, biologiya yangiliklari, yosh tabiatshunoslarning olib borayotgan ishlari yuzasidan axborotlari namoyish qilinishi maqsadga muvofiqdir. Biologiya o‘quv xonasida mashg‘ulotlar uchun eng zarur bo‘lgan ko‘rgazma materiallar aloxida stellajlarda, shkaflarda saqlanadi. Ko‘rgazma qurollar natural yoki tabiiy va tasviriy xillarga bo‘linadi. Mashg‘ulotlar uchun mahsus to‘plangan o‘simlikliklar va ularning gerbariylari, turli hayvonlarning xo‘l yoki quritlgan preparatlari, kolleksiyalar, hayvonlarning tulup va skeletlari, hayvon gavdasining ayrim qismlarini xo‘l yoki quritib tayyorlangan preparatlari, odam va uning salomatligi o‘quv predmeti bo‘yicha ishlatiladigon odamning skeleti, ayrim suyaklar namunalari, mikropreparatlar, hayvonlarning qushxonadan olingan ayrim organlari (o‘pka, yurak, buyrak, ko‘z va xokazolar)ning spirt yoki formalinadagi namunalari kabilardan tashkil topadi. Tasviriy ko‘rgazma vositalar qatoriga o‘quv jadvallar, rasmlar, modellar, re`lef jadvallar, sxemalar kabilar kiradi. Undan tashqari mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan tarqatma materiallar, laboratoriya asbob anjomlari, mikroskoplar maxsus shkaflarda saqlanadi. Undan tashqari mashg‘ulotlarda kuzatish va tajribalar o‘tkazish uchun spirt lampalari, kimyoviy stakanlar, kolbalar, silindrlar, voronkalar, shtativlar, reaktivlar, termometrlar bo‘lishi kerak. Ekskursiya anjomlari- o‘simliklarni yig‘ish va quritish uchun kerak bo‘ladigan gazetalar, gerbariy papkalari, presslar, teshelar, gulqayychilar, taxlanadigan metrlar,belkuraklar, matraplar, entomologik qutichalar, probirkalar, prparoval ignalar, lupalar kabi birqator tarqatma materiallar ham bo‘lishi shart.
Biologiya o‘quv xonasi estetik jihatdan talab darajasida jixozlanishi, turli xona o‘simliklari bo‘lishi, ozoda sarishta xolda ushlanishi talab etiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |