O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Nostandart harakatlarga fiziologik tavsifnoma



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Nostandart harakatlarga fiziologik tavsifnoma 
Nostandart  yoki  vaziyatli  harakatlarga  sport  o’yinlari  (basketbol,  voleybol, 
tennis, futbol, xokkey va boshq.) va yakka olishuvlar (boks, kurash, qilichbozlik va 


boshq.) kiradi. Bu guruhga yugurish trassalarini murakkabligi sababli  krosslar ham 
kiritilgan. 
Bu harakatlarning o’ziga xosligi quydagilar: 
-ishning  quvvati o’zgaruvchanligi (maksimaldan tortib o’rtachaga va xattoki 
to’la  to’xtashgacha)  harakatlar  tarkibini  va  yo’nalishlarini  to’xtovsiz  o’zgarib 
turishi; 
-vaziyatning o’zgaruvchiligi, vaqtning ziqligi bilan birga. 
 Nostandart mashqlar atsiklik yoki aralash (tsiklik va atsiklik) harakatlardan 
iborat  bo’lib  dinamik  tezlik-kuch  ishi  ustunligida  (  kurashda  sezilarli  statik 
zo’riqishlar), yuqori emotsionallikda o’tadi. 
Bu  mashqlarda  harakat  faoliyatining  standart  dasturi  yo’qligi  sababli, 
miyaning ijodkor faoliyatiga yuqori talablar qo’yiladi. Vaqtning tig’izligi sharoitida 
axborotlarni qabul qilish va qayta ishlash jarayonlari alohida ahamiyatga ega bo’lib, 
u miyaning yuqori o’tkazuvchanlik qobiliyatiga ega bo’lishini talab qiladi. Sportchi 
hozirgi  holatni  baholabgina  qolmasdan,  bo’lish  mumkin  holatni  ham  taxminlay 
olishi, ekstrapolyatsiya qobiliyati rivojlangan bo’lishi kerak. 
Zarba  berish  va  tashlash  (to’pni,  shaybani)    harakatlarini  bajarganda, 
harakatning  asosiy  ishchi  fazasi  sekundning  o’ndan  va  yuzdan  bir  ulushlarida 
bajariladi. Bu bo’ladigan harakatga sensor tuzatish kiritishga imkon bermaganligi 
sababli,  barcha  harakatlar  avvaldan  juda  aniq  dasturlangan  bo’lishi  kerak. 
Harakatlanish dasturi  va  sportchining harakat  malakalari  -  harakatlarning  bajarish 
sharoitini o’zgarishga ko’ra uzluksiz o’zgarib turishi kerak (jarima tashlashlari va 
zarbalar  yuqoridagi  qoidalarga  mos  kelmaydi).  Vaziyatli  faoliyatning  barcha 
shartlari  nerv  markazlarining  qo’zg’aluvchanligi  va  labilligi  hamda  nerv 
jarayonlarining  kuchli  va  harakatchan  darajada  bo’lishini  talab  qiladi.  Bu  sport 
turlari  bilan  shug’ullanayotgan  sportchilar  ichida    xolerik  va  sangviniklar  ko’p 
uchrab,  ular  xalaqit  qiladigan  nerv-emotsional  zo’riqishga  chidamli  bo’ladi. 
SHuningdek,  ularning  aqliy  mehnat  qobiliyatchanligida  o’ziga  xos  belgilar  - 
operativ 
fikrlashning 
rivojlanganligi, 
diqqatning 
katta 
hajmdaligi 
va 
kontsentratsiyalanganligi, jamoaviy o’yinlarda diqqatni taqsimlash, aniq qaror qabul 
qilish  qobiliyati,  xotiradagi    taktik  kombinatsiyalarini  va  harakat  malakalarini  tez 
ishga solish taktik vazifasini samarali yechishga imkon beradi. 
Bunday  mashqlarni  bajarilishda  sensor    tizimlarning  ayniqsa,  ko’rish  va 
eshitish  sezgisining  ahamiyati  juda  katta.  Vaziyatli  mashqlarni  bajarayotganda 
markaziy  ko’rishni,  (to’pni  tashlash,  boksda  zarba  berish  va  boshq.)  shuningdek 
periferik  ko’rishning  (maydonni,  ringni  mo’ljallash)  ahamiyati  katta.  Uchib 
ketayotgan to’pni, raqib o’yinchilarni va o’z sheriklarining harakatlarini aniq qabul 
qilish  uchun  sportchilarni  ko’rish  o’tkirligi  va  chuqurligi  yaxshi  bo’lishi  kerak, 
jamoaviy o’yinlarda esa o’yinchilarning ko’rish doirasini keng bo’lishi talab qiladi.  
Makon  va  zamonni  mo’ljallash  uchun  eshitish  tizimining  ahamiyati  katta.  
Harakatning  keskin  o’zgarishi,  burilishlar,  yiqilishlar  va  to’p  otishlar  vestibulyar 
tizimni kuchli qo’zg’atadi. SHu sababli yuqori vestibulyar chidamlilikni talab qiladi. 
Vaziyatli  sport  turlari  bilan  shug’ullanish  natijasida  harakat  sezgi  tizimi 
proprioretseptorlarning  sezuvchanligi  sport  turida  ahamiyatli  bo’g’imlarda, 


basketbolchilarda  bilak,    qo’l  panja  bo’g’imida,  futbolchilarda  esa  boldir  oyoq 
bo’g’imida ortadi.      
Vaziyatli  mashqlar  bilan  shug’ullanish  natijasida  skelet  muskullarining 
qo’zg’aluvchanligi  va  labilligi  ortadi,  turli  xil  muskul  guruhlarining  tezlik 
imkoniyatlari  yaxshi  sinxronlanishi  sportchiga  aniq  va  tez  harakatlarni  bajarishga 
imkon beradi. Kuch va tezlik-kuch qobiliyatining rivojlanishi aniq va keskin zarba 
va  tashlashlarni  bajarishga  yordam  beradi.  Yaxshi  egiluvchanlik  va  chidamlilik 
(masalan, kurashda) ham talab qilinadi.  
Vaziyatli  mashqlarning  energiya  sarfi  tsiklik  mashqlarga  nisbatan  kamroq. 
Maydonning kattaligi, o’yinchilar soni, harakat jadaligi,  har bir sport turida o’zgarib 
turishiga  qarab,  aerob  va  anaerob  jarayonlarning  energiya  hosil  qilishda  ishtirok 
etishi bo’yicha ham farqlanadi. Masalan, voleybolda aerob, futbolda aerob-anaerob 
va  shaybali  xokkeyda  anaerob  energiya  hosil  qilish  ustunlik  qiladi.  Jismoniy 
yuklama  quvvatining  o’zgarib  turishi  ko’p  hollarda  organizmning  kislorodga 
bo’lgan  talabni ish vaqtida qondirilishini ta’minlab,  kislorod qarzining  kattaligini 
pasaytiradi. 
 Vegetativ  funktsiyalarning  ko’rsatkichlari  vaziyatli  mashqlarni  bajarganda 
yuklama  ta’siridagi  o’zgarishlarning  darajasidan  ko’ra,  ishning  quvvatiga  mos 
kelishi ahamiyatliroq hisoblanadi. Yurak urishlar soni o’zgaruvchan bo’lib, asosan 
minutiga 130 tadan 180-190 ta,  nafas harakatlari minutiga 40 tadan 60 ta orasida 
to’lqinlanib turadi.     
Yurakni  sistolik  va  minutlik  sig’imlari,  nafas  harakatlarining  chuqurligi, 
nafasning  minutlik  sig’imi,  vaziyatli  mashqlar  bilan  shug’ullanuvchilarda  tsiklik 
sport  turlari  bilan  shug’illanuvchi  sportchilarga  qaraganda  ozroq  bo’ladi.  Katta 
hajmdagi  energiya  sarfi  va  ish  vaqtida  suvni  ko’p  yo’qotish  sportchining  tana 
og’irligi musobaqadan so’ng 1-3 kg kamayishiga olib keladi. 
Vaziyatli sport turlarida markaziy nerv tizimi, sezgi tizimlari va harakat 
apparati yetakchi tizimlar hisoblanadi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish