O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Sport pozalari va statik yuklamalarga fiziologik tavsifnoma



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

 
Sport pozalari va statik yuklamalarga fiziologik tavsifnoma 
Odamning  harakat  faoliyati  tana  holatini  ushlab  turish  va  turli  harakatlarni 
bajarish orqali ko’rinadi. 
Poza (tana holati)-skeletning ma’lum qismlarini aniq bir holatda ushlab turish. 
Bunda  talab    qilingan  burchak  yoki  muskullarning  kerakli  darajadagi  kuchlanishi 
ushlanadi. 
Pozani ta’minlashda skelet muskullari ikki shakldagi mexanik reaktsiyalarni: 
tonik  qisqarish  (pozani  imkoniyat  darajasida  stabil  ushlash)  va  fazoviy  (tetanik) 
qisqarish (pozani talab qilingan holatdan sezilarli o’zgarishini qaytarishda) amalga 
oshiradi.  Sport  faoliyati  davridagi  tananing  asosiy  holatlariga  quyidagilar  kiradi: 
yotish - suzish, o’q otish; o’tirish - eshkak eshish, avto, moto, velosport, ot sport va 
boshqalar;  tik  turish  -  og’ir  atletika,  kurash,  boks,  qilichbozlik  va  boshqalar; 
qo’llarga tayangan xolda - osilish, turish, tiranish.  
Yotganda  muskullarning    kuchayishi  minimal  darajada  bo’ladi.  O’tirganda 
bo’yin va gavda muskullari kuchlanishi talab qilinadi. Tik turganda tananing og’irlik 


markazini yuqorida joylashganligi va tayanch yuzasini kichikligi sababli  tananing 
orqa  yuzasida  joylashgan  yozuvchi  muskullarning  gravitatsiyaga  qarshi  sezilarli 
kuchlanishi  kerak.    Qo’llarga  tayanish  pozasi  eng  murakkab  tana  holatlari 
hisoblanadi.  Osilish  va  tiranishda  koordinatsiya  uncha  murakkab  emas,  biroq 
muskullarni  katta    kuch  bilan  qisqarishi  talab  qiladi  (masalan,  kolьtsada  krest 
ushlash).  Eng  murakkabi  qo’llarda  tik  turish  hisoblanadi.  Bunday  mashqda  qo’l 
muskullarini kuchli bo’lishidan tashqari tayanch  yuzasining ozligi, boshni pastga 
qaraganligi koordinatsiyaning yaxshi bo’lishini talab qiladi. 
Harakat faoliyati uchun to’g’ri tashkil qilingan pozaning ahamiyati juda katta. 
U har qanday harakatning  asosi hisoblanadi, ishlayotgan muskullarga tayanch bo’lib 
xizmat qiladi, zarur vaqtida bo’g’imlarni qotiradi. Poza odam tanasini tik holatda 
ushlab, antigravitatsion funktsiyani bajaradi, odamni yiqilib ketishidan saqlaydi. 
Pozalar  ham  harakatlar  kabi  ixtiyoriy  va  ixtiyorsiz  bo’ladi.  Ixtiyoriy  poza 
miya  katta  yarim  sharlarining  po’stlog’i  orqali  amalga  oshadi.  Tana  holati 
reaktsiyalari avtomatlashgandan keyin, ko’p pozalar ixtiyorsiz, ongning ishtirokisiz 
amalga  oshadi.  Ixtiyorsiz  pozalarni  tashkil  qilishda  shartli  va  shartsiz  reflekslar 
ishtirok etadi. Pozani ta’minlovchi maxsus statik va statokinetik reflekslar uzunchoq 
va o’rta miyalar ishtirokida amalga oshadi.  
Ishchi poza bo’ladigan faoliyatni ta’minlaydi, ish oldi pozasi esa bo’ladigan 
harakatga  tayyorlanish  uchun  kerak  bo’ladi.  Qulay  pozada  odamning  mehnat 
qobiliyatchanligi  ortadi,  noqulay  pozada  esa  ishning  samaradorligi  pastlaydi. 
Masalan, stendda tik turib o’q otish mashqlarini bajarishda tajribali sportchilar tana 
skeletining  qismlariga  yuklamani  taqsimlaganda,  gavda  muskullarining  elektr 
faolligi minimal darajada bo’ladi. Bunday holatda sportchilar uzoq vaqt charchamay 
tik tura oladilar. Tajribasiz sportchilarda esa noqulay pozada ishlashi muskullarning 
sezilarli  zo’riqishi  sababli,  charchashni  tez  rivojlantirib,  o’qning  nishonga  aniq 
tegishini kamaytiradi. 
  Odam  harakatsiz  pozada  ishlaganda,  statik  ish  bajaradi.  Bunday  sharoitda 
muskullar  izometrik  rejimda  qisqarib  ishning  qiymati  nolga  teng  bo’ladi.  Biroq 
fiziologik nuqtai nazardan odam ma’lum bir darajada ish bajarib, energiya sarflaydi, 
charchaydi  va  uni  ishning  davomliligi  bilan  baholanadi.  Sportda  statik  ish 
muskullarning katta kuchlanishi orqali bajariladi. 
Markaziy  nerv  tizimida  (po’stloqni  motor  zonasida)    statik  ish  vaqtida 
qo’zg’alishning  kuchli  o’chog’i  paydo  bo’lib,  ishchi  dominantani  yuzaga  kelishi 
boshqa nerv  markazlari ayniqsa, nafas va  yurak  markazlariga tormozlovchi ta’sir 
ko’rsatadi.  Bu  ishda  dinamik  ishdan  farqli  o’laroq,  nerv  markazlarining  faolligi 
to’xtovsiz  davom  etganligi  uchun  statik  kuchlanishlar  og’ir  ish  hisoblanib,  uzoq 
davom etaolmaydi. Sportchilarning bosh miya katta yarim sharlari po’stlog’ida nerv 
markazlarining  xususiy  o’zaro  bog’liq  tizimlarining  faollashuvi  yetarli  darajada 
statik  zo’riqish  yuzaga  kelganda,  masalan,  shtangichilar  maksimal  ixtiyoriy 
kuchining  70-80%  dan  kam  bo’lmagan  shtangani  ko’targanda  sodir  bo’ladi. 
SHuning  uchun  ham  chiniqish  mashg’ulotlarida  maksimal  va  maksimaloldi 
yuklamalardan foydalanish maqsadga muvofiq bo’ladi. 
Harakat  apparatida  statik  ish  vaqtida  muskullarning  uzluksiz  faolligi 
kuzatiladi. SHu sababli, yuklama bir xil bo’lishiga qaramasdan statik ish dinamik 


ishga  nisbatan  og’irroq  bo’lganligi  uchun  muskullar  tez  charchaydi.  Statik 
zo’riqishlar maksimal ko’rsatkichiga nisbatan 7-8% dan ortmasa muskullardagi qon 
aylanishi  ular    uchun  yetarli  miqdorda  kislorodni  yetkazib  beradi.  20%  li  statik 
zo’riqish muskuldan oqayotgan qon miqdorini 5-6 martaga kamaytiradi, 30% dan 
ortib ketganda muskullarda qon oqishi mutlaqo to’xtaydi (rasm 3).  
 
 
Boldir

 
 
 
 
 
 
 
      
 
 
 
  
                Rasm 3. Maksimal ixtiyoriy kuchga nisbatan qisqarish kuchi %da 
 
Xozirgi vaqtda statik ish vaqtida muskullardagi arterial qon bosimi 400-500 
mm.sim.ust.  ko’tarilishi  aniqlangan,  bu  ko’rsatkich  qon  oqishiga  periferik 
qarshilikni  yengish  uchun  zarur  bo’ladi.  Biroq,  muskuldan  qon  oqishi  mutlaqo 
to’xtab  qolganda  ham,  undagi  kislorod  zahiralarini  borligi  va  anaerob  energiya 
manbalari  mavjudligi  hamda  ishni  qisqa  vaqt  davom  etganligi  sababli  ish  surati 
pastlamaydi. 
Vegetativ  funktsiyalar  o’zgarishini  statik  zo’riqishlar  fenomeni  bilan 
tushuntiriladi.  Statik  zo’riqish  vaqtida  o’pkaning  tiriklik  hajmi,  minutlik  sig’imi, 
nafas  harakatlari  chuqurligi  kamayadi,  yurak  urishlar  soni  va  kislorod  iste’moli 
pasayadi,  ishdan  keyin  bu  ko’rsatkichlarning  keskin  ortishi  kuzatiladi.  Bunday 
samaralar statik yuklamalarga chiniqmagan sportchilarda kattaroq ko’rinadi, ishga 
adaptatsiyalangan sari kamroq namoyon bo’ladi. Tovush yorig’i berk holda nafasni 
ushlab turish, qorin bo’shlig’ida bosimni orttirish gavdaga kuchli asos bo’lib, skelet 
muskullarini kuchini orttiradi. 
 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish