Standart tsiklik va atsiklik harakatlarga
fiziologik tavsifnoma
Standart yoki stereotip mashqlar, harakatlarning nisbatan doimiyligi va
ketma-ketligi bilan tavsiflanadi, miyada harakat dinamik stereotipi shaklida
mustahkamlanadi. Haraktalar tarkibiga ko’ra, tsiklik va atsiklik standart
harakatlarga bo’linadi.
Standart tsiklik mashqlarda bir xil harakatlar ketma-ket takrorlanib turadi.
Ishni bajaraolmay qolgungacha davomiyligiga ko’ra, ular to’rtta nisbiy quvvat
zonalariga bo’linadi: maksimal, submaksimal, katta va o’rta.
Bilak
20 40 60 0 20 40 60
Maksimal quvvatli ishlar 20-30 sekundgacha davom etadi masalan, (50, 100
va 200 m. yugurish; 25 va 50 m.ga suzish, trekda velopoyga 200 va 500 m va
shularga tenglashtirilgan mashqlar). Bu ishlar anaerob alaktat yuklamali ishlar
hisoblanib, asosan, fosfogen tizim – ATF va KF energiyasi (90-95%) hisobiga
bajariladi. Vaqt birligida eng yuqori energiya sarfi 4 kkal/s, biroq umumiy energiya
sarfi minimal bo’lib, o’rtacha 80 kkalni tashkil qiladi. Kislorodga bo’lgan talab juda
katta bo’lib, (8 litr yoki bir minut hisobiga 40 l) ish vaqtida juda oz qondiriladi (0,1
l.dan ozroq), biroq ish qisqa vaqt davom etishi sababli kislorod qarzi unchalik katta
bo’lmaydi. Ish davrining qisqaligi sababli nafas va qon aylanish tizimlarining
faoliyatida sezilarli o’zgarishlar kuzatilmaydi. Startoldi holatida qo’zg’alish
jarayonining kuchli bo’lishi yurak urishlar sonining bir minutda 200 tagacha
ko’taradi. Jigardan uglevodlarning faol chiqishi natijasida glyukozaning qondagi
miqdori ortadi.
Maksimal quvvatli ish bajarganda organizmning yetakchi tizimlariga nerv
tizimi va harakat apparati kiradi. Nerv markazlari va skelet muskullarining
qo’zg’aluvchanligi va labilligining yuqori bo’lishi, nerv jarayonlarining
harakatchanligi, muskul tolalarining tez bo’shashish qobiliyati va ularda
kreatinfosfat zahirasi yetarli bo’lishi ishning natijasini ta’minlaydi.
Submaksimal quvvatli ish 20-30 sekunddan 3-5 minutgacha davom etadi
(o’rta masafoga yugurish 400, 800, 1000 va 1500 m; suzish - 100, 200 va 400 m;
trekda velopoyga - 1000 m; eshkak eshish - 500, 1000 m va boshq.) Anaerob-aerob
tipdagi yuklamalar shu zonaga kiradi. Masofaning uzayishi harakat tezligining
pasayishiga va tabiiy ravishda vaqt birligida energiya sarfining pasayishiga olib
keladi (1,5 dan 0,6 kkal/s). Umumiy energiya sarfi ortadi (150 dan 450 kkal).
Energiyaga bo’lgan talabni anaerob glikoliz hisobiga qondiriladi. Qonda sut
kislotasining kontsentratsiyasini yuqori chegara darajasiga ko’tarilishiga olib keladi
(20 - 25 mMolь/l gacha). Bu ko’rsatkich tinch holatga nisbatan 25 marta ortiq.
Bunday sharoitda qonning rN 7,0 dan pastlashi mumkin. Ishning davomliligi nafas
va qon aylanish funktsiyalarining faoliyatini maksimal darajaga ko’tarilishini
ta’minlaydi. Kislorod iste’moli maksimal darajasiga ko’tariladi. Yurak urishlar soni
bir minutda 180 ta bo’ladi. SHunga qaramasdan masofadagi kislorod iste’moli
kislorodga bo’lgan talabning 1/3 qismini tashkil qiladi va yuqori malakali
sportchilarda kislorod qarzi 20–22 litrga yetadi. Kislorod iste’moli va
kardiorespirator tizim ko’rsatkichlari masofaning oxirida stabillanishi yolg’on
turg’unlik holati deb nomlanadi
Anaerob jarayonlarni energiya
qismi
Do'stlaringiz bilan baham: |