esa tezkorlikni muskul komponentini belgilaydi. (muskulning qisqarishi va
bo’shashi, harakatlarning maksimal jadalligi).
Murakkab vaziyatlarda, javob reaktsiyalarini tanlash talab qilingan holatda va
kelayotgan axborotning ortib berishi sharoitida miyaning o’tkazuvchi qobiliyati
ya’ni vaqt birligida axborotni qayta ishlash tezligi katta ahamiyatga ega. Harakat
reaktsiyasining vaqti qaror qabul qilish variantlarining soni 8 tagacha ortib borganda
proportsional ravishda ortib boradi, undan ko’payganda esa keskin ortib ketadi.
Harakatlanayotgan ob’ektga reaktsiya borishda ekstrapolyatsiyaning
ahamiyati katta, u hisobiga raqiblar yoki snaryadning harakatlanish traektoriyasi
tahminlanadi va bu sportchining javob reaktsiyasini tayyorlashni tezlatadi. Bu
xususiyat xokkeyda, tennisda, uchayotgan likopchalarga o’q otishda juda zarur
bo’lib, ko’zning izlovchi harakatlari muhim ahamiyatga ega. Kuzatuvchi
harakatlarni amalga oshirishda ko’zning harakatlantiruvchi apparatning tezlik
imkoniyatlarining ahamiyati katta.
Alohida vaziyatlarda (elektr toki bilan ta’sir etish, gipnoz, kuchli emotsional
qo’zg’alish) odamning tezkorlik reaktsiyasi xaddan tashqari kuchayib ketadi.
Masalan, barmoqlar, bilan taqqillatish 1 s 15 taga yetadi vaholanki, ixtiyoriy
harakatlarda u 6-12 tadan ortmaydi. Ko’rinib turibdiki, chiniqmagan odamlarda
ham tezkorlikning zahiralari mavjud ekan.
Sportga chiniqish jarayonida tezkorlikning o’sishi quyidagi mexanizmlarga
bog’liq:
-nerv va muskul xujayralarining labilligini ortishi ular orqali qo’zg’alishning
o’tishini tezlatadi;
-nerv jarayonlarining harakatchanligi va labilligining o’sishi miyada axborotlarni
qayta ishlash tezligini orttiradi;
-neyronlararo va nerv muskul sinapslaridan qo’zg’alishning o’tish vaqti kamayishi;
-alohida muskullar va har xil muskul guruhlarining faolligining o’zaro moslashuvi;
-antogonist muskullarning o’z vaqtida tormozlanishi;
-muskullarning bo’shashish tezligining ortishi;
Har bir odam tezkorligi o’sishining o’ziga xos chegarasi bo’lib, irsiy
boshqariladi. Tezkorlikning o’sish tezligi ham tug’ma xususiyat hisoblanadi.
Sportda tezlik qandaydir bir darajaga yetganda, harakatlanish tezligining
stabillanishi xodisasi kuzatiladi, uni ixtiyoriy orttirish qiyin. Buning uchun
chiniqish mashg’ulotldarida maxsus vositalardan foydaladi: tepalikga qarab
yugirish, mototsikl yoki otning orqasidan yugurish, cho’ziladigan rezina bilan suzish
va boshqalar. SHu yo’llar orqali nerv markazlari va ishlayotgan muskullarning
labilligini qo’shimcha ortirishga erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: