O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon Davlat universiteti


Biologiya o‘quv predmetlaridan istiqbol (perespektiv) reja



Download 1,39 Mb.
bet35/132
Sana31.12.2021
Hajmi1,39 Mb.
#212900
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132
Bog'liq
БУМ -3

Biologiya o‘quv predmetlaridan istiqbol (perespektiv) reja


Mavzu

Soatlar

Muddatlari

Mavzularni takrorlash

Ekskursiya













Sinfdan tashqari mashg‘ulotlar

O‘qituvchining bir yoki yarim yilga mo‘ljallab tuzgan istiqbol rejasida dastur talabi bo‘yicha o‘rganiladigon mavzular, ularni o‘rganish uchun soatlarni aniqlaydi, darslarda tashkil qilinadigon amaliy ishlar, tajribalarni mazmunlarini belgilaydi. Yil fasllarini xisobga olgan xolda tabiatda o‘tkaziladigon kuzatish va ekskursiyalarni vaqtini belgilaydi.

Tirik burchak uchun maxalliy sharoitda tarqalgan o‘simlik va hayvonlardan materiallar, ko‘rgazma qurollar tanlash kabi tadbirlarni ham esdan chiqarmasligi kerak

Istiqbol rejasini tuzishda mavzularni o‘rganishni tushunchalarni rivojlantrish nazariyasi talablari asosida tuzish muhim ahamiyat kasb etadi.Masalan:6-sinf zoologiyasidagi «Yashil evglena- o‘simlikka o‘xshash hayvon» mavzusini shu sinf botanikasida o‘rganib bo‘lingan «Bir hujayrali suv o‘tlari» mavzusiga bog‘lab o‘rganish o‘quvchilarni hujayra haqidagi bilim larini esga tushirish va bu bilimlarni bir hujayrali evglen tuzilishiga taqqoslagan xolda idrok etishga, shu yo‘l bilan o‘quvchilarni dars mavzusini puxta o‘zlashtirishga erishish imkoniyatini yaratadi. Shuningdek, «Ko‘p hujayrali suv o‘simliklari» mavzusidan- «Ko‘p hujayrali hayvonlar», «Sutemizuvchilarning ichki tuzilishi» mavzusidan 9-sinfdagi «Odam va uning salomatligi» predmetidagi darslarni o‘rganishda foydalanishni rejalashtirish g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Shu boisdan rejada takrorlashlar deb atalgan band o‘qituvchining ayni mavzuni o‘rganishda avvalgi o‘rganilgan qaysi mavzuni takrorlash maqsadga muvofiq ekanligini aniqlashga undaydi. Yangi o‘rganiladigan mavzuni avvalgi sinfda yoki darslarda o‘zlashtirilgan qaysi mavzu bilan qo‘shib o‘rganishni belgilash- bir vaqtni o‘zida avvalgi mavzuni takrorlash bilan bir qatorda undan yangi mavvzuni o‘rganishda foydalanish, tushunchalarni bir-birlari bilan aloqalarini idrok etish orqali mavzuni o‘quvchilar puxta o‘zlashtirishga xizmat qiladi.Istiqbolga tuzilgan o‘quv reja mutlaqo o‘zgarmas bo‘lmay unga zarur qo‘shimchalar kiritish mumkin.

O‘qituvchi darsga tayyorlanar ekan o‘z bilimi zahiralari, tajribalari, ilmiy, ilmiy-ommabop va uslubiy adabiyotlardan foydalanish evaziga mavzuga oid ko‘plab materiallarga ega bo‘ladi. Biroq, darsga ajratilgan vaqtni hisobga olgan holda u to‘plagan materiallardan eng zarurlarini tanlashi zarur bo‘ladi. Shu boisdan darslarda o‘rganiladigan eng lozim materialni tanlash muhim vazifalardan hisoblanadi.

Ma`lumki, darslikdagi o‘quv material aslida dastur talabi asosida berilgan bo‘lib, o‘qituvchi darslikka amal kilishi mumkin.

Biroq, darslik bo‘yicha o‘tkaziladigan mashg‘ulotlar kupincha o‘quvchilarning ayni mavzuga qiziqishlarini so‘ndirishi, materiallarni bayon etib borayotganligidan qoniqmaslik oqibatida dars kutilgan natijani bermasligi mumkin. Yuqoridagi fikrlar o‘qituvchining darsga material tanlashi zarurligini yana bir bor ko‘rsatadi.

Darslikda berilgan o‘quv materiallar asosiy tayanch g‘oyalar, tushunchalar bilan bir qatorda ularni isbotlashga xizmat qiluvchi qo‘shimcha materiallardan tarkib topadi. Shu sababli ham o‘qituvchi darsga o‘quv materiali tanlashda quyidagilardan foydalanadi:

1. O‘quv dasturi mazmunidagi ayni mavzuga oid asosiy tushunchalar, g‘oyalarni aniqlab chiqadi.

2. Dars materialini topishga dasturda o‘quvchilar bilishlari kerak bo‘lgan "o‘quvchilar uddalashi kerak" ruknikdagi mezonlar muhim ahamiyat kasb etadi.

3. Darslik matnida ostiga chizib qo‘yilgan yozma harflardagi tushunchalar, kichik mavzular shubhasiz, o‘qituvchiga darsda aniq o‘rganiladigan materiallarni aniqlashga xizmat qiladi.

4. Asosiy materialni ajratib olishda darsning maqsadi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, turli hayvonlarni o‘rganishda ularning ichki tuzilishidan qaysi xususiyatlari eng zarur ekanligini aniqlash lozimdir.

5. O‘quv materiali tanlashda o‘qituvchi darsga o‘quvchilarning faoliyatlarini orttirishga xizmat etuvchi qiziqarli faktlar, topishmoqlar, she`r va xikoyalar tanlashi zarur bo‘ladi.

6. O‘quv materiali tanlashda predmetlararo bog‘lanishlarga, mahalliy materiallarga, kasb tanlashga qaratilgan vazifalarga ham e`tibor berishi kerak.

Dars uchun mavzularni shunday talab bo‘yicha tanlash oqibatda darsning mantiqiy yo‘nalishini ta`minlaydi, o‘quv materiali o‘quvchilar faoliyatlarini oshirib, ijodiy o‘rganish imkoniyatini beradi.

O‘quv materialini tanlash, uning mantiqi, ketma-ketligi bog‘lanishlarini aniqlash, o‘quvchilarni ayni mavzu bo‘yicha yo‘nalishlari, bilim va malakalarini aniqlashda ham katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Masalan, "Orgaznimlarni moslashuvchanligi va ularning nisbiy xarakterda ekanligi" mavzusi (V.N.Myagkova va boshqalar) mantiqiy yo‘nalishda bo‘lishligini tavsiya etiladi.

1. Organizmlarning moslanish belgisi evolyutsiyani harakatlantiruvchi kuchlari vositasida ro‘yobga chiqdi.

2. Populyatsiyadagi individlar doimo o‘zgarib borishadi.

3. Individlar orasida doimo o‘zaro yashash uchun kurash borgani uchun bunday kurashda yalpi muhit sharoitida yashashga foydali belgilari bo‘lgan vakillar yashab kelmoqda.

4. Organizmning yashab kelishiga sabab bo‘lgan foydali belgisi tanlanish jarayonida saqlanib, u avlodlardan meros sifatida namoyon bo‘ladi.

5. Organizmlarning ko‘payishi natijasida populyatsiyada foydali belgilarga ega bo‘lgan individlar tobora ko‘payib boradi.

6. Tabiiy tanlash avlodlardan-avlodlarga o‘tgani sari foydali belgilarga ega bo‘lgan individlarni saqlab qolishiga xizmat qiladi.

7. Oqibatda, avloddan-avlodga o‘tgani sari organizmlar tuzilishi va hayotiy jarayonlari, ularning muhit sharoitiga moslanishlari takomillashib boraveradi.

8. Xulosa: moslanuvchanlik: a) tabiiy ta`sirotlar natijasida hosil bo‘ladi; b) nisbiy xarakterga ega bo‘lgan belgi organizmlarda muayyan sharoitga foydali bo‘lsa, boshqa sharoitda foydasiz, hatto, zarari ham bo‘lishi mumkin.




Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish