Bog'liq jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi
Statik ishga maxsus chidamlilik - nerv markazlari va ishlayotgan
muskullarni anaerob sharoitda uzluksiz faollikni ushlay olish qobiliyatiga
asoslanadi. Sportchi organizmida statik yuklamalar ta’sirida kuchli motor
dominantalarning hosil bo’lishi vegetativ funktsiyalarni tormozlaydi. Yuklama
ta’siriga organizmni adaptatsiyalanishi natijasida tormozlanish jarayoni asta-
sekinlik bilan susayishi, nafas va qon aylanishi funktsiyalarini yengillashtiradi.
Bo’yin va gavda muskullarida sekin tolalarni miqdorining ko’pligi sababli, statik
chidamliligi qo’l va oyoq muskullariga nisbatan yuqori bo’ladi.