kontsentratsiyasi normadan ortmaydi (1,0-2,0 mMolь/litr atrofida). Nafas va qon
aylanish tizimi ko’rsatkichlari maksimaldan past darajala bo’ladi. Yurak urishlar
soni minutiga 160-180 tani tashkil qiladi. Oksidlanish jarayoni yog’larni sarflashga
o’zgargan bo’lishiga qaramasdan, uglevodlarning sarflanishi davom etadi. Natijada
qonda glyukozaning miqdori 2 marta ozayib gipoglikemiyani keltirib chiqaradi. Bu
markaziy nerv tizimi funktsiyasini, harakatlarning koordinatsiyasini, atrofni
orientatsiyalashni keskin buzadi, og’ir ko’rinishlarda xushdan ketish ham kuzatiladi.
Uzoq davom etadigan bir xil ish markaziy nerv tizimida himoyalovchi
tormozlanishni yuzaga keltirib, harakatlar jadalligini pasayishi yoki ishni to’xtatish
orqali sportchi organizmini, birinchi navbatda nerv xujayralarining yemirilishidan
va o’lishidan saqlaydi.
O’rta quvvatli ishni bajarganda uglevodlar zahirasining ko’pligi va markaziy
nerv tizimining monotoniyaga funktsional chidamliligi yetakchi ahamiyatga ega.
Uglevodlar zahirasini ko’pligi gipoglikomiyani oldini olsa, markaziy nerv
tizimining monotoniyaga chidamliligi ximoyalanuvchi tormozlanishning
rivojlanishiga yo’l qo’ymaydi.
Bu guruh harakatlar steriotip dasturga asoslangan harakat aktlaridan iborat
bo’lib, ular bir-biridan farq qiladi. Bu mashqlarning harakatlarini bajarilish sifatiga
ko’ra ballar bilan baholanadigan gimnastika, akrobatika, figurali uchish, suvga
sakrash, batut va boshqa miqdoriy baholanadigan harakatlarga bo’linadi.
Miqdoriy baholanadigan harakatlarni quyidagilarga ajratiladi:
-shaxsiy-kuchli - og’ir atletikada sportchilarning kuchi ko’tarilayotgan shtanganing
massasini yengishga yo’naltiriladi, shtanganing tezlanishi kam o’zgaradi;
-tezlik-kuchli - (sakrash, uloqtirish) yadro, molot, diska, nayza va sportchining tana
og’irligi o’zgarmas kattalik bo’lib, sportning natijasi snaryad yoki tanaga berilgan
tezlanishga ko’ra aniqlanadi.
-mo’ljal harakatlar (o’q otish, kamon, gorodki, darts va boshq.) tana holatini
turg’unligi, muskullar koordinatsiyasining nozikligi, sensor axborot tahlilining
aniqligini talab etiladi.
Bu mashqlarning barchasida dinamik va statik ishlar anaerob (sakrash va
uloqtirish) yoki anaerob-aerob harakterdagi harakatlar (masalan, gimnastikadagi
erkin mashqlar, figurali uchishdagi ixtiyoriy dastur) aralash holda uchrab,
davomliligiga ko’ra maksimal va submaksimal quvvatli mashqlarga to’g’ri keladi.
Bunday mashqlarni bajarishga qisqa vaqt sarflanganligi uchun, umumiy energiya
sarfi nisbatan oz, kislorod talabi va kislorod qarzi juda oz (taxminan 2 l),
organizmning vegetativ tizimlariga unchalik katta talab qo’yilmaydi. Bunday
mashqlarni bajarish yaxshi koordinatsiyani, harakatning makon va zamondagi
aniqligini, vaqtni sezish rivojlanganligini, diqqatni kontsentratsiyalanishini,
absolyut va nisbiy kuchning yetarli bo’lishini talab qiladi.
Bu mashqlarni bajarishda markaziy nerv tizimi, sezgi tizimlari, harakat
apparati yetakchi ahamiyatga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: