O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Qayta tiklanishning samaradorligini oshirishni fiziologik tadbirlari



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Qayta tiklanishning samaradorligini oshirishni fiziologik tadbirlari 
 
Hozirgi  vaqtda  qayta  tiklanishning  tezlatuvchi  tadbirlarini  pedagogik, 
psixologik,  tibbiy  va  fiziologik  yo’nalishlarga  ajratiladi.  Dastlabki  uchta  tadbirlar 
yaxshi  o’rganilgan  va  adabiyotlarda    yoritilgan.  Fiziologik  tadbirlar  haqida  esa 
aniqlik  yo’q.  Qayta  tiklanish  jarayonlarini  tezlatuvchi  fiziologik  tadbir  deganda 
nima  tushuniladi?  Ularni  nazariy  asoslash  organizmning  sport  faoliyatini  va 
funktsional zahiralarining fiziologik qonuniyatlarini tasavvur qilish hisobiga amalga 
oshiriladi.  Uning  tarkibiga  organizmning  funktsiyalarining  holatini  nazorat  qilish, 


chiniqish va  musobaqa davrida  mehnat qobiliyatchanlik va charchash dinamikasi, 
shuningdek, qayta tiklanishni tezlatish uchun oragnizmning funktsional zahiralarini 
ishga  solish  va  foydalanish  kiradi.  Qayta  tiklanish  jarayonlarining  samradorligini 
integral  ko’rsatkichining  bahosi  umumiy  va  maxsus  mehnat qobiliyatchanligining  
darajasi hisoblanadi. 
  Qayta  tiklanishning  fiziologik  tadbirlarini  ikki  guruhga  bo’lish  mumkin: 
doimiy va davriy.                                                                                                                                                       
Doimiy  tadbirlar  salbiy  funktsional  o’zgarishlarning  oldini  olishga 
organizmning xususiy bo’lmagan chidamliligi va fiziologik zahiralarini saqlash va 
orttirishga, sportchilarda erta charchash va o’tacharchashni oldini olishga qaratiladi.  
Bunday tadbirlarga chiniqish mashg’ulotlari va dam olishni ratsional tashkil qilish, 
to’g’ri ovqatlanish, qo’shimcha vitaminlanish, organizmni kuchaytiruvchi umumiy 
jismoniy mashqlardan foydalanish va emotsional holatni optimallashtirish kiradi. Bu 
tadbirlar ko’pchilikka tanish va ularni  ta’riflashga ehtiyoj yo’q. 
Davriy  tadbirlar  zaruratga  ko’ra  sportchilarning  mehnat  qobiliyatchanligini 
zudlik  bilan  qayta  tiklash  va  oshirishga  maqsadida  organizmning  zahira 
imkoniyatlarini  ishga  solishga  qaratiladi.  Bunday  tadbirlarga    biologik  faol 
nuqtalarni qo’zg’atish,  normal va yuqori atmosfera bosimida toza  kisloroddan nafas 
olish, gipoksiyaga chiniqtirish, uqalash, ulьtrafiolet nurlantirish, issiqlik muolajalari, 
shuningdek,    biologik  stimulyator  va  adaptogen  moddalardan  foydalanish  va 
boshqalar kiradi. 
Bu  tadbirlarning  ayrimlari  o’rganilib,  sport  amaliyotiga  tadbiq  qilingan, 
ayrimlari  esa  ayniqsa,  farmokologik    vositalarni  qo’llashda  alohida  extiyotkorlik 
talab qilinadi. Birinchidan, ayrim  doping hisoblanmagan moddalar hozir dopinglar 
qatoriga  o’tkazilgan  bo’lsa,  ikkinchidan  ularni  muntazam  qabul  qilish  organizm 
zahira imkoniyatlarining tugab qolishiga va organizmning nospetsifik chidamliligini 
pasayishi  hisobiga  kasalliklarning  kelib  chiqishiga  olib  keladi.  Qayta  tiklanish 
jarayonlarini  tezlatish  va  mehnat  qobiliyatchanligini    orttirishda  qo’llanilayotgan 
biologik  faol  moddalar  ichida  keng  tarqalganlariga  o’simliklardan  olingan 
stimulyatorlar  va  adaptogenlar  (jenshen,  eleuterokokk,  xitoy  limoni  va  boshq.)  
kiradi. Ular keng ta’sir doirasiga ega bo’lib, adaptatsiyani tezlatish, organizmning 
immunitetini  orttirish,  qayta  tiklanish  jarayonlarini  yaxshilashga  yordam  beradi. 
Qayta tiklanish jarayonlarini nazorat qilish murakkab vazifa hisoblanib, uni amalga 
oshirish uchun mutaxassis va zarur asbob uskunalar zarur. 
SHu sababli oddiy o’tkazilishi oson usullar ham ishlab chiqilgan. SHulardan 
biri, ertalab uyg’ongandan keyin o’rindan turmasdan yurak urishlar sonini sanash. 
Bunda  kundalik farq 2-4 tadan ortmasa, demak, yuklama organizm imkoniyatlariga 
mos  keladi  va    qayta  tiklanish  jarayonlari  sog’lom    ketayotganligini  ko’rsatadi. 
Ikkinchi usul ortostatik tekshiruv bo’lib, odam yotganda yurak urishlar soni sanalib, 
sekin tikka turgandan keyin ham sanaladi. Oradagi farq 16 tadan oz bo’lsa, qayta 
tiklanish yaxshi, 16-18 tadan qoniqarli va 18 dan  ko’p bo’lsa, qayta tiklanish to’la 
emasligi va o’ta charchash mavjudligini ko’rsatadi. 
SHunday  qilib,  organizmni  qayta  tiklanishi  muammosi  sportda  muhim 
ahamiyatga ega bo’lib, ilmiy asoslangan yangi tadbir va vositalarni ishlab chiqishni 
taqozo etadi. 



Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish